2.Budjet tashkilotlarida yuritiladigan hisob hujjatlari hamda registrlari shakllari.
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi memorial order shaklida olib boriladi.
Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi bo‘yicha
tartiblashtirilib, quyidagi doimiy raqamli memorial order — jamlanma qaydnomalar bilan
rasmiylashtiriladi:
1-memorial order – kassa operatsiyalari bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 381-son shakl;
2-memorial order – budjet mablag‘larining harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-
on shakl;
3-memorial order – budjetdan tashqari mablag‘lar harakatiga doir jamlanma qaydnoma,
381-son shakl;
5-memorial order – ish haqi va stipendiyalar bo‘yicha hisob-kitob varaqalari yig‘indisi,
05-son shakl;
6-memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-
kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 408-son shakl;
8-memorial order – hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha jamlanma
qaydnoma, 386-son shakl;
9-memorial order – asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga
ko‘chirilishi bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl;
11-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir jamlanma qaydnoma,
398-son shakl;
12-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir jamlanma qaydnoma,
411-son shakl;
13-memorial order – materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-son shakl;
15-memorial order – ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan
olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha qaydnoma, 406-son shakl.
Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiy fondlarni har yilgi
qayta baholash, budjetdan tashqari daromadlar hisobi, yilni yakunlash operatsiyalari va h.k)
va “Storno” operatsiyalari bo‘yicha alohida memorial orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular
har oy uchun alohida 16 raqamdan boshlab raqamlanadi.
Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab qilinmaydigan
tashkilotlarda subschyotlar korrespondensiyasi alohida memorial orderlarda (274-son shakl)
yuqorida keltirilgan doimiy raqamlar berilib ko‘rsatiladi.
Alohida memorial orderlar operatsiyalarning sodir bo‘lishiga qarab, ammo boshlang‘ich
hisob hujjatlari olingandan keyingi kundan kechiktirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xildagi
59
hujjatlarning bir guruhi asosida tuziladi. Subschyotlar korrespondensiyasi memorial
orderlarda ikki yoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boriladi.
Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o‘rinbosari) va ijrochi (hisobchi)
tomonidan imzolanadi.
Barcha memorial orderlar 308-son shakldagi “Bosh-jurnal kitobi”da ro‘yxatga olinadi.
“Bosh-jurnal kitobi” har bir subschyot bo‘yicha yuritiladi.
“Bosh-jurnal kitobi” o‘tgan yildagi yakunlovchi balansga muvofiq yil boshiga qolgan
qoldiq summalarni ko‘chirib yozish bilan ochiladi. Bu daftarga yozuvlar memorial orderlar va
memorial order – jamlanma qaydnomalar tuzilgandan keyin oyiga bir marta yoziladi.
Memorial orderdagi summa dastlab “Order bo‘yicha summa” qatoriga, keyin esa,
tegishli subschyotlarning debeti va kreditiga yoziladi. Barcha subschyotlar bo‘yicha oylik
aylanmalar summasi debetda ham kreditda ham “Order bo‘yicha summa” qatorining jamiga
teng bo‘lishi kerak. Oylik aylanmalardan keyingi ikkinchi qatorda har bir subschyot bo‘yicha
kelgusi
oyning
boshiga
qoldiq
chiqariladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari hamda ularning tizimidagi tashkilotlar O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqilgan ko‘rsatma mavjud
bo‘lgandagina buxgalteriya hisobi yuritishning jurnal-order shaklida olib borishlari mumkin.
Budjet tashkilotining rahbari tashkilotda buxgalteriya hisobini tashkil qilinishiga, moliya-
xo‘jalik faoliyatidagi amalga oshirilgan muomalalarni amaldagi qonun hujjatlariga
muvofiqligiga hamda buxgalteriya hujjatlarini saqlanishiga javobgar bo‘ladi.
3.Budjet tashkilotlarida qo‘llaniladigan hisobvaraqlar, ularni tayinlanishi va tuzilishi
xamda buxgalteriya balansi.
Schyotlar rejasi – bu budjet tashkilotining mablag‘lari va ularni tashkil bo‘lishi
manbalariga xarakatiga oid muomalalarni hisobi uchun belgilangan schyotlarini tizimga
solingan ro‘yxatidir. Xozirgi kunda budjet tashkilotlari schyotlar rejasi alohida belgilangan
bo‘lib yuritib kelinmoqda va ular yordamida muomalalarni joriy hisobda aks ettirish, iqtisodiy
guruxlash,
tezkor
nazorat
qilish
jarayonlari
amalga
oshirilmoqda.
Budjet tashkilotlari schyotlari tasnifi bo‘yicha turlarga ajratish mumkin. Ya’ni balansga
nisbatan balans schyotlari va balansdan tashqari schyotlar. Balans schyotlari budjet
tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayonida mablag‘lar va ularni tashkil
bo‘lish manbaalarini aks ettiradi. Balans schyotlari hisobga oladigan ob’ektlarni nomlanishi
bo‘yicha nomoliyaviy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar, moliyaviy aktivlarni hisobga
oluvchi schyotlar, debitor va kreditorlarni hisobga oluvchi schyotlar, moliyaviy natijalarni
hisobga oluvchi schyotlarga bo‘linadi. Balans schyotlari hisobga oladigan ob’ektlarni
iqtisodiy mazmuni bo‘yicha aktiv schyotlar, passiv schyotlar, aktiv passiv schyotlarga
bo‘linadi. Ob’ektlarni hisobda aks ettirish usuli bo‘yicha sintetik schetlar va analitik
schyotlarga bo‘linadi.
60
Do'stlaringiz bilan baham: |