“ byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti “elektron tijorat va raqamli iqtisod” kafedrasi



Download 6,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/252
Sana14.01.2022
Hajmi6,05 Mb.
#363012
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   252
Bog'liq
cbb0552b51750df771d8daf3745c1ae6993d12bf

Boshqaruv omillari: 

 
menejment darajasi; 

 
aksionerlar va menejerlar o‘zaro munosabatlari xarakteri. 
Elektron  tijoratning  rivojlanishi  umumjahon  iqtisodining  rivojlanishiga 
quyidagi sabablarga ko‘ra ta’sir ko‘rsatadi: 

 
yagona axborot maydonini hosil qilish jarayonini jadallashtirish;  

 
jahon  bozorida  barcha  insonlarning  amaldagi  o‘zaro  axborot 
almashinuvi mexanizmi yaratish; 

 
markazlashmagan  mahsulotlar,  o‘zaro  bog‘liq  bo‘lmagan  alohida 
turdagi bozorlarni rivojlantirish; 

 
elektron  to‘lov  tizimidan  foydalanish  orqali  pul  vositalari  aylanuvini 
amalga oshirish; 

 
olib-sotarlik 
hajmi 
kamayadi, 
ishlab 
chiqarish 
sohasiga 
sarmoyalarning kiritilishini kengaytirish; 

 
yangi turdagi servis xizmatlarini yaratish; 

 
mahsulot va xizmat bozorida ochiq raqobat uchun sharoit yaratish; 

 
elektron  tijorat  bozorlarida  yangi  turdagi  mahsulot  va  xizmat  harakatlarini 
jonlantirish, xaridor uchun qulay shakldagi xizmat amalga oshirishdan iborat. 
Internet  global  tarmog‘ining  paydo  bo‘lishi  bilan  elektron  tijorat  ham  barcha 
turdagi  firmalar  uchun  yangi  imkoniyatlar  eshigini  ochib  berdi.  Avvallari,  elektron 
axborot  almashinuvi  bilan  shug‘ullanish  imkoniyati  faqatgina  yirik  kompaniyalarda 
mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib bu narsa oddiy holatga aylanib qoldi. Elektron 
tijorat  nafaqat  onlayn-tranzaksiyalarni,  balki  onlayn-marketing,  hamkorlar  va 
ta’minotchilar  bilan  onlayn-aloqada  bo‘lish,  elektron  hujjat  almashinuvi  va 
boshqalarni ham o‘z ichiga oladi. 
  Bu  soha–  biznes  yuritishning  eng  zamonaviy  usuli  bo‘lib,  firmalarga,  ulgurji 
savdogarlarga qo‘shimcha buyurtmachilarni jalb qilish hisobiga daromadlarni  
oshirish, xarajatlarni  qisqartirish,  tovar  va  xizmatlar  sifatini  oshirish, ularni  yakuniy 
iste’molchiga yetkazish sur’atini tezlashtirish imk onini beradi.  
 
XX asrning so‘nggi o‘n yilligida “raqamli iqtisodiyot” degan tushuncha paydo 
bo‘ldi. Raqamli iqtisodiyot – bu, raqamli texnologiyalarga asoslangan bo‘lib odatda, 
uni  internet-iqtisodiyot,  elektron  iqtisodiyot,  yangi  iqtisodiyot  yoki  veb  -iqtisodiyot 
deb ham atashadi. 
  Internet-iqtisodiyot  o‘zining  an’anaviy  turidan  ko‘p  jihatlari  bilan  farq  qiladi: 
kommunikatsiya, 
bozor 
tuzilishi, 
narx 
va 
shu 
kabilar. 
Hayotimizga 
internetiqtisodiyotning  kirib  kelishi  natijasida  kompaniyalar  o‘z  mahsulotlarini 
nafaqat  mahalliy  yoki  mamlakat  ichidagi  xaridorlarga,  balki  butun  dunyo  bo‘ylab 
taqdim  qilishi  mumkin  bo‘lib  qoldi.  Bugungi  kunda  elektron  iqtisodiyot  faqatgina 
elektron  savdo  bilan  cheklanib  qolmay,  balki  hayotimizning  barcha  jabhalarini-


