???? “Август кенгаши” – 2020 йил 13 август. 9: 00 ― Бошланғич таълим


Taʼlim sifatini oshirish va baholash - jahon hamjamiyatining asosiy muammolaridan biri sifatida



Download 1,35 Mb.
bet2/4
Sana21.02.2022
Hajmi1,35 Mb.
#78512
1   2   3   4
Bog'liq
axborot

Taʼlim sifatini oshirish va baholash - jahon hamjamiyatining asosiy muammolaridan biri sifatida


11:59 13 Sentyabr 2019 Jamiyat
800 0 

Joriy yilning 9-13-sentyabr kunlari Shveysariyaning Syurix shahrida boʻlib oʻtayotgan global taʼlimni rivojlanishi sammitida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat davlat inspeksiyasi delegatsiyasi ishtirok etmoqda. Sammit oliy taʼlim muassasalarining dunyo miqyosidagi reytingini baholash boʻyicha tadqiqot olib boradigan Times Higher Education agentligini tomonidan tashkil etilgan.

Toʻrt kun davomida sammit ishtirokchilari jahonning yetakchi universitetlarida kadrlar tayyorlash va taʼlim sifati darajasi toʻgʻrisidagi munozaralarda qatnashadilar. Tadbirda xalqaro ekspertlar va 40 nafardan ortiq jahon miqyosidagi maʼruzachilar universitetlar oldida turgan dolzarb savollarga javob qaytarishadi, taʼlim sohasi boʻyicha eng soʻngi yangiliklar va innovatsiyalar haqida maʼlumot berishadi hamda taʼlim sifati baholash va tahlil samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar berishadi.

9-sentyabr kuni sammitda Times Higher Education maʼlumotlar bazasini yaratish boʻyicha rahbari janob Dunkan Rossa hamda indikatorlar asosida OTMlari reytingini tuzuvchi va taʼlim sifatini baholash sohasida tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar maʼruzalari tinglandi.

10-sentyabr kuni sammit Elsevier kompaniyasi tomonidan dunyo ilm-fani kelajagini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasi bilan davom etdi. Shuningdek, ilm-fandagi kelgusi istiqbollar masalasi koʻrib chiqildi. Ilm-fan ochiqligi, dunyo miqyosidagi ilmiy markazlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik, Sharqiy Osiyoda ilmiy tadqiqotlar darajasi oʻsishi va jahon texnologik markazlarining paydo boʻlishi kabi masalalar koʻtarildi. 10 yildan soʻng ilm-fanda nimalar sodir boʻladi? Qaysi davlat ilm-fan va texnologiyalar boʻyicha yetakchilik qiladi?. Sunʼiy ongning taʼlim sifatini baholashdagi istiqbollari va oʻrganilgan maʼlumotlar shaffofligini va ishonchliligini taʼminlash masalasi muhokama qilindi. Googlening sunʼiy ongdan amaliyotda foydalanish doir misollar keltirildi.

Taʼkidlash lozimki, Taʼlim inspeksiyasi mutasaddilari Elseiver kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berildi hamda hamkorlikni mustahkamlash masalalarni muhokama qilishdi. Kompaniya rahbariyati yurtimiz taʼlim sohasidagi soʻnggi yangiliklarga katta qiziqish bildirdi.
Sammitning keyingi seksiyasida asosiy urgʻu ilm-fan va texnologiyalar rivojiga qaratildi. Ishtirokchilar iqtidorli yoshlarni tanlab olish va OTMlarda isteʼdodli olimlarni tayyorlash masalasini batafsil muhokama qilishdi. Ushbu boʻlim moderatorlari dunyoning yetakchi universitetlari rektorlari boʻlishdi.
Rektorlar maktab va kollejlardan iqtidorli yoshlarni tanlab olish (seleksiya), iqtidorli yoshlarni kelgusida OTMga kirishga tayyorlash boʻyicha erishgan yutuqlari haqida soʻzlab berishdi. Iqtidorli yoshlar bilan ishlash bosqichlari, ularga amaliy bilimlar berish hamda kreativ fikrlash imkonini yaratish haqida gapirib berishdi. Shuningdek, OTM rahbarlari talabalarni kelgusida ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan amaliy tadqiqotlarga jalb etish masalasiga ham toʻxtalib oʻtishdi.
Jumladan, Singapur Osiyo universiteti rektori OTMni rivojlantirishning ilk bosqichida muhandislik fanlariga asosiy eʼtibor qaratilganini, biroq soʻngi 5 yilda koʻplab ilmiy va texnologik sohalarning rivojlanish asosi gumanitar va ijtimoiy fanlar boʻlgani sabab, ularga alohida eʼtibor qaratilganini taʼkidladi.
Singapur hukumati ayni paytda gumanitar va muhandislik sohalaridagi ishlar kesishadigan koʻp tarmoqli tadqiqotlarga katta mablagʻ ajratmoqda. Shunday qilib hukumat OTMlar va ishlab chiqarish oʻrtasida ekotizim hamkorligini yaratib, taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish konsepsiyasini qoʻllab-quvvatlamoqda. Bundan tashqari Veseda (Yaponiya) universiteti rektori Yaponiya hukumati mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda muvaffaqiyatlarga erishish maqsadida yapon OTMlaridan ilm-fan va taʼlimni rivojlantirish boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatli rivojlanish rejalari talab qilishini taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, Yaponiyada atoqli olimlar, Nobel mukofoti laureatlari faoliyatini targʻibot-tashviqot qilishga katta eʼtibor qaratilishi qayd etib oʻtdi. Yoshlar ularning natijalari bilan tanishtiriladi, uchrashuvlar oʻtkaziladi hamda OAVda ular bagʻishlangan alohida koʻrsatuvlar tayyorlanadi.

11-sentyabr kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi delegatsiyasi Shveysariyaning taʼlim, tadqiqot va innovatsiyalar boʻyicha davlat sekretariati (SERI) bilan hamkorlikni mustahkamlash masalasini muhokama qilish uchun Bern shahriga tashrif buyurib, shveysar taʼlim tizimi haqida batafsil maʼlumot olishdi.
Sammit davomida Times Higher Education rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazilishi koʻzda tutilgan boʻlib, unda Oʻzbekiston OTMlarini bosqichma-bosqich dunyoning kuchli universitetlari roʻyxatiga kiritish hamda oliy taʼlimda taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha ENQAning Yevropa tarmogʻi rahbarlari hamda Shveysariya OTMlari va kollejlari bilan ishlash masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Matbuot xizmati

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish