# 4, 2020 pedagogik mahorat*педагогическое мастерство*pedagogical skill


OʻQUVCHILARDA MUSTAQILLIK VA TASHKILOTCHILIK SIFATLARINI



Download 4,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/299
Sana13.01.2023
Hajmi4,67 Mb.
#899233
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   299
Bog'liq
Pedagogik mahorat 4-son 2020 yil

 
OʻQUVCHILARDA MUSTAQILLIK VA TASHKILOTCHILIK SIFATLARINI 
SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK MAHORATNING OʻRNI 
Maqolada oʻquvchilarda mustaqillik va tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish zarurati, mustaqillik va
tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishdagi faoliyat turlari va samarali yo`llari, bu jarayonda o`qituvchi amal qilishi
lozim bo`lgan talablar hamda bu sifatlarni shakllantirishda o`qituvchining pedagogik mahorati mohiyati yoritiladi. 
Tayanch tushunchalar:  oʻquvchi, o`qituvchi, mustaqillik, tashkilotchilik, faoliyat turlari, erkin fikrlash, komil 
inson, yetakchilik (liderlik), faollik, tashabbuskorlik, tirishqoqlik, uyushtira olish, muomalaga kirishuvchanlik, 
pedagogik talablar, pedagogik mahorat. 
В статье освещается необходимость формирования у учащихся качеств самостоятельности и 
организованности, виды деятельности и эффективные пути формирования качеств самостоятельности и 
организованности, требования, которым должен руководствоваться учитель в этом процессе, а также 
сущность педагогического мастерства учителя в формировании этих качеств. 
Ключевые слова: учитель, учащийся, независимость, виды деятельности, свободомыслие, лидерство, 
организация, педагогические потребности, педагогическое мастерство. 
The article covers the necessity of formation of independence and organizational qualities in students, types of 
activities and effective ways of formation of independence and organizational qualities, the requirements that the 
teacher should follow in this process and the essence of teacher's pedagogical skills in the formation of these qualities. 
Keywords:teacher,activity,diligence,turnover, pedagogical skills. 
 
Mustaqil fikrlay oladigan, dunyoqarashi va tafakkuri keng barkamol insonlar yurtimiz taqdirini hal 
qiladilar. Shuning uchun ham kelajakka munosib boʻlgan ma’naviy jihatdan yetuk yoshlarni tarbiyalash 
bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev yoshlarni mustaqil fikr 
tarbiyasi zarurligiga e’tibor qaratib: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy 
salohiyatga ega boʻlib, dunyo miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan insonlar 
boʻlib kamol topishi, baxtli boʻlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini 
safarbar etamiz” [1], –deb ta’kidlaydi. Tub islohatlar davrida jamiyat hayotiga daxldorlik, millat va 
mamlakat taqdiriga befarq boʻlmaslik hissi shakllangan yoshlarga boʻlgan ehtiyojni hayotning oʻzi taqozo 
etib, kelajagimiz boʻlgan yoshlarni ijtimoiy faol, mustaqil va tashkilotchi qilib tarbiyalash zaruriyatini kun 
tartibiga olib chiqdi.
Jamiyatimizda ayrim hollarda uchrab turadigan loqaydlik, begʻamlik, befarqlik, e’tiborsizlik, 
yolgʻonchilik, oʻgʻrilik, ichkilikbozlik, fohishabozlik, giyohvandlik, shu bilan birga, diniy ekstremizm 
hamda terrorizm global muammo boʻlib, asr vabosiga aylanib borayotgan bir sharoitda, ijtimoiy faol, 
mustaqil fikrlovchi shaxs tarbiyasi alohida dolzarb pedagogik muammo boʻlib hisoblanadi.
Mustaqil, erkin fikrlovchi o`quvchi shunday shaxs turiki, u doim izlanuvchi bo`ladi, o`z ustida tinmay 
ishlaydi, bahs-munozarani juda yoqtiradi, turg`unlik kayfiyati, eskicha yashash, o`qish va fikrlash tarzi unga 
mutlaqo yot. U tashabbuskor, doim oldinga intiluvchan bo`ladi. Bugungi hech kimga tobe bo`lmagan 
mustaqil hayotimizda, yangi demokratik jamiyat qurish jarayonida xuddi shunday o`quvchi kerak. Bunday 
o`quvchining murabbiysi va ustozi esa o`z sohasining haqiqiy ustasi bo`lmog`i zarur.
Oʻquvchilarda mustaqillik sifatlarini shakllantirishga e’tibor qaratar ekanmiz, dastlab “mustaqillik” 
soʻzining ma’nosiga e’tibor qaratsak. “Mustaqillik” (arabchadan - tobe emaslik; ixtiyori oʻzidalik, qaram 
emaslik) – erkin va ozod ravishda, boshqalarning rahbarligisiz ish yurita bilish. Mustaqillik – oʻzaro hurmat, 
bir-birlarini qadrlash, milliy va bashariy qadriyatlarga tayanib yashash, fikrlash, oʻz hayotini oʻzi tashkil 
etish imkoniyati va amaliyotini bildiradi [2].
Mustaqil, erkin fikrlovchi komil insonni tarbiyalashning muhim shartlaridan biri oʻsib kelayotgan yosh 
avlodning ijtimoiy munosabatlar jarayonining faol ishtirokchisi boʻlishiga erishishdir. Ijtimoiy 
munosabatlarda faol ishtirok etish har bir shaxsdan ularni tashkillashtirish, ya’ni tashkilotchilik sifatlariga 
ega boʻlishni talab qiladi. 
Tashkilotchilik (arabcha "tashkil" soʻzidan olingan) muayyan ish harakatni boshlab berish, tashkil 
etish, uyushtirish yoki uyushtirishni oqilona rejatashtirish xislati. Manbalarda "tashkilotchilik" tushunchasi 
1) tashkil etish xislati; 2) tashkilotchilik ishi, faoliyati, jamoani uyushtira bilish, jipslashtira olish, 
shuningdek, oʻzining shaxsiy ishini toʻgʻri tashkil qila olish, "tashkillashtirish ishlarini olib borishga boʻlgan 
ehtiyoj" deya ta’riflanadi. Tashkilotchilik oʻyin, ta’lim va mehnat koʻrinishidagi faoliyatlarni tashkil etish, 
ijtimoiy munosabatlar jarayonini faollashtirish, jamoani jipslashtirish va yagona maqsad atrofida 
birlashtirishda tashabbus hamda nazoratni oʻz qoʻliga olish, uni samarali boshqarish va mavjud 
imkoniyatlaridan unumli foydalanish, shuningdek, jamoadoshlarni faollik koʻrsatishga ragʻbatlantirish, 
https://buxdu.uz



Download 4,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish