“ budjet hisobi ” fanidan O’quv–uslubiy majmua


Budjet tashkilotlarida yuritiladigan hisob hujjatlari hamda registrlari shakllari



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/329
Sana26.05.2022
Hajmi7,57 Mb.
#610118
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   329
Bog'liq
BUDJET HISOBI fani UMK-2018 K.Ibragimov

2.Budjet tashkilotlarida yuritiladigan hisob hujjatlari hamda registrlari shakllari.
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi memorial order shaklida olib boriladi. 
Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi bo‘yicha 
tartiblashtirilib, quyidagi doimiy raqamli memorial order — jamlanma qaydnomalar bilan 
rasmiylashtiriladi: 
1-memorial order – kassa operatsiyalari bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; 
2-memorial order – budjet mablag‘larining harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381- 
on shakl; 
3-memorial order – budjetdan tashqari mablag‘lar harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 
381-son shakl; 
5-memorial order – ish haqi va stipendiyalar bo‘yicha hisob-kitob varaqalari yig‘indisi,
05-son shakl; 
6-memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob- 
kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 408-son shakl; 
8-memorial order – hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha jamlanma 
qaydnoma, 386-son shakl; 
9-memorial order – asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga 
ko‘chirilishi bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl; 
11-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir jamlanma qaydnoma, 
398-son shakl; 
12-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 
411-son shakl; 
13-memorial order – materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-son shakl; 
15-memorial order – ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan 
olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha qaydnoma, 406-son shakl. 
Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiy fondlarni har yilgi 
qayta baholash, budjetdan tashqari daromadlar hisobi, yilni yakunlash operatsiyalari va h.k) 
va “Storno” operatsiyalari bo‘yicha alohida memorial orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular 
har oy uchun alohida 16 raqamdan boshlab raqamlanadi. 
Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab qilinmaydigan 
tashkilotlarda subschyotlar korrespondensiyasi alohida memorial orderlarda (274-son shakl) 
yuqorida keltirilgan doimiy raqamlar berilib ko‘rsatiladi. 
Alohida memorial orderlar operatsiyalarning sodir bo‘lishiga qarab, ammo boshlang‘ich 
hisob hujjatlari olingandan keyingi kundan kechiktirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xildagi 


59 
hujjatlarning bir guruhi asosida tuziladi. Subschyotlar korrespondensiyasi memorial 
orderlarda ikki yoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boriladi. 
Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o‘rinbosari) va ijrochi (hisobchi) 
tomonidan imzolanadi. 
Barcha memorial orderlar 308-son shakldagi “Bosh-jurnal kitobi”da ro‘yxatga olinadi. 
“Bosh-jurnal kitobi” har bir subschyot bo‘yicha yuritiladi. 
“Bosh-jurnal kitobi” o‘tgan yildagi yakunlovchi balansga muvofiq yil boshiga qolgan 
qoldiq summalarni ko‘chirib yozish bilan ochiladi. Bu daftarga yozuvlar memorial orderlar va 
memorial order – jamlanma qaydnomalar tuzilgandan keyin oyiga bir marta yoziladi. 
Memorial orderdagi summa dastlab “Order bo‘yicha summa” qatoriga, keyin esa, 
tegishli subschyotlarning debeti va kreditiga yoziladi. Barcha subschyotlar bo‘yicha oylik 
aylanmalar summasi debetda ham kreditda ham “Order bo‘yicha summa” qatorining jamiga 
teng bo‘lishi kerak. Oylik aylanmalardan keyingi ikkinchi qatorda har bir subschyot bo‘yicha 
kelgusi 
oyning 
boshiga 
qoldiq 
chiqariladi. 
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari hamda ularning tizimidagi tashkilotlar O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqilgan ko‘rsatma mavjud 
bo‘lgandagina buxgalteriya hisobi yuritishning jurnal-order shaklida olib borishlari mumkin. 
Budjet tashkilotining rahbari tashkilotda buxgalteriya hisobini tashkil qilinishiga, moliya-
xo‘jalik faoliyatidagi amalga oshirilgan muomalalarni amaldagi qonun hujjatlariga 
muvofiqligiga hamda buxgalteriya hujjatlarini saqlanishiga javobgar bo‘ladi. 
3.Budjet tashkilotlarida qo‘llaniladigan hisobvaraqlar, ularni tayinlanishi va tuzilishi 
xamda buxgalteriya balansi. 
Schyotlar rejasi – bu budjet tashkilotining mablag‘lari va ularni tashkil bo‘lishi 
manbalariga xarakatiga oid muomalalarni hisobi uchun belgilangan schyotlarini tizimga 
solingan ro‘yxatidir. Xozirgi kunda budjet tashkilotlari schyotlar rejasi alohida belgilangan 
bo‘lib yuritib kelinmoqda va ular yordamida muomalalarni joriy hisobda aks ettirish, iqtisodiy 
guruxlash, 
tezkor 
nazorat 
qilish 
jarayonlari 
amalga 
oshirilmoqda. 
Budjet tashkilotlari schyotlari tasnifi bo‘yicha turlarga ajratish mumkin. Ya’ni balansga 
nisbatan balans schyotlari va balansdan tashqari schyotlar. Balans schyotlari budjet 
tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayonida mablag‘lar va ularni tashkil 
bo‘lish manbaalarini aks ettiradi. Balans schyotlari hisobga oladigan ob’ektlarni nomlanishi 
bo‘yicha nomoliyaviy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar, moliyaviy aktivlarni hisobga 
oluvchi schyotlar, debitor va kreditorlarni hisobga oluvchi schyotlar, moliyaviy natijalarni 
hisobga oluvchi schyotlarga bo‘linadi. Balans schyotlari hisobga oladigan ob’ektlarni 
iqtisodiy mazmuni bo‘yicha aktiv schyotlar, passiv schyotlar, aktiv passiv schyotlarga 
bo‘linadi. Ob’ektlarni hisobda aks ettirish usuli bo‘yicha sintetik schetlar va analitik 
schyotlarga bo‘linadi.


60 

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish