35-$. Amir Temur vorislari o’rtasida taxt uchun kurash va uning oqibatlari.
1. Temur o’limidan so’ng saltanatning tez parchalanishiga sabab nima edi?
A. saroydagi kuchli muxolifat B. xududning juda ulkanligi
S. xilma-xil elatlarni istiqomat qilishi D. A,B,S
2. Temur o’limidan oldin kimni taxt vorisi etib tayinladi?
A. Xalil Sultonni B. Mironshoxni
S. Pirmuxammadni D. Shoxruxni
3. Xalil Sulton qachon Samarqand taxtni egalladi?
A. 1405 yil 18 mart B. 1405 yil 4 iyun
S. 1405 yil 19 iyul D. 1405 yil 30 yanvar
4. Xalil Sulton nima uchun Amudaryoning o’ng soxili xududlarini o’z davlatiga qo’shib oldi?
A. mamlakatni mustaxkamlash maqsadida
B. Pirmuxammadni yo’lini to’sish uchun
S. Shoxruxga qarshi zarba berish uchun
D. Xorazmdagi qo’zg’olonni bostirish uchun
5. Xalil Sultondan norozi beklarning 1-isyoni qayerda ko’tarildi?
A. Turkiston va Farg’ona B. Toshkent va Usturshona
S. Xorazm va Termiz D. Shibirg’on va Mo’g’uliston
6. Bu isyonlarning tepasida kimlar turgan edi?
A. Amir Xudoydod va Shayx Nuriddin
B. Kayxusrav va Amir Baxodir
S. Sulaymonshox va Qimor Inoq
D. Sayfuddinbek va Amir Yasovuriy
7. Xalil Sultonning ukasi Sulton Xusayn akasiga qarshi qayerda isyon ko’tardi?
A. Xorazmda B. Amudaryoning chap soxilida
S. Xurosonda D. Toshkentda
8. Shaxzodalardan kim Xalil Sultonga qarshi Nasafga qo’shin tortdi?
A. Berdibek B. Shoxrux S. PirmuxammadD. Umarshayx Mirzo
9. O’zaro kurashlar natijasida Xurosonda kim xokim bo’ldi?
A. Berdibek B. Shoxrux S. Pirmuxamma D. Umarshayx Mirzo
10. O’zaro kurashlar natijasida Balx, G’azna, Qandaxorda kim xokim bo’ldi?
A. Berdibek B. Shoxrux S. Pirmuxammad D. Umarshayx Mirzo
11. O’zaro kurashlar natijasida G’arbiy Eron va Ozarbayjonda kim xokim bo’ldi?
A. Berdibek B. Abu Bakr mirzo S. Umarshayx Mirzo D. A,B
12. O’zaro kurashlar natijasida Turkiston, Sarbon, O’tror, Sayramda kim xokim bo’ldi?
A. Berdibek B. Shoxrux S. Idiku D. Xudoydot Mirzo
13. O’zaro kurashlar natijasida O’ratepa va Farg’onada kim xokim bo’ldi? A. Berdibek B. Shoxrux S. Idiku D. Xudoydot Mirzo
14. O’zaro kurashlar natijasida Xorazm va Oltin O’rdada kim xokim bo’ldi?
A. Berdibek B. Shoxrux S. Idiku D. Xudoydot Mirzo
15. Pirmuxammad Mirzo 1407- yil 22- fevralda … boshliq fitnachilar tomonidn o’ldirildi?
A. Umar Shayx B. Shoxrux S. Xalil Sulton D. Pir Ali Toz
16. Mironshox Mirzo qachon va kim tomonidan o’ldirildi?
A. Umar Shayx 1407 yil 9 may B. Shoxrux 1409 yil 12 sentyabr
S. Qora Yusuf 1408 yil 22 aprel D. Pir Ali Toz 1408 yil 5 yanvar
17. Mironshoxning xalok bo’lishi qaysi viloyatlarni temuriylar qo’lidan chiqib ketishiga olib keldi?
A. Eron va Iroq B. Ozarbayjon va Iroq
S. Suriya va Kichik Osiyo D. Xuroson va Shimoliy Eron
18. 1409 -yil Amir Xudoyodot qo’shini qaysi shaxarlarni bosib oldi?
A. Toshkent va Xo’jand B. O’ratepa va Shoxruxiya
S. Jizzax va Binokant D. Xo’jand va O’ratepa
19 Kim bilan bo’lgan to’qnashuvda Xalil Sulton asir olindi?
A. Berdibek B. Shoxrux S. Shayx Nuriddin D. Xudoydot Mirzo
20. Shoxrux Mirzo qachon Amudaryoni kechib o’tib Samarqandga yurish qildi?
A. 1409 yil 25 aprel B. 1409 yil 8 iyun
S. 1409 yil 4 iyul D. 1409 yil 3 fevral