29
3. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjeti xarajatlarining
analitik va sintetik hisobi.
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjeti daromadlari hisobi 02
"Xarajatlar" nomli hisobvaraqda yuritiladi. Ya’ni:
020 Budjet xarajatlari
022 Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar
mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar
023 Bojxona organlari g‘azna depozit schyoti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan
xarajatlar
025 Davlatning tashqi qarzi mablag‘lari hisobidan xarajatlar
028 Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan
xarajatlar
029 Budjetdan mablag‘ oluvchilarni boshqa budjetdan tashqari mablag‘lari
hisobidan
amalga oshirilgan xarajatlar
"Budjet
xarajatlari"
nomli
020-sonli
hisobvaraqda
Respublikasi
budjeti,
Qoraqalpog‘iston respublikasi va mahalliy budjetlarning kassa xarajatlari hisobga olinadi. Bu
schyotning debet tomonida davlat budjeti xarajatlari summasi kredit
tomonida xarajatlarni
hisobdan chiqarilishi yoki o‘tkazilishi aks ettiriladi.
022 – sonli “Davlat maqsadli jamg‘armalari va
boshqa Budjetdan tashqari
jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar” hisobvaraqda moliya yilida
jamg‘armalar tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlari hisobga olinadi. Bu schyotning
debet tomonida Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa Budjetdan tashqari jamg‘armalar
mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar summasi kredit tomonida xarajatlarni
hisobdan chiqarilishi yoki tiklanishi aks ettiriladi.
023 – sonli “Bojxona organlari g‘azna depozit schyoti mablag‘lari hisobidan amalga
oshirilgan xarajatlar” hisobvaraqda moliya yilida g‘azna depozit schyoti mablag‘lari
hisobidan amalga oshirilgan kassa xarajatlari hisobga olinadi. Bu schyotning debet tomonida
bojxona organlari g‘azna depozit schyoti mablag‘lari hisobidan amalga
oshirilgan xarajatlar
summasi kredit tomonida xarajatlarni hisobdan chiqarilishi yoki tiklanishi aks ettiriladi.
025-sonli hisobvaraq “Davlatning tashqi qarzi mablag‘lari hisobidan xarajatlar”
Davlatning tashqi qarzi mablag‘larining ishlatilishi bilan bog‘liq, kassa xarajatlari hisobi bilan
bog‘liq operatsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan. Bu schyotning debet tomonida Davlatning
tashqi qarzi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar
summasi kredit tomonida
xarajatlarni hisobdan chiqarilishi yoki tiklanishi aks ettiriladi.
028-sonli hisobvaraq “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan
xarajatlar” g‘azna hisobvaraqlaridan Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy nafaqalar to‘lovlariga kassa xarajatlari bilan bog‘liq
operatsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan. Bu schyotning debet tomonida Pensiya jamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy nafaqalar to‘lovlariga
kassa xarajatlari
summasi kredit tomonida xarajatlarni hisobdan chiqarilishi yoki tiklanishi aks ettiriladi.
029-sonli hisobvaraqda “Budjetdan mablag‘ oluvchilarni boshqa Budjetdan tashqari
mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar” g‘azna
hisobvaraqlaridan Budjetdan
tashqari boshqa mablag‘larning kassa xarajatlari bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi yuritiladi.
Bu schyotning debet tomonida Budjetdan mablag‘ oluvchilarni boshqa Budjetdan tashqari
mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlari summasi kredit tomonida xarajatlarni
hisobdan chiqarilishi yoki tiklanishi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: