Ι боб: XΙv-xv асрларда Ўрта Осиёда юз берган Ренессанс даврининг асосий омиллари



Download 6,94 Mb.
bet4/7
Sana01.08.2021
Hajmi6,94 Mb.
#135100
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
amir temur va temuriylar davrida ilm fan va madaniyat si

Ulug’bek va uning ilmiy maktabi
Ulug‘bek yashab ijod etgan davr XIV asr oxiri va XV asrning birinchi yarmi nafaqat Movarounnahr, balki dunyo tarixidagi muhim bir palla edi. Biroq Movarounnahr, Xuroson va boshqa qo‘shni Sharq mamlakatlarining o‘sha davrdagi tarixi ko‘p jihatdan Ulug‘bekning bobosi Temurning faoliyati bilan bog‘liq edi.

Ulug‘bek Samarqandda hokim bo‘lishi bilan, olimlarni, shoir va me’morlarni to‘playdi. Lekin bundan ilm-ma’rifat faqat Samarqandda bo‘lgan, degan xulosa kelib chiqmaydi. O‘sha davrning yetuk olimi Abdurazzoq Samarqandiyning aytishicha, Samarqand bilan bir qatorda Hirot ham Ulug‘bek va Shohruh davrida Sharqning yirik madaniyat markaziga aylanadi. Albatta, bunda eng avvalo Ulug‘bekning xizmati beqiyos kattadir. U o‘z davrining yetuk olimlaridan biri bo‘lib yetishdi. Ulug‘bek hokimligi davridagi taraqqiyparvar yangiliklar butun o‘rta asr ma’daniyati tarixida o’lkan ahamiyat kasb etadi. U qadimgi yunon olimlaridan Platon (Aflotun), Aristotel (Arastu), Gippart (Ibarxus) va Ptolemey (Batlimus)larning asarlarini va o‘z vatandoshlaridan Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy va Nasiriddin Tusiylarning asarlarini tahlil qilgan edi. Rus akademigi V.V.Bartoldning aytishicha “islom olamida Ulug‘bekkacha hech bir podshoh olim bo‘lmagan”. Tarixda ko‘p musulmon hokimlari olimlarga homiylik qilib, ularning ilmiy izlanishlariga sharoitlar yaratib berganligi ma’lum. Biroq, ularning barchasidan farqli o‘laroq, Ulug‘bekning o‘zi jiddiy astronom va matematik bo‘lib, o‘z atrofidagi olimlar bilan hamkorlikda ijod etgan.

Ulug‘bek Movarounnahrni butun musulmon mamlakatlarining ilmiy markaziga aylantirishga harakat qildi. Samarqanddagi madrasaga Ulug‘bek tez orada mudarris va olimlarni to‘play boshlaydi va shu tariqa uning Samarqandda astronomik ilmiy maktabi shakllanadi. Bu maktabning asosiy mudarrislari ilmni davom ettirishlariga to‘la sharoit mavjudligi uchun Temur davridayoq Samarqandga kelgan Taftazoniy, Mavlono Ahmad va Qozizodaning maslahati bilan Ulug‘bek otasining mulki Xurosonning Koshon shahridan G‘iyosiddin Jamshid Koshiyni keltiradi. Samarqandga Movarounnahrning turli shaharlaridan va Xurosondan to‘plangan olimlarning soni 1417-yilga kelib 100 dan ortib ketadi. Ular orasida adiblar, muarrixlar, xattotlar, musavvirlar, geograflar bor edi. Lekin astronomiya va matematika sohasidagi olimlar sharafliroq va obro‘liroq edi. Ular orasida Qozizoda bilan Koshiy eng salobatli va nufuzli edilar.

Mirzo Ulug‘bek temuriyzodalar ichida fan va madaniyat taraqqiyotiga eng ko‘p va salmoqli hissa qo‘shgan hukmdordir. U Samarqandda birinchi falakkiyotshunoslik akademiyasiga asos solgan siymo sifatida dunyoga nom taratadi. Bu so‘zlar rivoyat yoki afsona emas, balki jahonning ulug‘ allomalari tomonidan tan olingan haqiqatdir. Ulug‘bek akademiyasini tan olgan va dunyoga taratgan kishi bu – fransuz yozuvchisi, faylasufi va tarixchisi Volter (1694-1778)dir. Bo‘riboy Ahmedov o‘zining “Ulug‘bek” kitobida Volterning quyidagi so‘zlarini keltiradi: “Transoksianada uning o‘rniga taxtga chiqqan mashhur Ulug‘bek Samarqandda birinchi akademiyasiga asos soldi, yer kurrasini o‘lchashni buyurdi va falakiyotshunoslik jadvallarini tuzishda ishtirok etdi”.1

Chindan ham Ulug‘bek tomonidan qurdirgan rasadxona o‘z davrining akademiyasi bo‘lgan. Tarixchi olim, professor G.A.Hidoyatov bu haqda haq gapni aytgan: “Samarqandda barpo etilgan Ulug‘bek rasadxonasi ulkan madaniy yutuq bo‘lgan ediki, jihozi va ilmiy yutuqlari jihatidan unga teng keladigan rasadxona o‘sha davrda ham, undan ancha keyin ham yaratilmadi. Rasadxona 1018 ta yulduz tasvirlangan katalog tuzildi, yulduzlarning belgisi o‘ndan to‘qqizgacha aniq bo‘lgan turish burchaklari sinuslari va tangenslari notarial qiymatlarining jadvallari, shuningdek yer hududidagi ko‘p sonli nuqtalar koordinatalari (kenglik va uzunlik)ni qamrab olgan jadvallar ishlab chiqildi rasadxonada Ulug‘bekning bevosita raxbarligida o‘tkazilgan ishlar uning matematika, geometriya va falakiyotshunoslik sohasida chuqur bilimlar sohibi ekanligidan guvohlik berar hamda bir qancha amaliy vazifalar yechimi uchun katta ahamiyat kasb etardi”.2

1420-yili Samarqand madrasasining tantanali ochilishida bo‘ladi. Vasifiyning aytishicha, birinchi mudarris etib Mavlono Havofiy tayinlanadi. Madrasa bitishiga yaqin qurilishda ishlayotganlar Ulug‘bekdan kim mudarris etib tayinlanadi deb so‘raydilar. Ulug‘bek javobida bu lavozimga barcha ilmlardan xabardor odamni topajagini aytadi. Shu yerda g‘ishtlar orasida iflos kiyimda o‘tirgan Mavlono Muhammad Ulug‘bekning so‘zlarini eshitib, shu mansabga o‘zi munosibligini aytadi. Ulug‘bek unga savollar berib qoniqarli javob olganidan so‘ng, uning bilimlaridan qanoat hosil qiladi va uni hammomga olib borib cho‘miltirish va yaxshi kiyimlar kiyintirilishini buyuradi. Madrasa ochilishida MavlonoMuhammad mudarris sifatida birinchi ma’ruzasini o‘qiydi. Bunda 90 ta olim hozir bo‘lgan bo‘lsa ham ma’ruzani faqat Ulug‘bek bilan Qozizoda Rumiy ikkovlari tushunadilar. Lekin asosiy ma’ruzalarni Qozizoda Rumiy, Ulug‘bek, Jamshid Koshiy va keyinroq Ali Qushchilar o‘qiydilar.

Ulug‘bek tashkil qilgan Samarqand madrasasi va ilmiy to‘garagi sharq madaniyati va fani tarixida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Turli xalqlarning madaniy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu yerda ko‘plab buyuk siymolar shakllandi. Jumladan, Xurosonning (Eron) Jom shaxrida 1414-yili tug‘ilgan bo‘lajak ulkan shoir Jomiy Ulug‘bekning Samarqand madrasasida tahsil ko‘radi. U bu yerda Qozizoda Rumiy, Ulug‘bek va Ali Qushchi kabi ulkan o‘zbek

olimlarining ma’ruzalarini tinglaydi, ularning tarbiyasida bo‘ladi. Shu tariqa o‘zbek olimlari Jomiyni shoir sifatida voyaga yetkazadilar.

Rasadxona qurilishi 1420-yildan 1429-yilgacha davom etadi. Ulug‘bek rasadxonani loyihalash va qurishda ham o‘zi bevosita ishtirok etadi. U davlat ishlarini bajarish bilan birga madrasada ham ma’ruzalar o‘qiydi. Odat bo‘yicha u haftada bir marta astronomiya yoki matematikadan ma’ruza o‘qirdi. Uning chuqur bilimi, isbotlarining dalillarga asoslanganligi, mahorati va shu fanlarga muhabbati tinglovchilarni hayratlantirdi.

Bundan tashqari Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchilar bilan bir qatorda ustod Ismoil mavlono Ibrohim, Mavlono Bahriddin va boshqa olimlar ham ma’ruzalar o‘qirdilar.

Samarqand akademiyasi olimlari davrida eng taniqli va obro‘lisi Salohiddin Muso ibn Muhammad ibn Mahmud Qozizoda ar-Rumiy edi. Mashxur riyoziyotchi va astronom deb sanalgan bu olim faylasuf sifatida ham yurtga yaxshi tanilgan bo‘lib, uni “Aflotuni zamon” deb atashgan.

Ulug‘bekning matematika va astronomiya sohasida birinchi ustozlaridan hisoblangan Rumiy Kichik Osiyoning ya’ni Rumning Burs shahrida 1360-yillarda qozi oilasida dunyoga kelgan.1 O‘z yurtida astronomiya va matematikadan yetarlicha keng bilimga erishgan Rumiy Xurosondalik kezlarida markazi Samarqand bo‘lgan Movarounnahrda matematikaning rivojlanganligi haqida eshitib Samarqandga yo‘l oladi. Mashxur “Asar al-Boqiya”ning muallifi Solih Zokiyning ma’lum qilishicha, Rumiy Samarqandga XIV asrning oxirgi o‘n yilligiga kelgan.

Qozizoda Rumiy Samarqandga Ulug‘bekning bobosi Temur saroyida astronom bo‘lib ishlagan mavlono Ahmaddan dars olib, o‘zining ilmu nujum bo‘yicha oldindan erishgan bilimlarini to‘ldirgan. Hijriy yil hisobi bilan 808yil (1405-1406 yillar)da “Ajab al-mandurfi axbari Temur” (Temur haqida qiziqarli xabarlar) kitobining muallifi Ibn Arabshoxga o‘zi tuzgan va sayyoralarning holatlarini aks qilgan 200ta jadvali haqida yozgani ma’lum.

Rumiyning “Sharh al-chag‘miniy”dan tashqari “Al-majistiyning bayoniga sharh”, “Astronomiya fani haqida risola”, “Sinus-kvadrant haqida risola”, “Astronomiya va geometriya haqida risola”, “Arifmetika haqida risola” kabi asarlari bizgacha yetib kelgan bo‘lib, bu asarlarning ko‘pchiligi Istambul, Berlin, London, Tehron va Lelingrad kutubxonalarida hozirgacha saqlanadi. M.E.Masson Qozizoda Rumiyning vafoti 1430-yillarda ro‘y bergan deb taxmin qiladi. Ayrim manbalar Rumiy 1437-yilda vafot etgan deb ma’lum qiladi.

Samarqand akademiyasining ikkinchi buyuk allomasi G‘iyosiddin Jamshid ibn Ma’sud ibn Mahmud al-Koshiy bo‘lib, u Koshon (Eron)da tug‘ilgan. Bu o‘lka Temur tomonidan 1387-yilda zabt etilgan edi. G‘iyosiddin Jamshid Samarqandga Koshondan tashrif buyurgan. Koshonda yaxshi ta’lim olib, Iroqning ko‘p shaharlarini kezgan va Samarqandga kelgunga qadar riyoziyat va astronomiyadan yetarlicha ma’lumotga erishgani, uning bu sohalar bo‘yicha yozgan asarlaridan ma’lum bo‘ladi. 1408-1410 yillarda ro‘y bergan oy tutilishlarini kuzatib, ularning tafsilotlari olimning Shohruhga bag‘ishlab 1414-yilda bitgan. “Ziji Haqoniy”dan taklim “Ziji Elxoniy” asarida keltirilgan. Shundan sharqshunos akademik Bartold, Koshiy Hirotda Shoxruhning saroyida ham ishlagan bo‘lsa kerak, deb tahmin qiladi. Mazkur oy tutilishlarining haqiqatdan ro‘y berganligini nemis astronomi T.Oppolserning “Tutilishlar kanoni” (1887-yili chop etilgan) kitobi tasdiqlaydi.

Mashhur sharqshunos olimlar A.P.Yushkevich va B.A.Rozenfeldlar Ulug‘bek maktabi olimlarining hayoti va faoliyatini o‘rganib, Jamshid Koshiy haqida ushbu so‘zlarni bitganlar: “Jamshid al-Koshiyning Samarqandga kelgunga qadar kechgan butun faoliyati, go‘yo yangi Ulug‘bek rasadxonasiga aynan raxbarlik uchun maxsus tayyorgarlik maktabini o‘tagandek edi va shuning uchun ham Ulug‘bek tomonidan uni Samarqandga taklif etilishi ayni muddao bo‘ldi”.1

Koshiyning Samarqand rasadxonasida o‘tkazgan astronomik kuzatishlari

“Ziji Ko‘ragoniy”dan joy olgan jadvallar, kuzatish natijalarida aks qilgandan tashqari, astronomiya va matematikada e’lon qilgan 19 ta risolasining mazmunidan ham o‘rin olgan. Bu asarlarning ro‘yxati G.P.Matviyevskaya va B.A.Rozenfeldlarning “Matematiki i astronomi musulmanskogo srednevekovya” kitobida keltirilgan. Bu asarlar ichida “Arifmetikaga kalit”, “Bir gradus sinusining aniqlash haqida risola”, Shohruhga bag‘ishlangan “Haqon zijining Elxon zijining takomillashganidir”, “Koshiy ziji”, “Astronomiya haqida risola”, “Astronomiya fanining qisqacha bayoni” risolalari uning nomini jahonga tanitdi.

G‘iyosiddin Koshiyning vafot etgan yili aniq emas. Sharqshunos X.Zuter (1848-1922) o‘zining “Арабские математики и астрономи и их труди” maqolasida Koshiyning o‘limi 1437-yilda ro‘y bergan deb taxmin qiladi.

Sharqshunos B.Rozenfeld Koshiy 1429-yilda vafot qilgan deb yozadi. Astronom G‘.Jalolov esa nemis olimi sharqshunos Brokkelman fikriga qo‘shilib, Koshiy 1440-yilning boshida olamdan o‘tgan, deb ma’lum qiladi.

Ma’lumki Koshiyning vafotidan so‘ng ko‘p o‘tmay Qozizoda Rumiy ham vafot etadi. Shunday so‘ng Ulug‘bek rasadxona boshlig‘i qilib Ali Qushchini tayinlaydi.

U haqida “Ziji Ko‘ragoniy”ning so‘zboshisida shunday so‘zlar yozilgan: “Yoshlikning gullagan va navqiron davrini o‘tayotgan Ali ibn Muhammad al-Qushchi fan va bilimning jang maydonida xuddi qilichdek o‘tkir, uning ilmiy ishlariga raxbarlik qila olishiga ishonch shu qadar kuchliki, u haqda gapirib, Ali Qushchining shuhrati, yaqin vaqt ichida, o‘z mamlakatimiz va dunyoning boshqa qismlari bo‘ylab keng taraladi, deb bemalol aytish mumkin”.2

Olimning to‘la ismi sharifi Alouddin Ali ibn Muhammad al-Qushchi bo‘lgan.1 Ali Qushchi taxminan 1402-yilda Samarqandda tug‘ilib, yoshligida Ulug‘bekning tarbiyasida bo‘lgan va unda astronomiyaga qiziqish uyg‘otishda ustozining roli katta bo‘lgan. Ali ibn Muhammadga “Qushchi” taxallus berilishining boisi dastlab u saroyda ovchi (burgut ovlovchi) lavozimida ishlaganidan deb ma’lum qiladi tarixiy manbalar. Ulug‘bek uni o‘ziga yaqin olib “o‘g‘lim”deb atagan. Astronomiyaga katta qiziqish bildirib, rasadxonada ishlay boshlagach, vaqt o‘tishi bilan u Ulug‘bekning ilmiy hamkoridan yaqin do‘stiga aylangan. Karmanada qo‘shimcha ta’lim olib qaytgach, o‘z ichiga sadoqat bilan kirishib Ulug‘bekning ishonchli shogirdi va yordamchisi bo‘lib qolgan. Astronomik kuzatishlarga mohirligi va chuqur bilimi evaziga “o‘z davrining Bitlimusi” (Ptolemeyi) degan taxallus olgan. Ali Qushchi “Astronomiya ilmi haqida risola”, “Geometrik masalalar va astronomiya”, “Ulug‘bek Zijiga sharh”, “Samo pog‘onalari”, “Astronomiyadan bosh xulosa kabi astronomik va turk sultoni Muhammad Aliga bag‘ishlangan “Arifmetikadan Muhammad risolasi”, “Hisob (arifmetika ilmi haqida risola), “Arifmetikaning qaymog‘i”, “Geometriya haqida risola”, “Arifmetik qoidalar va geometriya haqida ko‘rsatmalar risolasi” kabi matematik asarlarning va “Xitoynoma” deyiluvchi tarixiy asarning muallifidir. Tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy Koshondan Samarqandga taklif etilgan yana bir astronom haqida yozadi. Uning nomi Mo‘yiddin bo‘lib, Ulug‘bek tomonidan rasadxonaga ishga taklif etilgunga qadar astronom – olim sifatida Sharqqa tanilgan Abdurazzoq Samarqandiyning ta’rifi bilan aytganda, “mavlonoi muazzam” o‘zidan so‘ng astronomik maktabni meros qilib qoldirgan edi.

Jumladan, uning o‘g‘li Mansur ham astronom bo‘lib, boshqa ko‘p asarlari bilan birga taniqli olim, Chag‘miniyning “Mulaxxas”iga Qozizoda Rumiy tomonidan bitilgan “Sharh al-Mullaxas”ga tavsif yozgan Nizomiddin Abdal Ali ibn Muhammad ibn al Husayn al-Birjondiy uning shogirdi hisoblanadi.

Biroq na “Ziji Ko‘ragoniy”ning so‘zboshisida va na Samarqand rasadxonasi tarixi haqidagi boshqa manbalarda Koshonlik Mo‘yiddin va uning o‘g‘li Mansur haqidagi to‘laroq ma’lumot uchraydi.1

Ulug‘bek astronomiya maktabining so‘ngi vakillaridan biri, Qozizoda Rumiyning (otasi tomonidan) va Ali Qushchining (onasi tomonidan) nabirasi Mahmud ibn Muhammad ibn Qozizoda Rumiy edi. Tarixda Mirim Chalabiy nomi bilan tanilgan bu astronom Samarqandda tug‘ilib o‘sdi. Biroq umrining so‘ngi yillarini Turkiyaning Guliopol, Adrianopol va Bursada o‘tkazdi. 1525-yilda Adrianopolda vafot etdi. Uning “Ulug‘bek Zijiga sharh”, “Qiblaning azimutini aniqlash to‘g‘risida risola”, “Sinus kvadrant haqida umumiy risola”lari sulton Boyazidga bag‘ishlab yozilgan. Mirim Chalabiyning “Almugantaratli kvadrant haqida risola”, At-Tusiyning Elxon Zijiga sharh”, “Shikoziy kvadrantidan (asturlabidan) foydalanishini o‘rganish haqida risola”, “Kvadrant haqida umumiy risola”, “Zarqaliy asturlabi haqida risola” kabi ilmiy merosi bilan o‘rta asr astronomiya tarixida chuqur iz qoldirgan.

Xullas, Ulug‘bek tashkil qilgan Samarqand akademiyasi va ilmiy to‘garagi Sharq madaniyati va fani tarixida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etdi va bu turli xalqlarning madaniy, ilmiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Ulug‘bek Ziji” asarining jahon sivilizatsiyasida tutgan о‘rni


Ulug‘bek ilmiy merosining eng asosiy, ma’lum va mashxuri uning “Zij”i bo‘lib, bu asar “Ziji Ulug‘bek”, “Ziji jadidi Ko`ragoniy” deb ham ataladi. “Zij”dan tashqari uning matematik asari “Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola”, astronomiyaga oid “Risolayi Ulug‘bek” (yagona nusxasi Hindistonda, Aligarh universiteti kutubxonasida saqlanadi) va tarixga doir “Tarixi arba ulus” (To‘rt ulus tarixi) asaridir.

Ulug‘bek “Zij”i o‘z tarkibiga ko‘ra VIII-IX asrlarda boshlangan astronomik an’anani davom ettirsa ham ilmiy darajasi ularga nisbatan beqiyos balanddir. Bu asar ikki qismdan: keng muqaddima va 1018 sobit yulduzning o‘rni va holati aniqlab bergan jadvalladan iborat bo‘lib, muqaddimaning o‘zi mustaqil to‘rt qismni tashkil qiladi.

Muqaddimaning boshida Qur’ondan yulduzlar va sayyoralarga taalluqli oyatlar keltiriladi. Ulug‘bek bu bilan astoronomik kuzatishlarning zarurligini g‘oyaviy asoslamoqchi bo‘ladi.

“Zij”ning birinchi kitobi “Tarix, ya’ni xronologiyaning ma’rifati” deb nomlangan maqolasi yetti bobdan iborat bo‘lib, u eralar va kalendar masalalariga bag‘ishlangan. Bu boblarda islomda qo‘llaniladigan asosiy era-hijriy era, suryoniy-yunoniy era, “Jaloliy” era, xitoy va uyg‘ur erasi, forsiy-qadimiy era va bu eralarda keltirilgan sanalarni biridan biriga moslashtirib ko‘chirish hamda bu eralardagi mashxur kunlar haqida baxs yuritiladi.

Ikkinchi kitobi “Vaqtlar va unga taluqli nimarsalar” deb nomlangan maqola 22 bobdan iborat. U asosan matematik va sperik astronomiya masalalariga bag‘ishlangan. Ikkinchi va uchinchi boblarda o‘rta asrlar uchun eng aniq bo‘lgan sinuslar va tangenslar jadvallari keltiriladi. Maqolaning to‘rtinchi bobida Ulug‘bek ekliptikaning (falak ul-burj) osmon ekvatoriga (muaddan unnahor) og‘ish burchagining miqdorini keltiradi. Bu haqda bunday deydi : “Bizning kuzatishimizcha, eng katta og‘ish (ya’ni ekliptikaning ekvatoriga og‘ishi) burchagini yigirma uch daraja o‘ttiz daqiqa o‘n yetti soniya topdik”. Ulug‘bek topgan bu miqdor o‘rta asrlar davri uchun ancha aniq edi. Shuni ham aytish kerakki, bu burchakning miqdori barcha davr astronomlari uchun katta ahamiyatga ega edi, chunki yoritgichlar va yashash joylarining aniq koordinatlarini topish shu burchak miqdoriga bog‘liq edi.

“Zij”ning uchinchi maqolasi 13 bobdan iborat bo‘lib, faqat astronomiya masalalariga bag‘ishlangan. Bunda quyosh, oy va besh sayyoraning harakatlari haqida bahs yuritiladi. Asarda keltirilgan jadvallarning aksariyati shu maqolaga taaluqlidir. Bu jadvallar orasida eng ahamiyatga ega bo‘lgani 13-bobda keltirilgan va “Turg‘un yulduzlarning uzunlama kenglama bo‘yicha holatlarini aniqlash” deb atalgan yulduzlar jadvalidir.

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Ulug‘bekning yulduzlar jadvali o‘rta asrlar davridagi eng nodir va eng mukammal jadvaldir. Bu ma’lumotlar Ulug‘bek rasadxonasida yulduzlar globusi yasalgan degan xulosaga ham oliyu keladi.

“Zij”ning oxirgi – “Yulduzlarning doimiy harakati” deb nomlangan to‘rtinchi maqolasi ikki bobdan iborat va u asosan ilmi nujumga bag‘ishlangan.

Ulug‘bek “Zij”i o‘rta asrlardagi eng mukammal astronomik asar bo‘lib, tezda zamondoshlarining diqqatini o‘zida jalb etdi. Eng avval bu asar Samarqandda Ulug‘bek atrofida to‘plangan olimlar ijodiga ta’sir ko‘rsatdi. “Zij”ni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, u asosan amaliy qo‘llanishga mo‘ljallangan bo‘lib, nazariy masalalarni bayon etishni Ulug‘bek oldiga maqsad qilib qo‘ymagan. Shuning uchun bo‘lsa kerak “Zij”ni birinchi bo‘lib Samarqand olimlarining o‘zi, xususan Ali Qushchi sharxlaydi. Undan keyingi shaharlarni Miram Chalabiy va Husayn Birjondiylar yozadi.

1449-yili Ulug‘bekning fojeali halokatidan so‘ng Samarqand olimlari asta – sekin yaqin va o‘rta sharq mamlakatlari bo‘lib tarqalib ketadilar. Ular o‘zlari borgan yerlarga Samarqand olimlarining yutuqlarini va “Zij”ning nusxalarini ham yetkazadilar.

Xususan, Ali Qushchi 1473-yili Istanbulga borib, u yerda rasadxoga quradi. Shu tariqa Ulug‘bek “Zij”i Turkiyada tarqaladi va Turkiya orqali Yevropa mamlakatlariga ham yetib boradi.1

Hozirgi kundagi ma’lumotlarga ko‘ra “Zij”ning 100ga yaqin forsiy nusxasi va 15dan ortiq arabiy nusxasi mavjud. O‘rta asrlarda yozilgan hech bir astronomik yoki matematik asar bunchalik ommaviy va keng ma’lum bo‘lmagan. “Zij” musulmon mamlakatlarining deyarli barchasida o‘rganilgan va sharxlangan. Uni sharxlagan olimlardan quyidagilarning nomlarini eslatish mumkin: Shamsiddin Muhammad ibn Abul Fath as-So‘fiy al-Misriy (vaf.tar145), Abdulqodir ibn Ro‘yoniy Lohijiy (vaf,1519), Mir Chalabiy, Abdulali Birjandiy, G‘iyosddin Sheroziy.

“Zij”ning G‘arbiy Yevropa faniga ham ta’siri katta bo‘ldi. Umuman olganda G‘arbiy Yevropa Temur va uning farzandlarin, ayniqsa Ulug‘bekni XV asrdanoq bilardi. Ali Qushchining Istambuldagi faoliyati tufayli Ulug‘bekning olimligi haqidagi xabar ham Yevropaga tarqaldi.1638-yili Istambulga ingliz olimi va sharqshunosi, Oksford universitetining Jon Grivs (1602-1652) keladi. Qaytishida u o‘zi bilan Ulug‘bekning “Zij”ining bir nusxasini Angliyaga olib ketadi. 1648-yili avval “Zij”dagi 98 yulduzning jadvalini chop etadi. O‘sha yilning o‘zida Grivs “Zij”dagi geografik jadvalni ham nashr etadi. 1650-yili esa u “Zij”ning birinchi maqolasining lotincha tarjimasini nashr etadi. Grivs 1652-yili mazkur oxirgi ikki ishni qayta nashr etadi.yana bir ingliz olimi va sharqshunos Tomas Hayd (1636-1703) “Zij”dagi turg‘un yulduzlar jadvalini 1665-yili forscha va lotinchada nashr etadi. Shunisi diqqatga sazovorki Hayd Gvirsning ishlaridan butunlay bexamar edi. Demak “Zij”ning nusxalari qandaydir yo‘llar bilan unga ham yetib kelgan. “Zij Ko‘ragoniy”ning Quyosh, Oy va sayyoraning holatlariga tegishli jadvallar, shuningdek, mingdan ortiq bevosita ko‘rinadigan jadvallarning jadvali, aksariyat hollarda Samarqand rasadxonasi olimlarining bevosita kuzatishlarining natijalari bo‘lib, o‘rta asr bevosita kuzatishlarning natijalari bo‘lib, o‘rta asr astronomiyasining eng aniq jadvallaridan hisoblanardi.shu boisdan “Ziji Ko‘ragoniy”ning qo‘lyozmasi o‘rta asrda turli joylarda katta tezlik bilan ko‘chirilib ko‘paytirila boshlandi. Bobur “Ulug‘bek Ziji” haqida gapirib XVI asrda dunyoda eng keng tarqalgan astronomik jadvallardan bo‘lganligini ta’kidlaydi. Ayniqsa, “Ulug‘bek Ziji”ga tegishli yulduzlar katalogi aniqligi bilan keyingi asrlarda ko‘p g‘arb astronomlarida katta qiziqish uyg‘otdi.Shunday bo‘lishiga qaramay Ulug‘bek “Zij”i umuman olganda to‘liq ravishda o‘rganilmagan va biror zamonaviy tilga to‘liq tarjima qilinmagan.Manbalarda Ulug‘bek bu asarini o‘limidan biroz oldin tugatgan degan ma’lumot qayd etilgan.

Shu tariqa Ulug‘bek davrida Movarounnahr va Xuroson hududidagi ijtimoiy taraqqiyot yuksak madaniy va ilmiy ko‘tarilishga olib keldi. Bu ko‘tarilishni hozirgi fanda O‘rta Osiyo Xuroson va Eron uyg‘onish renessansi deb ataladi.

Bu ilmiy madaniy ko‘tarilish O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i bilan bog‘liq bo‘lib, u ham bo‘lsa o‘z ibtidosini Ulug‘bekning XV asr boshida Samarqanddagi ilmiy faoliyatidan oladi. Bu bir yarim asrlik davr o‘rta asr xalqlarining ma’naviy va moddiy madaniyati tarixida nihoyatda chuqur iz qoldirdi va hozirgi kunda ham bu xalqlarning madaniy rivojlanishning asosida turadi. Shuning uchun ham O‘rta Osiyo xalqlari Ulug‘bek va uning safdoshlaridan abadiy minnatdordirlar.

Samarqand etagida Ulug‘bek va uning maktabi tomonidan ishga tushirilgan rasadxonadan koinot qariga tashlangan nazar faqat sharqdagina emas, balki jahon fani madaniyatining “ochilmagan qo‘rig‘i”ni ochish – Koinotni o‘rganishga qo‘yilgan buyuk bir qadam bo‘ldi. Shu ilk qadam sababli bo‘lib, Yevropada birin-ketin yirik, yaxshi jihozlangan rasadxonalar ishga tusha boshladi. Polshada olam tuzilishining geliotsentrik nazariyasi, Milanda Koinotning cheksizligi va unda Quyosh sistemasi – oddiy bir yulduzning yo‘ldoshlari bilan tashkil etgan sistemasi ekanligi g‘oyasini, Germaniyada osmon jismlarining massalarini hisoblash usuli kabi muhim kashfiyotlar vujudga kelishida Samarqand astronomlari sababchi bo‘ldi.

Shunday ekan ajdodlarimizga munosib voris bo‘layotgan biz yoshlar ularning bizgacha yetib kelgan ilmiy merosini avaylab asrashimiz va uni ko‘paytirishdek ulug‘ ishlarga bel bog‘lab kirishish oliy burchimizdir.



Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish