3. Yangi mavzuni yoritish:
Nur
I xtiyoriy to’g’ri chiziq o’ziga tegishli bo’lgan biror O nuqtasi bilan ikkita yarim to’g’ri chiziqqa ajraladi.
Y arim to’g’ri chiziqlarning har biri ikkinchisini (to’g’ri chiziqqa) to’ldiruvchisi deyiladi. Yarim to’g’ri chiziqlarning har biri boshi O nuqtada bo’lgan nur deb ham ataladi (26-rasm).
Geometrik shakl sifatidagi nur Quyosh nuriga taqlid qilib nomlangan. Chunki quyoshdan tarqalgan yorug’lik nuri to’silmasa, cheksizlikka singib ketadi.
Odatda nur boshlang’ich nuqtasi O va undan farqli biror nuqtasi bilan [OA), [OB) tarzida belgilanadi.Bunda ular OA nur, OB nur deb o’qiladi. Nurning boshlang’ich nuqtasi A, B, C kabi bosh lotin harflari bilan ham belgilanadi, masalan, Ak nurda A boshlang’ich nuqta hisoblanadi (27-rasm).
17. To’g’ri chiziq o’ziga tegishli A va B nuqtalar bilan berilgan. Unda boshi A yoki B nuqtada bo’lgan nechta nur bor?
18. To’g’ri chiziqdagi K, L, M nuqtalar boshi shu nuqtalarda bo’lgan nechta nurni aniqlaydi?
19. To’g’ri chiziqda A, B va C nuqtalar belgilangan: 1) BA va BC nurlarning umumiy qismi qanday shakldan iborat? 2) CA va BA nurlarning umumiy qismi qanday shakldan iborat?
20. Bir to’g’ri chiziqda yotuvchi ikki nurning birlashmasi qanday shakl bo’lishi mumkin?
21. AB nurda C nuqta belgilangan. Agar |AB| = 1,8 va |AC| = 0,4 bo’lsa, B va C nuqtalar orasidagi masofani toping.
22. To’g’ri chiziqdagi A, B, C, D nuqtalar aniqlagan AB, BC, CD, AD, AC, BD nurlar ichida: 1) bir-biri bilan ustma-ust tushaduganlarini; 2) bir-biri bilan umumiy nuqtaga ega bo’lmaganlarini ajrating.
23. Koordinata tekisligining birinchi choragidagi koordinatalari bir-biriga teng bo’lgan barcha nuqtalar qanday nurga tegishli bo’ladi?
24. Koordinata to’g’ri chizig’ida koordinatasi nomanfiy bo’lgan barcha nuqtalar tegishli bo’lgan nurni ko’rsating.
25. Sonlar o’qidagi barcha musbat bo’lmagan sonlar qaysi nurga tegishli bo’ladi?
26. OA nur chizing. Shu nurga tegishli va tegishli bo’lmagan nuqtalarni belgilab ifodalarni yozing.
27. Sonlar o’qini nur desa bo’ladimi?
28. Koordinatalar boshidan chiqib L(5; 5) nuqtadan o’tuvchi nur chizilgan. Ushbu ifodalarning qaysi biri to’g’ri, qaysi biri noto’g’ri:
1) A(2; 2) [OL); 2) B(-1; 1) [OL);
3) C(-3; 3) [OL); 4) D(3; 3) [OL).
29. Koordinatasi 3 dan kichik bo’lmagan barcha nuqtalar tegishli bo’lgan nurni ko’rsating va ifodalang.
30. Koordinatasi -5 dan katta bo’lmagan barcha nuqtalar qaysi nurga tegishli?
Burchak
B ir nuqtadan ikki nur tekislikni ikki sohaga ajratadi (53-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |