“ budjet hisobi ” fanidan O’quv–uslubiy majmua


Boshqa pul mablag‘lari va moliyaviy qo‘yilmalar hisobi



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/329
Sana26.05.2022
Hajmi7,57 Mb.
#610118
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   329
Bog'liq
BUDJET HISOBI fani UMK-2018 K.Ibragimov

 
5.Boshqa pul mablag‘lari va moliyaviy qo‘yilmalar hisobi 
Budjet tashkilotlarida boshqa pul mablag‘lari bo‘yicha akkreditivlar, yo‘ldagi pul 
mablag‘lari va tashkilotlarning boshqa pul mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Akkreditiv shaklida hisob-kitob qilish tartibi Markaziy bank qoidalarida belgilab 
qo‘yilgan.Akkreditiv bankning shartli pul majburiyatnomasi bo‘lib, bank bu xujjatni 
mijozning topshirig‘iga ko‘ra shartnoma bo‘yicha uning kontragentiga beradi. Bu 
shartnomaga ko‘ra akkreditiv ochgan bank (emitent bank) mahsulot yetkazib beruvchiga pul 
to‘lashi yoxud shunday to‘lovlar o‘tkazish uchun boshqa bankka vakolat berishi mumkin. 
Bunda mijoz akkreditivda ko‘zda tutilgan xujjatlarni taqdim etishi va akkreditivning boshqa 
talablarini bajarishi shart qilib qo‘yiladi. Akkreditiv asosan mol yetkazib beruvchining 
taldabiga muvofiq ochilishi mumkin. Mol yetkazib beruvchi nomiga akkreditiv ochilganda 
yetkazib beriladigan tovarlar, ish va hizmatlar uchun to‘lov kafolatlanishi ta’minlanadi.
Akkreditivlarning quyidagi turlari ochilishi mumkin: 


123 
- qoplangan (deponentlangan) yoki qoplanmagan (kafolatlangan); 
- qaytarib olinadigan yoki qaytarib olinmaydigan. 
Agar akkreditiv ochilayotgan vaqtda emitent bank to‘lovchining o‘z mablag‘larini yoki 
unga berilgan kreditni emitent bank majburiyatlari amal qiladigan butun muddatga 
«Akkreditivlar» degan alohida balans hisobvarag‘iga qo‘yish uchun mahsulot yetkazib 
beruvchi banki (ijrochi bank) ixtiyoriga o‘tkazsa, bu qoplangan (deponentlangan) akkreditiv 
hisoblanadn. 
Banklar orasida korrespondentlik munosabatlari o‘rnatilgan hollarda qoplanmagan 
(kafolatlangan) akkreditiv ijrochi bankda unga emitent bankning ijrochi bankdagi 
hisobvarag‘idan butun akkreditiv summasini chiqarib olish xuquqini berish yo‘li bilan 
ochilishi mumkin. 
Har bir akkreditivda u qaytarib olinadigan yoki qaytarib olinmaydigan shakldaligi aniq 
ko‘rsatilishi kerak. Agar shunday ko‘rsatma bo‘lmasa, akkreditiv qaytarib olinadigan deb 
hisoblanadi. 
Qaytarib olinmaydigan akkreditiv uning asosida pul oladigan mahsulot yetkazib 
beruvchining roziligisiz o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. 
Akkreditiv faqat bitta mahsulot yetkazib beruvchi bilan hisob-kitob qilish uchun 
ochilishi mumkin. 
Akkreditiv amal qiladigan muddat va hisob-kitob qilish tartibi to‘lovchi bilan mahsulot 
yetkazib beruvchi o‘rtasidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi. Shartnomada quyidagi 
ma’lumotlar ko‘rsatilishi zarur: 
• emitent bank nomi; 
• akkreditiv turi va uni ijro etish usuli; 
• akkreditiv ochilgani to‘g‘risida mahsulot yetkazib beruvchiga xabar qilish usuli; 
• akkreditiv bo‘yicha pul olish uchun mahsulot yetkazib beruvchi taqdim etadigan 
xujjatlarning to‘liq ruyxati va aniq tavsifi: 
• tovar jo‘natilgandan keyin xujjatlarni taqdim etish muddati hamda ularni 
rasmiylashtirishga doir talablar; 
• boshqa zarur xujjatlar va shartlar. 
Emitent kafolatlangan akkreditivlarni xaridor bilan kelishuvga ko‘ra va boshqa bank 
bilan o‘rnatilgan korrespondentlik munosabatlari shartlariga muvofiq ochadi. Mahsulot 
yetkazib beruvchining banki bunday akkreditivlarni belgilangan tartibda ijro etadi. 
Akkreditiv ochmoqchi bo‘lgan to‘lovchi o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka (emitent 
bankka) akkreditiv uchun elektron ariza beradi. Bu arizada to‘lovchi quyidagilarni ko‘rsatishi 
shart: 
• akkreditiv ochish uchun asos bo‘lgan shartnoma raqami; 
• akkreditiv amal qiladigan muddat (akkreditiv yopiladigan kun va oy); 
• mahsulot yetkazib beruvchining nomi; 
• akkreditivni ijro etuvchi bank nomi; 
• akkreditiv ijro etiladigan joy; 
• akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar o‘tjazilishiga asos bo‘ladigan xujjatlarning to‘liq va aniq 
nomi, ularni taqdim etish muddati va rasmiylashtirish tartibi (to‘liq batafsil ro‘yxat arizaga 
ilova qilinishi mumkin); 
• akkreditiv turi va unga doir zarur ma’lumotlar; 
• akkreditiv qanday tovarlar yuklab jo‘natish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun ochilayotgani, 
tovarlar yuklab jo‘natish (xizmatlar ko‘rsatish) muddati; 
• akkreditiv summasi; 
• akkreditivni amalga oshirish usuli. 
Elektron to‘lov xujjatini to‘g‘ri rasmiylashtirish uchun to‘lovchilar mahsulot yetkazib 
beruvchidan akkreditiv bo‘yicha uning nomiga ochilgan hisobvaraq raqamini aniqlab olishlari 
kerak. 


124 
Akkreditiv ochish to‘g‘risidagi ariza akkreditiv shartlarini bajarish uchun to‘lovchi 
bankiga zarur mikdordagi nusxalarda taqdim etiladi.Bank muassasasiga kelib tushgan 
akkreditivlar hisobini yuritish uchun to‘lovchi bankida «puli to‘lanadigan akkreditivlar» 
degan balansdan tashqari hisobvaraq ochiladi. 
Mol yetkazib beruvchi akkreditiv ochilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani olgandan keyin 
xaridorga maxsulotni jo‘natadi yoki ish va xizmatlani ko‘rsatadi. Maxsulot jo‘natilganligi 
yoki ish va xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi xujjatlar mol yetkazib beruvchi 
tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bankiga taqdim etadi va bank akkreditiv qilingan summani 
mol yetkazib beruvchi hisob raqamiga o‘tkazib qo‘yadi.
udjet tashkilotlarida akkreditiv hisob shakli asosan xorijiy tashkilotlar bilan 
hisoblashuvlarda qo‘llaniladi. 
Pulni inkassatorlarga topshirish, pul o‘tkazmalari va boshqa hollarda yo‘ldagi pul 
jo‘natmalari hisobi yuritiladi. Xozirgi kunda budjet tashkilotlari asosan shahsiy 
hisobvarag‘idan naqt pul olish uchun g‘aznachilik bo‘limlaridan olingan cheklarni banklar 
tomonidan to‘lab berilishi jarayonida yo‘ldagi pul mablag‘lari ko‘rinishida aks ettirmoqda.
Pul xujjatlari bo‘yicha dam olish uylari, sanatoriylar, turistik bazalar uchun berilgan puli 
to‘langan yo‘llanmalar, pochta orqali jo‘natilgan pullar uchun xabarnomalar, pochta 
markalari, mehnat daftarchalari blankalari hamda ularga ilova qilingan varaqlar va boshqalar 
hisobi yuritiladi. 

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish