. Iqtisodiyot ob’ektlari ishchi –xodimlarni, FM tuzilma a’zolarini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash tartibi - Iqtisodiyot ob’ektlarida ishchi-xodimlar va FM tuzilma a’zolarini tayyorlash maqsadida o‘tgan o‘quv yilidagi tayyorgarlik yakunlari va yangi o‘quv yili vazifalari haqida tuman (shahar) fuqaro muhofazasi boshlig‘ining buyrug‘i va tegishli vazirlikning (idoraning) direktiv ko‘rsatmalari, aholining tegishli toifalariga ta’lim berish dasturlari, hududiy hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazlariningjamlash rejalaridan ko‘chirmalar, o‘tgan o‘quv yilida ob’ektning fuqaro muhofazasi bo‘yicha tayyorgarlik yakunlari quyidagi hujjatlar yig‘iladi.
- Yuqoridagi hujjatlar asosida ob’ektda ishchi xodimlarni tayyorlash maqsadida quyidagi hujjatlar ishlab chiqiladi:
- ob’ekt boshlig‘ining o‘tgan yildagi tayyorgarlik yakunlari va yangi o‘quvyilining vazifalari to‘g‘risidagi buyrug‘i (o‘quv mashqlari va trenirovkalarning mavzusi, fuqaro muhofazasi o‘quv guruhlarining va mashg‘ulot rahbarlarining ro‘yxati buyruqqa ilova qilinadi);
- ob’ekt rahbarlari tarkibini, tuzilmalarini, ishchi va xizmatchilariniyangi o‘quv yilida fuqaro muhofazasi bo‘yicha tayyorlash rejasi;
- har qaysi o‘quv guruhi uchun mashg‘ulotlar jadvali;
- o‘quv-moddiy bazadan foydalanish jadvali.
- Bulardan tashqari ob’ektda fuqaro muhofazasi tayyorgarligi bo‘yicha quyidagi jurnallar yuritiladi:
- o‘quv guruhida fuqaro muhofazasi mashg‘ulotlarini hisobga olish jurnali;
- hududiy hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazlarida rahbarlar tarkibini va qo‘mondon-boshliqlar tarkibini tayyorgarlikdan o‘tishini hisobga olish jurnali;
- sexlarda, bo‘limlarda, guruhlarda o‘quv mashqlari va trenirovkalar o‘tkazilganligini hisobga olish jurnali.
Axolini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash - Respublika aholisini ehtimoli mavjud FV lardan muhofaza qilish maqsadida O‘.R. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 sentyabrdagi “Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi to‘g‘risida” gi 754-son qarori qabul qilingan. Qarorga “Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi to‘g‘risida NIZOM” ilova qilingan bo‘lib, unda aholini tayyorlashning tartibi belgilangan.
- Nizomga ko‘ra aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, ishchi va xizmatchilarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda fuqaro muhofazasi bo‘yicha bilimlarini izchil oshirib borish va ko‘nikmalarini hosil qilish;
- qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyorlash;
- aholini, shu jumladan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmaganlarni, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalarini favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalari va usullariga o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |