175
mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks
ettiriladi;
“2.6. Boshqa daromadlar bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi"
(308-shakl) dagi 271-“Boshqa daromadlar bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar” subschyotining
ma’lumotlari
aks
ettiriladi;
“Xarajatlar jami” qatorida yuqoridagi barcha daromadlar (tushumlar) hisobidan amalga
oshirilgan xaqiqiy xarajatlarning yig‘indisi aks ettiriladi.
“3. Moliyaviy natija” bo‘limi bo‘yicha:
“Joriy yilga moliyaviy natija” qatorida tashkilotning joriy yilga moliyaviy natijasi,
ya’ni, jami daromad (tushum) (080-qator)dan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar jami (150-
qator)ning ayirmasi aks ettiriladi.
“a) budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.1. Budjetdan
moliyalashtrish” (010-qator)dan “2.1. Budjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar” (090-
qator)ning ayirmasi aks ettiriladi;
“b) to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha joriy yilga moliyaviy
natija” qatorida “1.2. To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar”
(020-qator)dan “2.2. To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar
hisobiga amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” (100-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi;
“v) ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga
moliyaviy natija” qatorida “1.3. Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan
tushadigan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar” (030-qator)dan “2.3. Ta’lim muassasalarida
o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy
xarajatlar” (110-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi;
“g) budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha yakuniy
moliyaviy natija” qatorida “1.4. Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari”
(040-qator)dan “2.4. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan
amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” (120-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi;
“d) tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi
bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natija qatorida “1.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy
rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari” (050-qator)dan “2.5. Tibbiyot
muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga
oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” (130-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi;
“ye) boshqa daromadlar bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.6. Boshqa
daromadlar” (060-qator)dan “2.6. Boshqa daromadlar bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar” (140-
qator)ning ayirmasi aks ettiriladi;
“g) budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga hisoblangan soliq va boshqa
to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar” qatorida “1.7. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha
imtiyozlar” (070-qator) ma’lumotlari aks ettiriladi.
Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan hisobot yili uchun topshiriladigan balans
bilan birga taqdim qilinadi.
Quyida Joriy yilning moliyaviy natijalari to‘g‘risida hisobot ko‘rsatkichlarini hisob
registrlari va boshqa tegishli hujjatlar bilan o‘zaro muvofiqlik jadvalini keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: