“ byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti “elektron tijorat va raqamli iqtisod” kafedrasi



Download 6,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/252
Sana14.01.2022
Hajmi6,05 Mb.
#363012
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   252
Bog'liq
cbb0552b51750df771d8daf3745c1ae6993d12bf

Muammolar 
Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, o’zbekistonda elektron tijoratni 
rivojlantirish bilan bir qatorda bu sohaning takomillashishiga to’sqinlik qilayotgan bir 
qancha muammolar ham mavjud. Bu muammolarning tezkor va aniq yechilishi 
bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Chunki aynan quyidagi 
yechimini kutayotgan masalalar jahon tajribasida keng tarqalgan bo’lib, ularning 
to’gri hal qilinmasligi oqibatida bu sohada jiddiy inqirozlar vujudga kelishi mumkin. 
   
Birinchidan, zarur infrastrukturaning hali ham yetarli darajada 
takomillashgmagani. Quyida bir nechta misollar keltiramiz: internetning global 
tarmog’i bilan to’gridan-to’g’ri bog’langan provayderlar soni cheklangan miqdorda 
va buning natijasida internet mijozlarga provayder o’rtasida biridan ikkinchisiga 
tashish orqali yetkazilmoqda, ma’lumki bunday holat xizmat ko’rsatishning sifatiga 
salbiy ta’sir ko’rsatadi. viloyatlarda ko’rsatilayotgan internet xizmatining sifat 
ko’rsatkichlari poytaxtdagi holat bilan solishtirganda sezilarli darajada yomon. 


25 
 
Ajratilgan ulanish (ADCL modem) uchun yetarli shart-sharoitning yaratilmaganligi 
natijasida mijozlar to’gridan to’g’ri qo’ng’iroq qilish orqali (Dial-up) ulanishdan 
foydalanishadi. Bu o’z navbatida xizmat sifatining yetarli darajada bo’lmasligiga olib 
keladi. 
  Ikkinchidan, internet foydalanuvchilarining miqdori shunday darajadaki, bu 
holat elektron tijorat bilan shug’ullanish uchun zarur bo’lgan yirik bozor yaratish 
imkonini bermaydi (O’zbekiston bo’yicha internet foydalanuvchilarining soni 2,5 
mln. dan ortiq 
4
). To’gri oxirgi yillarda bu sohada bir qancha ijobiy natijalarga 
erishilmoqda, lekin bu faqatgina ma’lum bir hududlarda (asosan poytaxt va ba’zi bir 
viloyat markazlar) o’smoqda. Ko’pchilik viloyatlarda bunday holat haligacha 
muammoligicha qolmoqda. Ma’lumki, yetarlicha hajmdagi bozorga ega bo’lmasdan 
turib elektron tijorat faoliyatini yuritish ixtiyoriy tadbirkor uchun zarardir. 
  Uchinchidan, jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlaridan on-line to’lovni 
amalga oshirishni ta’minlaydigan ishonchli tizimning rivojlanmaganligi. Banklarimiz 
tomonidan chiqarilayotgan plastik kartochkalardan faqatgina maxsus terminallardan 
foydalanib to’lovni amalga oshirishimiz mumkin, xalqaro tajribada esa plastik 
kartochkalar yordamida, to’lovni qabul qilish uchun o’rnatilgan maxsus modullar 
orqali, to’g’ridan to’g’ri on-line do’konlarda to’lovni amalga oshirish mumkin. 
 
Asosiy muammo shundaki, O’zbekistonda jismoniy shaxslar uchun on-line 
banking xizmati keng tarqalmadi. On-line banking bank mijozlari uchun internet 
tarmog’ida yoki mobil aloqa yordamida o’z hisoblarini boshqarish va to’lovlarni 
amalga oshirish imkonini beradi. Bir necha banklar tomonidan taklif etilayotgan 
SMS-banking bir tomonlama bo’lib, faqatgina hisob va operatsiyalar tarixi haqida 
ma’lumot olish uchun mo’ljallangan. Bu holat elektron tijoratning rivojlanishiga eng 
katta to’siq bo’layotgan muammolardan biridir. 
  To’rtinchidan, mavjud internet-do’konlar faoliyatida yetarli professionallik 
darajasi yetishmaydi. Aloqa va axborotlashtirish agentligi chop etgan ma’lumotlarga 
ko’ra 01.01.2008 yil holatiga bo’yicha O’zbekistonda 24 internet-do’kon faoliyat 
yuritadi. Kompyuter va elektron-mayishiy texnika mahsulotlarini sotishga bo’yicha-
8, sovg’a va gullar bo’yicha-4, raqamli tovarlar bo’yicha, iste’mol va ma’ishiy 
tovarlar bo’yicha-3, kitob, musiqa va kompakt diskda filmlar sotishga mo’ljallangan-
3 do’kon mavjud. Bu veb-saytlarning 4-ishlov berilish jarayonida, 4-to’lovni xalqaro 
to’lov tizimidagi plastik kartochkalardan foydalanib amalga oshirish imkonini 
yaratadi, 12-WM Transfer to’lov tizimidan foydalanadi. Qolgan do’kon naqdsiz 
to’lovni amalga oshirishni imkonini, yozma shartnoma imzolanganidan so’ng, 
yaratadi. 
Elektron tijorat iste’molchilarga quyidagicha foyda keltiradi: 
-
 
Iste’molchiga  qulay  bo‘lgan  ixtiyoriy  vaqtda,  tanaffuslarsiz  va  dam  olish 
kunlarisiz 24 soat xizmat ko‘rsatish; 


26 
 
-
 
Tovar, ta’minotchilar, narxlar, sifat v.b. parametrlar tanlovini kengaytirish; 
-
 
To‘liq va o‘z vaqtida axborot olish imkoniyati; 
-
 
Takliflarni  taqsimlash  va  boshqa  iste’molchilar  bilan  axborot  almashinish 
imkoniyati. 
Elektron tijorat jamiyat uchun ham ma’lum bir foyda keltiradi: 
-
 
Uyda  ishlash  imkoniyati.  Uydan  turib  xarid  qilish  transport  oqimi  va  u  bilan 
bog‘liq muammolarni kamaytirishi mumkin. 
-
 
Nisbatan  arzon  narxlarda  mahsulot  sotib  olish  imkoniyati  fuqarolar  hayoti 
sifatini oshiradi. 
-
 
Qishloq  yerlarida  yashovchilar  yirik  shaharlarda  yashovchilar  bilan  birdek 
tovar, xizmat va axborotdan erkin foydalanish imkoniyatiga ega. 
Elektron tijorat tizimida mavjud imkoniyatlar turlicha bo‘lishiga qaramay, ular 
bir-biri  bilan  o‘zaro  bog‘liq.  Raqobatning  oshishi  va  xizmat  sifatining  ortishi, 
xizmatning ommaviy ravishdan yakka tartibda olib borilishiga o‘tishi, qisqa vaqt va 
masofalarda xaridorga yetkazib berish sarf harajatlarni kamaytiradi, bu o‘z navbatida, 
mahsulot tannarxining pasayishiga olib keladi. 
Elektron  tijoratda  real  mahsulot  bilan  elektron  mahsulot  ma’lumoti  materiali 
o‘rtasida  farq  bor.  Elektron  material  savdosida  (dasturiy  ta’minot,  tijorat 
ma’lumotlari,  axborot  xizmati,  video,  ovozli  mahsulotlar,  grafiklar,  o‘yinlar, 
multimedia ilovalari va boshqalar) to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘liq tijorat kelishuvi bosqichi 
amalga oshirilishi mumkin. 
Ushbu  holatda  mahsulot  va  xizmat  o‘rtasidagi  farqni  aniqlash  muammo.  Agar 
kompakt diskka musiqa yozib, pochta orqali yuborilsa,u tovar-mahsulot ko‘rinishiga 
ega  bo‘ladi  va  mahsulotni  sotish  hisoblanadi.  Agar  musiqani  raqam  ko‘rinishida 
xaridorga  uzatilsa  bu  mahsulot  bo‘ladimi  yoki  xizmat,  degan  savol  yuzaga  keladi. 
Shuning uchun ham elektron mahsulot almashinuvida elektron mahsulot deb yuritish, 
yangi elektron bozorni tashkil etadi, jumladan, nashriyotlardagi elektron kitob bunga 
misol bo‘ladi. Bunday elektron tijoratning ko‘rinishi raqobatni yuzaga keltirib, yangi 
ish joylarini tashkil etilishiga olib keladi. 

Download 6,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish