Oʻrta Asrlar falsafasi[tahrir]
Avliyo Thomas Aquinas
Asosiy maqola: Oʻrta Asrlar falsafasi
"Doʻstlik eng katta lazzatlar manbaidir, va doʻstlarsiz eng qiziqarli izlanishlar ham zerikarli boʻlib qoladi."
– Thomas Aquinas
Oʻrta Asrlar falsafasi Gʻarbiy Yevropa va Yaqin Sharqdagi hozir Oʻrta Asrlar, deb ataluvchi va Rim imperiyasi tugatilishidan to Renessansgacha boʻlgan davrga oid falsafadir. Oʻrta Asrlar falsafasi qisman antik Yunon-Rim madaniyatini qayta kashf qilish va teologik muammolar bilan shugʻullangan.
Ushbu davrga oid baʼzi muammolar eʼtiqod va ong munosabatlari, xudoning mavjudligi va birligi kabi masalalardan iboratdir.
Erta zamonaviy falsafa (1600 - 1800 yillar atrofi)[tahrir]
Asosiy maqola: Zamonaviy falsafa
Zamonaviy falsafa skeptitsizm paydo boʻlishi va zamonaviy fizika tugʻilishi bilan boshlangan, deb hisoblanadi. Ushbu davrga oid muhim kishilar Montaigne, Descartes, Locke, Spinoza, Leibniz, Berkeley, Hume va Kant'dir.[3] Bu davr 17-18-asrlarga toʻgʻri kelib, Kant'ning metafizik mavzularni Newton mexanikasi bilan bogʻlashga davomli urinishlari bilan yakun topgan, deb hisoblanadi.[4]
Do'stlaringiz bilan baham: |