8-Amaliy mashg‘ulot. Moodle masofaviy oʻqitish tizimining elementlarini tashkil etish va ulardan foydalanish metodikasi («Лекция», «Глоссарий»)
ЛЕКЦИЯ AKTIV ELEMENTI
Лекция aktiv elementi mavzuni va/yoki amaliy mashg‘ulotlarni qiziqarli va moslashgan shaklda joylashtirishga ruxsat beradi. O‘qituvchi bir nechta sahifalardan tashkil topgan ma’ruzaning chiziqli sxemasini yoki o‘quvchi uchun turli yo‘l va variantlardan iborat daraxtsimon sxemani ishlatishga ruxsat beradi. Ixtiyoriy holatda ham o‘quvchilar tushunishi va ularni nazorat etishni osonlashtirish uchun o‘qituvchilar Ko‘p uchraydigan tanlov, Moslikka xos va Qisqa javob kabi savollarni ishlatishi mumkin. Talaba tomonidan tanlangan javob va urinishlarga bog‘liq holda talabalar boshqa sahifaga o‘tishi, oldingi sahifaga qaytishi yoki boshqa yo‘lga yo‘naltirilishi mumkin.
Лекция baholanadi, baholar baholash jurnaliga yoziladi.
Лекция quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin:
Yangi mavzuni mustaqil o‘rganishda;
Yechimlarni modellashtirish/qabul qilish bo‘yicha ssenarilar yoki mashqlar uchun;
Nazoratlarni farqlash uchun.
Лекция ni kurs bo‘limida yaratish uchun Добавить элемент или ресурс oynasida Лекция buyrug‘ini tanlab, Добавить tugmasi bosib, quyidagi oynaga o‘tamiz:
Har bir funksiyaga to‘xtalib o‘tamiz.
Общее funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lib, unda ma’ruza mavzusi kiritiladi:
Внешний вид funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lib, unda ma’ruzaning tashqi ko‘rinishini ifodalaydi:
Доступность funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lib, unda ma’ruzaning ochiqlik muddati hamda uni xavfsizligi ta’minlanadi:
Текущий контроль funksiyasi quyidagi ko‘rinishda bo‘lib, talabalarning ma’ruzani o‘tish jarayonini ta’minlab beradi:
Оценка funksiyasi quyidagi ko‘rinishda bo‘lib, talabalarga qo‘yiladigan ballar, ularning baholash metodlarini ko‘rsatib beradi:
Общие настройки модуля funksiyasi topshiriqning talabalarga va guruhlarga ko‘rinishini ta’minlaydi.
Yuqoridagi funksiyalarda kerakli parametrlar tanlanib, tugmasi bosilsa, kursda quyidagi piktogramma hosil bo‘ladi: .
Yuqoridagi piktogramma ikki marta bosilgandan keyin, Лекция elementiga kiriladi va unga kerakli ma’lumotlar kiritiladi:
Buning uchun Редактировать da Добавить страницу с вопросами buyrug‘i tanlanadi, quyidagi oyna ochiladi:
Unda tugmasi bosiladi va quyidagi oyna ochiladi:
Unda Создать страницу с вопросами funksiyasida ma’ruza matni va savollar kiritiladi, Ответ1, Oтвет2, va sh.o‘. larda savollarga to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar mos holda kiritiladi. Keyin tugmasi bosiladi va quyidagi oyna ochiladi:
Unda Действияda Добавить новую страницу buyrug‘i tanlansa, yangi sahifa qo‘shiladi. Agar Переходы da konets leksii tanlansa, ma’ruza tugaydi.
Лекция elementi quyidagi ko‘rinishga ega:
Ma’ruzani o‘qib bo‘lib, berilgan savolga to‘g‘ri javob berilsa, u keyingi ma’ruzaga o‘tiladi, oxirgi ma’ruzada to‘g‘rijavob berilgandan keyin, quyidagi oyna paydo bo‘ladi:
Talaba olgan bahosini ko‘rmoqchi bo‘lsa, Посмотреть Оценки tugmasini bosadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |