Titrashga qarshi kurash chora-tadbirlari uni keltirib chiqaruvchi manbaning o‘zidayoq kamaytirishga harakat qilishdan boshlanishi kYerak. Mashina, jihoz, uskunalarning sifatli o‘rnatish, o‘z vaqtida ta’mirlash va uning dinamik kuchlarini muvofiqlashtirish, yaxshi natija bYeradi. Ba’zi qurilmalar tovush to‘lqinlari quvvatini tarqatib yuborish xususiyatiga ega. SHovqin to‘lqinlari g‘ovaksimon shovqin yutuvchi matYeriallar yuzasiga tushgach, shovqin quvvatini ko‘pgina qismi tor g‘ovakdagi havoni tebranma harakatga keltirish uchun sarflanadi. G‘ovaklardagi havo qisilib isiydi va natijada shovqin quvvati issiqlik quvvatiga aylanishi natijasida tashqi muhitga tarqalib shovqin yo‘qoladi
Do'stlaringiz bilan baham: |