“ budjet hisobi ” fanidan O’quv–uslubiy majmua


Joriy yilning moliyaviy natijalari to‘g‘risidahisobotni tuzish tartibi



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/329
Sana26.05.2022
Hajmi7,57 Mb.
#610118
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   329
Bog'liq
BUDJET HISOBI fani UMK-2018 K.Ibragimov

9.Joriy yilning moliyaviy natijalari to‘g‘risidahisobotni tuzish tartibi 
Mazkur hisobot tashkilotning joriy yilning yakunlari bo‘yicha moliyaviy faoliyatining 
natijasi, ya’ni, har bir daromad (tushum)larning turlarini mazkur daromadlar (tushumlar) 
hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar bilan solishtirish natijasi bo‘yicha 
ma’lumotlarni umumlashtirish va taxlil qilish uchun tuziladi. 
Hisobot "Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) va daromadlar (tushumlar) va xaqiqiy 
xarajatlar hisobi yuritiladigan boshqa hisob registrlari ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi. 
“1. Daromadlar” bo‘limi bo‘yicha: 


174 
“1.1. Budjetdan moliyalashtirish” qatorida “Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) dagi 232-
“Budjetdan moliyalashtirish” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; 
“1.2. To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar” qatorida 
“Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) dagi 242-“Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning 
mablag‘lari” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; 
“1.3. Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushadigan 
mablag‘lar bo‘yicha daromadlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) dagi 252-“Ta’lim 
muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” subschyotining 
ma’lumotlari aks ettiriladi. Shuningdek, ushbu ma’lumotlar “To‘lov-kontrakt mablag‘lari”, 
“Depozitga qo‘yilgan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar” va “Boshqa tushumlar” qatorlari 
bo‘yicha alohida holda aks ettiriladi; 
“1.4. Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari” qatorida “Bosh 
jurnal kitobi" (308-shakl) dagi 262-“Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari 
bo‘yicha daromadlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi. Shuningdek, ushbu 
ma’lumotlar “Tovar (ish, xizmatlar realizatsiyasidan”, “Foydalanilmayotgan davlatning mol-
mulklarini ijaraga berishdan” va “Homiylik yordamlaridan” qatorlari bo‘yicha alohida holda 
aks 
ettiriladi; 
“1.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi 
daromadlari” qatorida tibbiyot muassasalari tomonidan “Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) dagi 
262-“Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” 
subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi. Shuningdek, ushbu ma’lumotlar “Pulli davolash va 
xizmatlar ko‘rsatishdan”, “Homiy va donor tashkilotlardan” va “Foydalanilmayotgan 
davlatning mol-mulklarini ijaraga berishdan” qatorlari bo‘yicha alohida holda aks ettiriladi; 
“1.6. Boshqa daromadlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) dagi 272-“Boshqa 
budjetdan tashqari daromadlar” va 273-“Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-
mulklar” subschyotlarining ma’lumotlari aks ettiriladi; 
“1.7. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar” qatorida joriy yilda ta’lim 
muassasalaridagi to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha hamda budjet tashkilotlarini 
rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari bo‘yicha tegishli qonun hujjatlariga muvofiq 
hisoblangan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar aks ettiriladi. 
“Daromadlar (tushumlar) jami” barcha daromadlar (tushumlar)ning yig‘indisi aks 
ettiriladi. 
“2. Xarajatlar” bo‘limi bo‘yicha: 
“2.1. Budjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi" 
(308-shakl) dagi 231-“Budjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar” subschyotining 
ma’lumotlari 
aks 
ettiriladi; 
“2.2. To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar hisobiga amalga 
oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) dagi 241-
“To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar hisobiga amalga 
oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; 
“2.3. Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar 
hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) dagi 
251-“Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar 
hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; 
“2.4. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga 
oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) dagi 261-“Budjet 
tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy 
xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; 
“2.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi 
hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” qatorida tibbiyot muassasalari tomonidan 
“Bosh jurnal kitobi" (308-shakl)dagi 261-“Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi 


175 
mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks 
ettiriladi; 
“2.6. Boshqa daromadlar bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi" 
(308-shakl) dagi 271-“Boshqa daromadlar bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar” subschyotining 
ma’lumotlari 
aks 
ettiriladi; 
“Xarajatlar jami” qatorida yuqoridagi barcha daromadlar (tushumlar) hisobidan amalga 
oshirilgan xaqiqiy xarajatlarning yig‘indisi aks ettiriladi. 
“3. Moliyaviy natija” bo‘limi bo‘yicha: 
“Joriy yilga moliyaviy natija” qatorida tashkilotning joriy yilga moliyaviy natijasi, 
ya’ni, jami daromad (tushum) (080-qator)dan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar jami (150-
qator)ning ayirmasi aks ettiriladi. 
“a) budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.1. Budjetdan 
moliyalashtrish” (010-qator)dan “2.1. Budjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar” (090-
qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; 
“b) to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha joriy yilga moliyaviy 
natija” qatorida “1.2. To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar” 
(020-qator)dan “2.2. To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar 
hisobiga amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” (100-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; 
“v) ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga 
moliyaviy natija” qatorida “1.3. Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan 
tushadigan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar” (030-qator)dan “2.3. Ta’lim muassasalarida 
o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy 
xarajatlar” (110-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; 
“g) budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha yakuniy 
moliyaviy natija” qatorida “1.4. Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari” 
(040-qator)dan “2.4. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 
amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” (120-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; 
“d) tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi 
bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natija qatorida “1.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy 
rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari” (050-qator)dan “2.5. Tibbiyot 
muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga 
oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” (130-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; 
“ye) boshqa daromadlar bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.6. Boshqa 
daromadlar” (060-qator)dan “2.6. Boshqa daromadlar bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar” (140-
qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; 
“g) budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga hisoblangan soliq va boshqa 
to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar” qatorida “1.7. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha 
imtiyozlar” (070-qator) ma’lumotlari aks ettiriladi. 
Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan hisobot yili uchun topshiriladigan balans 
bilan birga taqdim qilinadi. 
Quyida Joriy yilning moliyaviy natijalari to‘g‘risida hisobot ko‘rsatkichlarini hisob 
registrlari va boshqa tegishli hujjatlar bilan o‘zaro muvofiqlik jadvalini keltiramiz. 

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish