“ Avtomatlashtirish sistemalarini loyixalash va sozlash” fanidan



Download 1,95 Mb.
bet4/8
Sana06.06.2022
Hajmi1,95 Mb.
#639688
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
“ Avtomatlashtirish sistemalarini loyixalash va sozlash” fanidan

II. Asosiy qism
2.1 TEXNOLOGIK JARYONNING BOSHQARISH OB’YEKTI SIFATIDA TAHLILI.
UN VA YORMA ISHLAB CHIQARISH HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT.
Un – donning maydalanishi natijasida olinadigan mahsulot. Agar un faqat donning ichki qismi hisobidan – mag’zidan tashkil topgan bo’lsa – navli, donning qobiqlari va murtagi bilan birgalikda maydalanishi natijasida esa oddiy yanchilgan un (jaydari) olinadi. Un ishlab chiqarishda bug’doy, javdar, tritikale qo’llaniladi, uncha katta bo’lmagan miqdorda suli, grechixa, arpa, makkajo’xori va boshqa donlardan qayta ishlab un olinadi.
Yorma donning gul, meva va urug’ qobiqlari va murtagining olib tashlanishi natijasida olinadigan donning butun mag’zi (endosperm) yoki uning yirik qismlaridir. Grechixa, sholi, suli, tariq, arpa, makkajo’xori, bug’doy, no’xat, oq jo’xoridan qayta ishlab yorma olinadi.
Un va yorma ko’pgina oziq–ovqat mahsulotlarini tayyorlashda asosiy
hisoblanadi. Bular hisobidan odamning 30...50 % oqsilga, 20...40 % har–xil biologik ahamiyatga ega bo’lgan moddalarga bo’lgan talabi qondiriladi. Ayniqsa, oddiy un tortish natijasida olingan un muhim ahamiyatga ega bo’lib, u o’zida barcha oziq – ovqat elementlarini mujassamlashtirgan. Bundan tashqari unda maydalangan qobiqlar hisobidan ovqat hazm qilish traktidagi har xil qoldiqlarni ajratishda va ichakning fiziologik funktsiyasini yaxshilashda yordam beradigan
tolali moddalar mavjud.
Zamonaviy tegirmon sharoitida oqsil, kraxmal, mineral moddalar, vitaminlar va boshqa moddalar, navli unlarni shakllantirish imkoniyati mavjud.Yorma texnologiyasi
Yorma inson ovqatlanishida alohida o’rin egallaydi. Agar un har xil non, bulka yoki konditer mahsulotlari ishlab chiqarish uchun kullanilsa, yorma esa taomlar tayyorlash uchun qo’llaniladigan mahsulotni uzida namoyon qiladi, uning ayrim turilari umuman oshpazlik ishlov berishni talab qilmaydi.
Oxirgi vaqtlarda qaynatishni talab qilmaydigan oziq ovqat ekstrudatlari texnologiyasi jadal rivojlanmoqda.
Yormaning undan muhim farqi bu mahsulotlar granulometrik tavsifda, bularning bulakchalarning yirikligida tashqi ko’rinishida namoyon bo’ladi. Un ishlab chiqarishda don mag’zi mayin maydalanishga uchraydi, yorma uzida butun, maydalanmagan don mag’zi yoki ularning yirik bulakchalarini uzida namoyonqiladi. Un va yorma fizik kimyoviy tavsifining ba muhim farqi ularni ishlab chiqarishda texnologik jaryonni har xil tuzishni belgilaydi.
Agar donni un tortishga tayyorlashda mag’zni mustaxkam darajasini
maksimal ga etkazish, uning qattiq strukturasini gidrotermik ishlov berish jaryonida Yoriqlar xosil bo’lish xisobidan maydalash kuzda tutilsa, yorma ishlab chiqarishda bu jaryon diametral karama karshi vazifa hisoblanadi. Yormalarni butun mag’z ko’rinishida ishlab chiqarishni ta`minlash uchun gidrotermik ishlov berishning maxsus rejimlari orkali mag’zning mustaxkamligi oshiriladi, chunki keyingi texnologik operatsiyalarda uning butunligi saqlanishi kerak. Bunday xollarda yuqori sifatli, yuqori iste`molboplik talablariga javob beradigan yormalar
olish uchun sharoit yaratiladi.
Dondan qayta ishlab yorma olish texnologik sxemasini tuzishda ko’pgina omillar ta`sir qiladi ya`ni ishlab chikariladigan mahsulot assortimenti (butun yokimaydalangan mag’zdan olingan yorma, qayroqlangan yoki qayroqlanmagan Yorma), shuningdek donning anatomik tuzilishi – mag’z va ko’ikning boglanish mustaxkamligi, mag’zning mustaxkamligi, don shakli va boshqalar.
Texnologik jaryonni tuzishni umumiy printsiplaridan bog’liq holda barcha yormabop ekinlar ikki guruxga bo’linadi. Birinchi guruxga qobig’i mag’z bilan birlashib o’smagan ekinlar kiradi, mahsulotlarning asosiy turi bo’lib maydalanmagan mag’zdan olingan Yormalar hisoblanadi. Bu guruxga tariq, sholi, suli, grechixa kiradi. Ikkinchi guruxga qobig’i mag’zi bilan birlashib usgan ekinlar kiradi, mahsulotning asosiy turi bo’lib maydalangan mag’zdan olingan yormalar kiradi.
Tariq, grechixa, sholi va suli doni butun mag’zidan maydalanmagan yorma
ishlab chikariladi. Qayta ishlash jaryonida xosil bo’ladigan maydalangan mag’zlar asosiy oziq ovqat mahsulotlariga (maydalangan sholi, maydalangan grechixa) yokioziqa mahsulotlariga – tariq va sulining maydalangan mag’ziga tegishlidir.
Butun mag’zdan olingan yormalar sifatidan bog’liq holda ikki yoki uch
navlarga bo’linadi, maydalangan navlarga bulinmaydi. Butun va maydalangan nuxat, arpadan olinadigan besh nomerli maydalangan qayroqlangan Yormalar, bug’doy va makkajo’xori yormalari, kalamcha va pagalar ishlab chiqarish uchun makkajo’xori yormalari, navlarga bulinmaydi.
Yormalarning ko’pgina turlarining asosiy sifat ko’rsatkichlari to’liq sifatli
mag’zning miqdori, yormada shuningdek organiq va mineral, zararli,
metallomagnit aralashmalar miqdori chegaralangan bo’ladi, qobig’i ajratilmagan don, butun yormada maydalangan yormalar miqdori chegaralangan bo’ladi.
Maydalangan nomerli yormalar uchun shunday ko’rsatkich tekislanganlika
uxshagan ya`ni aniq yiriklikdagi bulakchalar miqdori ko’rsatkichi o’rnatilgan.
Yormalarning alohida turlari uchun qo’shimcha sifat ko’rsatkichlari katori
amal qiladi, masalan sholi Yormasida sargaygan, Yopishkok donlar miqdori,
pagalarda kislotalik va kuldorlik, arpa Yormasida qobig’i ajrailmagan don va oziqa uni miqdori va boshqalar.
Yormalarning har xil turlari sifat me`yorlari yuqoridagi jadvalda keltirilgan.
Yorma zavodlariga kelib tushayotgan xom ashyolarga kuyilgan asosiy
talablarYorma xom ashyosiga davlat standartlarida va texnik shartlarda ko’rsatilgan, Yorma sanoatida o’rnatilgan talablar kuyiladi. Davlat standartlarida organoleptik va boshqa sifat ko’rsatkichlari ko’rsatilgan. Yormabop don normal xolatda, kizimagan, normal don rangiga, buzilmagan, solodsiz, mogorsiz va boshqa begona hidlarsiz normal don hidiga ega bo’lishi kerak.
Ayrim ekin donlarida namlik elevator va omborlarda kuritgichlarning
mavjudligi va bulmasligidan borglik holda urnatiladi. Qoidalarga kura u 15,5 –16,0 % dan oshmasligi kerak. Quritishdan utuvchi ayrim xom ashyo turlari (sholi, tariq) uchun namlikning past oraligi o’rnatilgan: sholi uchun 14 %, tariq uchun 13 %. Quritilgan don mag’zning yoriqlar xosil qilish kobiliyatiningoshishiga muvofiqpast texnologik xossalarga ega bo’ladi, qayta ishlashda uning maydalanishi ortadi.
Yorma xom ashyolarida ifloslantiruvchi va donli aralashmalar miqdori
chegaralangan. eng ko’p aralashma miqdori tariq donida, eng kami esa sholi, arpa, nuxat donida ruxsat etilgan. Grechixa, tariq va suli uchun mag’zning minimal miqdori o’rnatilgan. Don zararkunandalari bilan zararlanganlik ruxsat etilmaydi, shuningdek bundan tashkari kanalar bilan zaralanganlik I darajadan oshmasligi kerak.Donni maydalashda energiya sarfi
Materiallarni maydalashda energiya sarfini belgilovchi unning barcha
strukturali – mexanik xossalari ko’rsatiladi.
Maydalash ishlarining hajmi materiallarning plastik xossalariga va
tayyorlash jarayonining variantlariga bog’liq.
Don uchun namlikning optimal miqdori bug’doy uchun 15 – 17 % va javdar
uchun 14 – 15 % oraliq eng qulaydir.Un zavodlarida energiyaning solishtirma sarfi 1 tonna un uchun
xisoblaganda 20 dan 200 kVt*s ni tashkil qiladi. Bu esa un tortish turiga,
tegirmonning jixozlar bilan ta`minlanganligi va boshqa omillarga bog’liq. Y orma ishlab chiqarishda kamroq energiya – 1 dan 5 kVt*s/t sarflanadi.
Yorma zavodlaridagi jarayonlarning umumiy tavsifi Yorma zavodlarida jarayonlarni tashkil qilish va boshqarish har bir don uchun keskin farq qiladi va bu ekinlardan va qayta ishlanadigan yorma turiga bog’liq: bu har xil ekin donalarining anatomik tuzilish xususiyatlari va uning strukturali – mexanik hamda fizik – kimyoviy xosalari bilan asoslanadi.
Tayyorlov bo’limida hamma ekin donalari uchun don massasidan begona
aralashmalarni ajratish ko’zda tutiladi. Gidrotermik ishlov berish muhim
ahamiyatga ega bo’lib, hamma donlar uchun qo’llanilmaydi. Grechixa, suli, arpa, no’xat, bug’doydan tashkari barcha donlar uchun ko’llaniladi. SHoli zavodlarida sholi mag’zini (yadro) mustahkamligni oshirish uchun gidrotermik ishlov berish juda afzaldir, bunda Yorma sariq va hatto jigari rangga ega bo’ladi, shuning uchun aholi uchun bunday Yorma birlamchi xisoblangan, markaziy Osiyo va uzoq Sharqning ayrim mamlakatlarida ko’llaniladi. Grechixa zavodlarida va ayrim sholi zavodlarining tayyorlov bo’limida don turkumlari 2 –3 va undan ko’p fraktsiyalarida saralanadi, bu esa qayta ishlash samaradorligini oshiradi: shuningdek suli zavodlarida ham donni fraktsiyalariga ajratish samaralidir. Arpa zavodlarining tayyorlov bo’limiga donni dastlabki qobiq ajratish amalga oshiriladi.
Yorma zavodlarning qobiq ajratish bo’limida bor qobiqli ekinlar uchun
donli qobiq ajratish va ularni alohida: butun mag’z, singan mag’z, oziqa uni, qipiq mahsulotlar ajratish uchun keyingi saralash. Mag’z (yadro) keyin meva va urug’ qobig’ini aleyron qatlamini olib tashlash uchun qayroqlanadi; sholi Yormasi uning tovar ko’rinishini yaxlitlash uchun qo’shimcha silliqlanadi.
Grechixani qayta ishlashda don turkumlari 5 – 6 fraktsiyaga yirikligi
bo’yicha saralanadi va ajratib qobiq ajratilgandan keyin butun yormacha –
mag’zga (yadritsa) va maydalangan mag’z – (prodel) ajratiladi, yormalar
qayroqlashni talab qilmaydi.
Maydalangan, dursimon, makkajo’xori va bug’doy yormalari ishlab
chiqarishda don yirik qismlarga maydalanadi va o’lchami bo’yicha saralanadi.
Donni maydalash jarayoni
Maydalash jarayoni sanoatning turli soxalarida keng qo’llaniladi. Oquvchan
material olish uchun qattiq jism, aniq texnologik vazifa maqsadida har xil usullar Yordamida maydalanishga uchraydi.
Qattiq jismni maydalashni ikki usuli farqlanadi: oddiy va saylab maydalash .
Agar maydalanadigan mahsulot kimyoviy tarkibi bo’yicha bir xil va uning
barcha qismlari bir xil struktura–mexanik xossalarga ega bo’lsa, qattiq jismni aniq yiriklikdagi bulakchalargacha maydalashda bir xil oquvchan massa xosil bo’ladi. Buni tegishli maqsad uchun ishlatish mumkin. Bunday jismlarni maydalash usuli oddiy maydalash deb kabul kilingan.
Ayrim xollarda, maydalanadigan jism o’zining kimyoviy tarkibi bo’yicha bir
xil bo’lmasa va uni alohida qismlari har xil strukturali – mexanik xossalarini namoYon qilsa, jismni tashkil qilgan qismlari xossalari farqini Yo’naltirgan ta`sirini (kimyoviy, biologik, mexanik) kuchaytirish kerak. Keyin maydalashning har xil usullarini qo’llab qattiq jismni bir xil kuch ta`sirida yirikligi va kimyoviy tarkibi bo’yicha farq qiluvchi bo’lakchalarni olish mumkin. Bunday natijaga erishish uchun odatda bir marta maydalash etarli emas, uni ko’p marta takrorlash kerak va har xil yiriklikka hamda sifatga ega bo’lgan fraktsiyalar – maydalangan bo’lakchalar har bir bosqichda kektma ket ajratib olinadi.Masalan, dondan navli un tortishda mag’izning mayin maydalash va qobiqning yirik bo’lakchalarini olish talab qilinadi. CHunki keyin ulardan alohida unlar va kepaklar shakllantiriladi; bunday usul saylab maydalash usuli hisoblanadi.Maydalash jarayonini to’g’ri tashkil qilish tayyor mahsulot sifati va tannarxiga, maydalovchi mashinalar unumdorligiga va birlik mahsulotga solishtirma energiya sarfiga bog’liq.Donni vali dastgohlarda maydalash Un tortish sanoatida don va oraliq mahsulotlarini maydalash valli dastgoxlarda amalga oshiriladi. Vali dastgoxlarning tuzilish sxemasi rasmda keltirilgan. Dastgoxning ishchi organi gorizontal joylashgan tishli Yoki g’adir –budir yuzali 2 ta tsilindrik vallar hisoblanadi. Bular bir biriga qarama – qarshi har xil tezliklar bilan aylanadi. MaydalanaYotgan mahsulot turidan, texnologik sxemaning berilgan uchastkasida maydalash operatsiyasiga qo’yilgan talablardan

1–mahsulot miqdorini ko’rsatish moslamalari, 2,9–ta`minlash valchalari, 3,4–


sachrashni chegaralovchilar, 5–val etagi, 6–shYotkatozalagich, 7,8–dozalovchi
valchalar, 10–qo’zg’aluvchan valni to’g’irlash va o’rnatish mexanizmi, 11–tyaga,
12–valnitozalash pichog’i.



Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish