Butun son turlari. Butun son qiymatlarni qabul qiladigan o‘zgaruvchilar int (butun), short (qisqa) va long (uzun) kalit so‘zlar bilan aniqlanadi. O‘zgaruvchi qiymatlari ishorali bo‘lishi yoki unsigned kalit so‘zi bilan ishorasiz son sifatida qaralishi mumkin (1-ilovaga qarang).
Belgi turi. Belgi turidagi o‘zgaruvchilar char kalit so‘zi bilan beriladi va ular o‘zida belgining ASCII kodini saqlaydi. Belgi turidagi qiymatlar nisbatan murakkab bo‘lgan tuzilmalar - satrlar, belgilar massivlari va hakozalarni hosil qilishda ishlatiladi
(2-ilovaga qarang).
1.2-jadval. С++ tilining tayanch turlari
Do'stlaringiz bilan baham: |