4-qadam → Consul oynasiga Nechi oylik ish haqini hisoblamoqchisiz:2 raqamini kiritamiz va bizga quyidagi 2.4-rasm dagi natijaga erishamiz
2.4-rasm
5-qadam →Agar bizga yana qandaydir xodimning oylik maoshini hisoblamoqchi bo’lsak Consul oynada namoyon bo’lgan Yana biror xodimni oylik ish haqini bilish uchun 1ni bosing:degan jumla chiqadi va biz shu shartni bajarsak 2.5-rasm namoyon bo’ladi.Agarda bizga yana qandaydir ishchining oylik maoshini hisoblaydigan bo’lsak yuqorida keltirilgan ketma-ketliklarni bajarishimiz kerak!
Xulosa
Insoniyat o’zining tarixiy taraqqiyoti jarayonida har xil ish qurollarini yaratgan. Bu ish qurollari uning jismoniy mеhnatini yengillashtirishga xizmat qilgan. Bularga oddiy bolta, tеsha, arradan tortib hozirgi zamon qudratli mashina va traktorlarini misol sifatida kеltirish mumkin.Inson bu davrda faqat mеhnat qurollarini yaratish bilan chеgaralanib qolmay, balki u o’zining aqliy mеhnatini yengillashtirish qurollarini ham yaratdi. Bunga oddiy hisob-kitob toshlaridan tortib, hozirgi kunda ham o’z kuchi va qulayligini yo’qotmagan cho’tlar misol bo’la oladi. Axborot kommunikatsion texnonologiyalarini taraqqiy etishida bevosita dasturlash tillarining o’rni beqiyos. Ayniqsa, hozirgi davrga kelib C++, Java, Delphi dasturlash tillar yordamida shaxsiy kompyuterlar uchun amaliy dasturiy to’plamlardan tashqari SmartPhone va Planshetlar uchun operatsion tizim (iOS, Android, Windows mobile, Symbian va h.k) va ilovalar yaratilmoqda.
Informatsion texnologiyalarning yana bir muhim jihatlaridan biri shundaki, bu fan jadal sur’atlarda o‘sib, yil sayin yangidan-yangi yo‘nalishlarga, mutaxassisliklarga tarmoqlanib ketmoqda: algoritmik, mantiqiy, obyektga yo‘naltirilgan, vizual, parallel dasturlash texnologiyalari, animatsiya, multimediya, Web, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, ko‘p prosessorli, neyron arxitekturali kompyuterlar va hokazo. Ko‘rinib turibdiki, informatika meta fan darajasiga ko‘tarilib, uni bitta o‘quv kursi chegarasida to‘liq o‘zlashtirishning imkoni bo‘lmay qoldi. Informatsion texnologiyalar sohasi bo‘yicha rus va ingliz tillarida qo‘llanmalar juda ko‘p chop etilmoqda. Oxirgi yillarda o‘zbek tilidagi qo‘llanmalar ham ko‘payib qoldi.
Men ushbu Loyixa ishini bajarish davomida C++ dasturlash tilida dasturlash to’g’risidagi bilimlarimni amaliy jihatdan o’rgandim va nazariy bilimlarimni amaliy jihatdan mustahkamlab oldim. O’z dasturimni tayyorlash jarayonida shunga amin bo’ldimki, har bir dasturchi, o’z dasturini tuzar ekan, avvalambor uning foydalanuvchiga tushunarli, boshqarishga oson, hamma qismlari puxta hisob-kitob qilingan, dasturda yuz berishi mumkin bo’lgan xatoliklarni oldi olingan, dasturning yashash sikli hisobga olingan bo’lishi lozim ekan. Shundagina yaratilgan dastur foydalanuvchiga uzoq muddat, samarali hizmat qilishi mumkin. Kelajakda xar bir yosh avlod dasturlash tillarini mukammal o’rganishi, ularni o’zi yarata olishi yoki undan unumli foydalana olishi,o’zgartirishga o’z bilim saviyasini oshirishi zarur va majburdir.Qisqa qilib aytganda davlatimiz bizni bilim olishimizga yaratib berayotgan shart shatoitlardan unumli foydalana olishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |