Metallik у a 1t i г о g ‘ i, odatda kulrang tus va shaflbf emaslik barcha metallar uchun xos xususiyatdir, bu erkin elektronlarning borligi bilan bog‘liq. Metallarning elektr o‘tkazuvchanligi yaxshiligi ular- da erkin elektronlar borligi bilan tushuntiriladi; bu elektronlar ozgina potensiallar ayirmasi ta’sirida ham manfiy qutbdan musbat qutbga tomon harakat qiladi.
Panjarali kristallarda qatlamlaming siljishi: a — atomli panjara; b — metall panjara.
Temperatura ko‘tarilishi bilan atomlarning (ionlarning) tebranishi kuchayadi, bu esa elektronlarning bir yo‘nalishda harakatlanishini qiyinlashtiradi va bu bilan elektr o‘tkazuvchan- likning kamayishiga olib keladi. Past temperaturalarda esa, aksincha, tebranma harakat juda kamayib ketadi va elektr o'tkazuvchanlik keskin ortadi. Kumush bilan misning elektr o‘tkazuvchanligi eng katta. Ulardan keyin oltin, aluminiy, temir keladi. Mis bilan birgalikda aluminiydan ham elektr simlar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |