Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida Kitob tuman 1-son kasb – hunar maktabida “yosh rassomlar” o’rtasida “ Biz korrupsiyaga qarshimiz ” mavzusida rasmlar ko’rik tanlovi
BAYONNOMASI
Kitob tuman 09. 12. 2021 yil
KUN TARTIBI
1. Kitob tuman 1-son kasb – hunar maktabida 1 va 2 bosqich o’quvchilari o’rtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida rasmlar ko’rik tanlovining o’tkazilishi
QATNASHISHDI
1-son kasb-hunar maktabi O’IBDO’. Qobilov M, YIBDO’. I. S. Ro’ziyev yoshlar yetakchisi: N. Daminova , Psixolog Sh. Sayfullayeva, kutubxona rahbari: D Ergashiva
ESHITILDI
Kun tartibidagi masala yuzasidan kasb-hunar maktabi YoIBDO’. I.S. Ro’ziyev o’z so’zida iqtidorli yoshlarni qo’llab quvvatlash ularni iqtidorlarini yuzaga chiqrish va ularga imkoniyatlar yaratib berish kerakligini takidladilar va bugungi ko’rik tanlovni ochiq deb e’lon qildilar.
Shundan so’ng kasb- hunar maktabi YIBDO’ I. S. Ro’ziyev barcha o’quvchilarga omad tiladilar va tanlovni adolatli tashkil etish uchun yoshlar yetakchisi: Daminova N mas’ul deb e’lon qildilar.
Rasmlarni chizib tugatish uchun ma’lum vaqt belgilab berildi .
O’quvchilar iqtidorlarini va tassavvurlarini ishga solib rasm chizishni boshladilar har bir o’quvchi o’zlari sevgan qahramon siymosini qog’ozlarga mehr bilan gavdalantirdilar
Belgilangan vaqt yakunlangandan so’ng o’quvchilar chizgan rasmlar mutaxassislar va qatnashganlar tomonidan ko’rib chiqilib g’olib va sovrindorlar aniqlandi.
Ko’rik tanlovning g’olib va sovrindorlariga kasb-hunar maktabi rahbariyati va yoshlar yetakchisi, tomonidan faxriy yorliq va sovg’alar topshirildi.
1-o’rin: 104- guruh o’quvchisi Luxmonjonova Dinara chizgan rasm deb topildi
2-o’rin: 104- guruh o’quvchisi Pardayeva Shaxina chizgan rasm deb topildi
3-o’rin: 104- guruh o’quvchisi Isomova Sabina chizgan rasm deb topildi.
Yuqoridagilarni keng muhokama qilgan holda yig’ilish
QAROR QILADI:
1. kasb-hunar maktabida o’quvchilar bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning iqtidorlarini namoyon etish maqsadida “yosh rassomlar” to’garagiga keng jalb etilsin.
2. O’quvchi yoshlar o’rtasida shu kabi ko’rik tanlovlar ko’proq tashkil etilsin.
3 Ushbu qaror ijrosini taminlash kasb-hunar maktabi yoshlar yetakchisi N Daminova zimmasiga yuklatilsin.
Yig’lish raisi: ____________ YIBDO’. I. S. Ro’ziyev
Yig’ilish kotibi: _____________ N Daminova