16 
 
sog‘liqni saqlash, ta’lim, bank ishi va boshqalarni ham o‘z ichiga qamrab olmoqda. 
  Elektron  biznes  yoki  internet-biznes  -  bu,  yangi  paydo  bo‘lgan  biznes-model 
bo‘lib, unda biznesga oid ma’lumotlarni almashish hamda tijoratga oid tranzaksiyalar 
axborot  tizimlari  yordamida  avtomatlashtiriladi.  Bunda,  ma’lumotlarni  o‘tkazish 
hamda  veb-servislarni  taqdim  qilish  uchun  internet-texnologiyalardan  keng 
foydalaniladi. Ushbu atama ilk marta 1996-yilda IBM korporatsiyasining sobiq bosh 
direktori Lui Gerstner tomonidan ishlatilgan. 
  Sodda  qilib  aytganda,  elektron  biznes  –  bu,  axborot  va  kommunikatsiya 
texnologiyalari  vositasida  amalga  oshiriladigan  biznesdir.  Elektron  tijorat  ham 
elektron  biznesning  bir  bo‘lagi  bo‘lib,  unda  tovar  va  xizmatlar  kompaniyalar, 
iste’molchilar  o‘rtasida  ayirboshlanadi.  Shuning  uchun  ham  u  elektron  biznesning 
eng muhim, ajralmas qismi sanaladi. Elektron tijorat, odatda, o‘zida elektron biznes 
yuritishning  savdo-sotiqqa  oid  sohasini  aks  ettiradi.  Bundan  tashqari,  u  biznes 
tranzaksiyalarining  moliyalashtirish  hamda  to‘lovni  amalga  oshirish  kabi 
bosqichlarini ham ifodalaydi. 
  Jadal o’zgarayotgan zamonaviy bozor sharoitida kompaniyalar raqobatdoshligi, 
ko’p  jihatdan,  axborot  tizimlarining  qulayligi,  aloqa  va  ma’lumot  uzatish 
imkoniyatlariga  asoslanayotgani  hech  kimga  sir  emas.  Binobarin,  mamlakatimizda 
elektron  tijoratni  rivojlantirishga  alohida  e’tibor  qaratilmoqdaki,  bu  masofani 
qisqartirish,  vaqtni  tejash  hamda  ish  samaradorligini  oshirishda  ayni  muddaodir. 
Xususan, bugungi kunda bank xizmatlari, elektron to’lovlarning yangi turlari hayotga 
tatbiq etilayapti, to’lov amaliyoti soddalashtirilayotir. Bularning barchasi, jumladan, 
axborot  texnologiyalari  taraqqiyotining  hozirgi  bosqichi  sohaga  oid  huquqiy 
poydevorni  yanada  takomillashtirishni  taqozo  qilmoqda.  Ayni  paytda  Oliy  Majlis 
Qonunchilik palatasida “Elektron tijorat to’g’risida”gi qonun loyihasi yangi tahrirda 
ko’rib chiqilayotganining boisi ham shunda.  
Jahon hamjamiyatining ko’zlangan rivojlanish va farovonlikka erishish uchun, 
axborot texnologiyalariga (AT) bo’lgan ehtiyoji katta sur’atlar bilan oshib borayapti. 
Iqtisodiy  o’sishning  faollashuvi,  dunyo  aholisi  yashash  darajasining  yaxshilanishi 
axborot texnologiyalarining kundalik hayotimizga singib ketagani natijasidir. Dunyo 
tajribasi  shuni  ko’rsatadiki  erkin  axborot  oqimining  ta’minlanishi  bozor 
iqtisodiyotiga o’tishni tezlashtiradi va sotsial farovonlikni oshiradi. 
Axborot  texnologiyalarining  tez  rivojlanishi  iqtisodda  ham  o’z  aksini 
topmasdan  qolmaydi.  Hozirgi  kunda  iqtisodda,  ayniqsa  tadbirkorlik  sohasida 
erishilayotgan  yutuqlar  negizida  aynan  axborot  texnologiyalari  turli  segmentlarining 
yuqori  darajada  rivojlanganligi  va  samarali  qo’llanishi  yotadi.  O’zbekiston 
iqtisodiyoti  ham  bundan  mustasno  emas  albatta.  Yaqqol  misol  sifatida  axborot 
texnologiyalarining bir qator segmentlari masalan, ma’lumotlar yetkazish tarmoqlari, 
axborot  internet-resurslari  va  ular  orasidagi  elektron  hujjat  almashuv,  biznes  va 


17 
 
tijoratning barqaror rivojlanayotganini keltirish mumkin. O’zbekiston uchun axborot 
texnologiyalarini  rivojlantirish  yangi  iqtisodiy  aloqalarni  ta’minlashda  muhim 
ahamiyat  kasb  etadi.  Lekin  bu  jarayon,  axborot  texnologiyalari  sohasida  ta’lim 
standartlarining 
oshishi, 
milliy 
telekommunikatsiya 
tarmoqlarining 
modernizatsiyalashuvi,  huquqiy  bazaning  shakllanishi  oqibatida  vujudga  keladigan 
jamiyatning  ma’lum  darajadagi  informatsion  tayorligi  mavjud  bo’lgan  holatdagina 
sodir bo’ladi. 
 “Elektron  tijorat”  termini  EDI  (Elektronic  Data  Interchange  –  ma’lumotlarni 
elektron  almashish),  elektron  pochta,  internet,  intranet  (kompaniya  ichida  axborot 
almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni 
o’z ichiga oladi. O’z navbatida Elektron kommersiya tizimi uch sinfga bo’linadi:  
-
 
Chakana savdoni tashkil qilishbo’yicha (biznes-iste’molchi, B2C); 
-
 
Biznes hamkor bilan aloqlar o’rnatish (biznes-biznes, B2B); 
-
 
Iste’molchilar o’rtasidagi savdo (iste’molchi-iste’molchi, C2C); Misol; sifatida 
– virtual auksion www.Ebay.com ni keltirish mumkin.  
Kompaniya axborot texnologiyalarini samarali qo’llash orqali iste’molchibilan 
ochiq  munosabat  o’rnatish,  mahsulot  va  xizmatlar  to’g’risida  hamkor  va  mijozlarni 
tezkor  axborot  bilan  ta’minlash,  sotuvning  alternativ  yo’llarini,  misol  uchun  tijorat 
saytlarida elektron do’konlar ochish va yaratish imkoni beradi. 
O’zbekistonda  davlat  organlari  elektron  tijoratni  rivojlantirishda,  dunyo 
tajribasida keng qo’llanilgan quyidagi prinsiplarga amal qilishmoqda. 
Elektron  tijoratni  rivojlantirishda  korpoorativ  sektor  faol  rol  o’ynashi  lozim; 
Elektron tijoratga nisbatan, davlat organlari tomonidan asoslanmagan turli cheklovlar 
qo’yilishiga  yo’l  qo’yilmaslik  lozim;•  Davlat hokimiyati  elektron  tijorat  jarayoniga, 
ushbu  soha  subyektlarini  qo’llab-quvvatlash  va  huquq  bazasini  takomillashtirish 
maqsadida  aralishishi  mumkin;•  Elektron  tijoratni  boshqarish  chora-tadbirlarini 
ishlab  chiqishda  davlat  hokimiyati  Inernetning  o’ziga  xosliklarini  inobatga  olishi 
lozim;• Elektron tijorat jarayoni ma’muriy-hududiy bo’linish va davlat chegaralariga 
bog’liq bo’lmagan ravishda, global masshtabda sodir bo’lishi lozim. 
 
Iqtisodiy  rivojlanish  oqibatida  O’zbekiston  xalqaro  iqtisodiyot  tizimida 
tobora o’z mavqe’ini mustahkamlab bormoqda. Bu esa o’z navbatida elektron tijorat 
infratuzilmasini  takomillashtirish,  uning  jahon  bozorida  kuchli  raqobatchi  sifatida 
paydo  bo’lishini  ta’minlash  zaruriyatini  keltirib  chiqaradi.  Yuqoridagi  holatlar 
inobatga  olingan  holda  elektron  tijoratning  asosini  ,  ya’ni  huquqiy  bazasini 
takomillashtirish  bo’yicha  bir  qancha  sezilarli  ishlar  amalga  oshirildi.  2004  yil  29 
aprelda N613-II “Elektron tijorat” to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonuni, 2007 
yil  30  noyabrda  Vazirlar  Mahkamasining  №21  “Elektron  tijoratni  rivojlantirish” 


18 
 
tog’risidagi va 2007 yil 12 iyunda “Elektron tijorat tizimini amalda qo’llashda to’lov 
tizimini  takomillashtirish”  tog’risidagi  qarorlar  qabul  qilindi.  Bundan  tashqari 
Respublikada  elektron  tijoratni  rivojlantirish  maqsadida  “Ekarmon”  loyihasi  ishlab 
chiqildi va u samarali tarzda amaliyotga joriy qilinmoqda.  

Download 6,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish