“ byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti “elektron tijorat va raqamli iqtisod” kafedrasi


Rasm 4-1. Elektron tijoratning iste’molchilar guruhi bo‘yicha turlari



Download 6,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/252
Sana14.01.2022
Hajmi6,05 Mb.
#363012
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   252
Bog'liq
cbb0552b51750df771d8daf3745c1ae6993d12bf

Rasm 4-1. Elektron tijoratning iste’molchilar guruhi bo‘yicha turlari 
Elektron tijorat modelining asosiy ko’rinishlari. 
Elektron  bozorda  marketingni  yuritishning  xususiyatlarini  tavsiflashdan  oldin 
shu  paytgacha  shakllangan  elektron  tijorat  asosiy  tushunchalarini  aniqlashtirib  olish 
zarur. 
Kompyuter  tizimlari  samaradorligini  oshirish  va  tarmoq  texnologiyalarining 
mukammallashtirilishi  yangi  iqtisodiy  faoliyat  turi  -  elektron  tijoratning 
shakllanishiga olib keldi. Elektron tijorat - tijoratning o’ziga xos turi bo’lib, axborot 
texnologiyalarini  ishlab  chiqarish,  savdo  va  mahsulotlar  va  xizmatlarni  taqsimlash 
jarayonlariga ma‘lum ma‘noda tadbiq qilish orqali amalga oshiriladi. Elektron tijorat 


43 
 
asoslarini  ko’rib  chiqish  o’rganilayotgan  fan  sohasi  uchun  kalit  tushunchalar  va 
ta‘riflarni shakllantirish maqsadga muvofiq. Bugungi kunda ishlatilayotgan ta‘rif va 
iboralar  ularning  mualliflarining  mutaxassis  tayyorgarligi  va  orttirilgan  tajribasiga 
mos  kelib,  iqtisod  sohasidagi  voqealarni  faqat  qisman  qamrab  oladi  va  bir  qancha 
nuqtai nazarlarni o’zida aks ettiradi.  Masalan, IBM kompaniyasi mutaxassislarining 
ta‘rifiga ko’ra "Elektron biznes - bu asosiy biznes jarayonlarni Internet texnologiyalar 
orqali amalga oshirish". Internet biznes ensiklopediyasining ta‘rifiga ko’ra esa u foyda 
olish  maqsadida  ichki  va  tashqi  aloqalarni  amalga  oshirish  uchun  global  axborot 
tarmoqlarining  imkoniyatlaridan  foydalanadigan  har  qanday  biznes  faoliyat.  Bu 
ta‘riflar Internet tarmog’ining rivojlanishi va amaliy qo’llanishi nuqtai nazaridangina 
iqtisod  sohasida  yuz  bergan  jarayonlarni  aks  ettiradi.  SHubhasiz,  milliy,  shaxsiy  va 
korporativ kompyuter tarmoqlarining yagona Internet tarmog’iga birlashishi elektron 
tijorat rivojlanishi va mustahkamlanishi jarayonlariga sezilarli ta‘sir ko’rsatdi. Lekin 
ma‘lum  doiradagi  masalalarni  echish  uchun  Internet  tarmog’i  tomonidan  taklif 
qilinadigan  usullar  majmuasi  sifatida  elektron  tijorat  savollarini  umumiy  yoki 
elektron  marketing  savollarining  qisman  ko’rib  chiqilishi  perspektiv  deb  hisoblab 
bo’lmaydi.  CHunki  tizimning  maxsus  texnik  xususiyatlari  iqtisodiy  jarayonlarning 
ob‘ektiv tasvirini aniqlab berishga imkon bermaydi. 
Global  tarmoq  iqtisodiyoti  xususiyatlarini  tahlil  qilish  va  tashkilot, 
korxonalarning  elektron  tijorat  sohasidagi  tajribasini  o’rganish  bilan  yangi 
kategoriyalar  va  tushunchalarning  o’zaro  ta‘siri  hamda  bo’ysunish  darajasini  aks 
ettiruvchi  modelni  tuzish  va  bugungi  kun  talablariga  mos  keladigan  ta‘riflarni 
shakllantirish mumkin. Model asosida u yoki bu tijorat faoliyati shakliga mos tijorat 
jarayonlar  -  biznes,  tijorat,  savdo,  marketing  turadi.  Bunda  YUNIDO  ta‘rifiga  ko’ra 
elektron  biznes  qo’llanishining  to’rt  bosqichi  -  marketing,  ishlab  chiqarish,  savdo, 
to’lovlar  e‘tiborda  tutiladi.  Axborot,  kommunikatsiya  texnologiyalari  va  tizimlarini 
qo’llash darajasi chegara (o’lchov) bo’lib, u bo’yicha biznes (tijorat, savdo)ni elektron 
deb hisoblasa bo’ladi. 
XXI  asr  boshida  elektron  tijoratni  axborot, telekommunikatsion  texnologiya  va 
tizimlarni  qo’llash  orqali  tijorat  jarayonlarni  amalga  oshirish  deb  tushunish  kerak. 
Ammo  tijorat  jarayonlarning  bir  qismi  innovatsion  texnologiyalarni  ishlatmasdan 
amalga  oshirilmoqda.  Bu  esa  "tijorat"  va  "elektron  tijorat"  tushunchalarini  mustaqil 
kategoriyalar  sifatida  ajratishga  imkon  beradi,  lekin  ular  orasidagi  farq  asta-sekin 
yo’qolib bormoqda. 
Korxonaning  masalalarida  zamonaviy  texnologiyalar  elektron  tijorat  modelida 
elektron  marketingni  zamonaviy  tijorat  asosi  sifatida  qarashga  imkon  beradi. Bunda 
marketing  masalalari  shunchalik  muhim  va  katta  hajmga  egaki,  ko’p  hollarda 
an‘anaviy  marketing  faoliyati  -  tijorat  tahlil  (BI  -  Business  Intelligence), 
iste‘molchilar bilan aloqalarni boshqarish (CRM - Customer Relations Management), 


44 
 
ta‘minot  zanjirlari  boshqaruvi  (SCM  -  Supply  CHain  Management),  bilimlarni 
boshqarish  (KM  -  Knowledge  Management)  axborot  texnologiya  vositalari  orqali 
amalga oshiriladi. 
Elektron  tijorat  jarayonida  ishtirok  etuvchilarning  o’zaro  munosabati  modeli 
quyidagicha: 

Download 6,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish