O`quv amaliyoti mavzuviy ish rejasi
№
|
Mavzular nomi
|
Ajratilgan soat
|
II. 2
|
Tikuv va tikuv-trikotaj matosidan bolalar engil kiyimi
|
24
|
II. 2.1
|
Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko`ylagini modellash, andozasini tayyorlash
|
6
|
II. 2.2
|
Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko`ylagini bichish va mayda bo`laklariga ishlov berish
|
6
|
II. 2.3
|
Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko`ylagi bo`laklarini yig’ib tikish, ohirgi ishlov berish (NII)
|
6
|
II. 2.4
|
Tekshirish ishi
|
6
|
II. 3
|
Tikuv va tikuv-trikotaj matosidan ayollar yubkasi
|
24
|
II. 3.1
|
Ayollar yubkasini modellash, andoza tayyorlash, gazlamaga andozani joylashtirish, bichish
|
6
|
II. 3.2
|
YUbkani tikish tehnologiyasi, molniyali taqilma va shlitsani ishlash
|
6
|
II. 3.3
|
YUbka belbog’ qismini ishlash va ohirgi ishlov berish
|
6
|
|
|
|
|
JAMI
|
42
|
3. « Yengil kiyimlar assortimentidagi tikuv va tikuv-trikotaj kiyimlarni modellashtirish, bichish va tikish o’quv amaliyoti » fani bo`yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlarida ta`lim tehnologiyalarini ishlab chiqishning kontseptual asoslari
Ta`lim tehnologiyasi insoniylik tamoyillariga tayanadi. Falsafa, pedagogika va psihologiyada bu yo`nalishning o`ziga hosligi talabaning individualligiga alohida e`tibor berish orqali namoyon bo`ladi.
SHulardan kelib chiqqan holda « Yengil kiyimlar assortimentidagi tikuv va tikuv-trikotaj kiyimlarni modellashtirish, bichish va tikish o’quv amaliyoti » kursining ta`lim tehnologiyalarini loyihalashtirishda quyidagi asosiy kontseptual yondashuvlarga e`tibor berish kerak:
Ta`limning shahsga yo`naltirilganligi. O`z mohiyatiga ko`ra bu yo`nalish ta`lim jarayonidagi barcha ishtirokchilarning to`laqonli rivojlanishini ko`zda tutadi. Bu esa Davlat ta`lim standarti talablariga rioya qilgan holda talabaning intellektual rivojlanishi darajasiga yo`naltirilib qolmay, uning ruhiy-kasbiy va shahsiy hususiyatlarini hisobga olishni ham anglatadi.
• Tizimli yondashuv. Ta`lim tehnologiyasi tizimning barcha belgilarini o`zida mujassam qilishi zarur: jarayonning mantiqiyligi, undagi qismlarning o`zaro aloqadorligi, yahlitligi.
• Amaliy yondashuv. SHahsda ish yuritish hususiyatlarini shakllantirishga ta`lim jarayonini yo`naltirish; o`quvchi faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish, o`quv jarayonida uning barcha layoqati va imkoniyatlarini, sinchkovligi va tashabbuskorligini ishga solishni shart qilib qo`yadi.
• Dialogik yondashuv. Ta`lim jarayonidagi ishtirokchi sub`ektlarning psihologik birligi va o`zaro hamkorligini yaratish zaruratini belgilaydi. Natijada esa, shahsning ijodiy faolligi va taqdimot kuchayadi.
• Hamkorlikdagi ta`limni tashkil etish. Demokratiya, tenglik, sub`ektlar munosabatida o`qituvchi va o`quvchining tengligi, maqsadini va faoliyat mazmunini birgalikda aniqlashni ko`zda tutadi.
• Muammoli yondashuv. Ta`lim jarayonini muammoli holatlar orqali namoyish qilish asosida o`quvchi bilan birgalikdagi hamkorlikni faollashtirish usullaridan biridir. Bu jarayonda ilmiy bilishning ob`ektiv ziddiyatlarini aniqlash va ularni hal qilishning dialektik tafakkurni rivojlantirish va ularni amaliy faoliyatda ijodiy ravishda qo`llash ta`minlanadi.
• Ahborot berishning eng yangi vosita va usullaridan foydalanish, ya`ni o`quv jarayoniga komp’yuter va ahborot tehnologiyalarini jalb qilish.
YUqoridagi kontseptual yondashuv va “Engil sanoat tehnologik jihozlari” fanining tarkibi, mazmuni, o`quv ahborot hajmidan kelib chiqqan holda ta’limning quyidagi usul va vositalari tanlab olindi.
• O`qitish metodlari va tehnikasi: Og’zaki, amaliy, ko`rgazmali, ekskursiya, muloqot, savol-javob, mashq, kuzatuv “Birgalikda o`rganamiz
• Ta’limni tashkil qilish shakllari: frontal, kollektiv, guruhiy, individual va o`zaro hamkorlikka asoslangan.
• O`qitish vositalari: odatdagi O`qitish vositalari (darslik, O`quv matni, tayanch konspekti, kodoskop, yo’riqnomali texnologik xarita)dan tashqari grafik organayzerlar, komp’yuter va ahborot tehnologiyalari.
• O`zaro aloqa vositalari: nazorat natijalarining tahlili asosida ta’limning diagnostikasi (tashhisi).
• Boshqarishning usuli va vositalari. O`quv mashg’ulotini tehnologik karta ko`rinishida rejalashtirish o`quv mashg’ulotining bosqichlarini belgilab, qo`yilgan maqsadga erishishda o`quvchi va o`qituvchining hamkorlikdagi faoliyatini talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarini aniqlab beradi.
• Monitoring va baholash. O`quv mashg’uloti va butun kurs davomida ta’lim natijalarini kuzatib borish, o`quvchi faoliyatini har bir mashg’ulot va yil davomida reyting asosida baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |