“ budjet hisobi ” fanidan O’quv–uslubiy majmua


Boshqa pul mablag‘lari 13 “Boshqa pul mablag‘lari” schyotida quyidagi



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/329
Sana26.05.2022
Hajmi7,57 Mb.
#610118
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   329
Bog'liq
BUDJET HISOBI fani UMK-2018 K.Ibragimov

Boshqa pul mablag‘lari 13 “Boshqa pul mablag‘lari” schyotida quyidagi 
subschyotlarda 
yuritiladi. 
130 “Akkreditivlar”; 
131 “Yo‘ldagi pul mablag‘lari”; 
132 “Pul ekvivalentlari”. 
130 “Akkreditivlar”
subschyotida moddiy qimmatliklar yetkazib berganliklari, 
shuningdek ishlar, xizmatlar bajarilganligi uchun boshqa shaharlardagi mol yetkazib 
beruvchilar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro tuzilgan shartnomalar asosida qo‘yilgan 
akkreditivlar summasi hisobga olinadi. Bu subschyotning debet tomonida akkreditiv qilingan 
mablag‘lar summasi , kredit tomonida akkreditiv qilingan mablag‘ni hisobdan chiqarilishi 
yoki qaytarilishi aks ettiriladi. 
Akkreditivlar budjet mablag‘lari hisobidan ham, budjetdan tashqari mablag‘lar 
hisobidan 
ham 
qo‘yilishi 
mumkin.
130 “Akkreditivlar” subschyoti bo‘yicha analitik hisob qo‘yilgan har bir akkreditiv bo‘yicha 
292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da yuritiladi. 
131 “Yo‘ldagi pul mablag‘lari”
subschyotida saqlash joyidan chiqib ketgan, ammo 
mo‘ljallangan joyiga yetib bormagan pul mablag‘lari (inkassatorga berilgan tashkilotlarning 
naqd pul mablag‘lari, pul o‘tkazmalari va boshqalar) hisobga olinadi. 
Ushbu subschyot tranzit subschyot hisoblanadi va pul mablag‘larining harakati ustidan 
uzluksiz nazoratni o‘rnatish uchun bog‘lovchi vazifasini bajaradi. 
Yo‘ldagi pul mablag‘larining analitik hisobi ularning turlari bo‘yicha yuritiladi. 
132 “Pul ekvivalentlari” 
subschyotida dam olish uylari, sanatoriylar, turistik bazalar uchun 
berilgan puli to‘langan yo‘llanmalar, pochta orqali jo‘natilgan pullar uchun xabarnomalar, 
pochta markalari, mehnat daftarchalari blankalari hamda ularga ilova qilingan varaqlar va 
boshqalar hisobga olinadi. 
Bunday hujjatlarni kassaga qabul qilish va kassadan berish kassa orderlari bilan 
rasmiylashtiriladi. Bu operatsiyalarning hisobi pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalardan 
alohida holda yuritiladi.Bu schyotni debet tomonida pul ekvivalentlari tushumi, kredit 
tomonida hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. 
Analitik hisobi (mehnat daftarchalari blankalari va uning ilovalardan tashqari) ularning 
turlariga qarab 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da 
yuritiladi. Mehnat daftarchalari va uning ilovalari hisobi 448-son shakldagi qat’i hisobot 
blanklari 
bo‘yicha 
daftarda 
yurtiladi. 
Budjet tashkilotlarida moliyaviy qo‘yilma sifatida vaqtincha bo‘sh turgan budjetdan tashqari 


125 
mablag‘larini banklarga depozitga qo‘yilishi aks ettiriladi. Ular hisobiga olinadigan 
daromadlar tegishli tartibda buxgalteriyada hisobga olinadi. Buxgalteriya hisobida moliyaviy 
qo‘yilmalar 14 “Moliyaviy qo‘yilmalar” schyotining 140 “Depozitga qo‘yilgan pul 
mablag‘lari” subschyotida yuritiladi. Bu schyotning debet tomonida depozitga qo‘yilgan pul 
mablag‘lari, kredit tomonida depozitga qo‘yilgan pul mablag‘larini qaytarilishi aks ettiriladi. 

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish