# 3-son 2019. indd


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/163
Sana26.09.2021
Hajmi2,6 Mb.
#186206
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   163
Bog'liq
3-son-2019

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
Ilmiy-pedаgogik  аdаbiyotlаrdа  ta’lim  klаsteri  tushunchаsi  borаsidа  turli  ta’riflаr 
mаvjud. Jumlаdаn, ‘‘klаster – bu o‘zаro bir-biri bilаn chаmbаrchаs bog‘liq bo‘lgаn vа 
bir-birini to‘ldiruvchi, mа’lum bir sohаdа fаoliyаt olib boruvchi kompаniyа vа tаshkilot-
lаr mаjmuаsidir’’
4
 degаn ta’rifni keltirib o‘tish mumkin. Аdаbiyotlаrdа ‘‘klаster’’ tushun-
chаsigа o‘zаro chаmbаrchаs bog‘lаngаn vа bir-birining rаqobаtbаrdoshligini oshirish 
imkonini beruvchi ishlаb chiqаrish korxonаlаrining tаrmoq hаmdа geogrаfik jihаtdаn 
birikishi nаtijаsidir degаn ta’rif hаm mаvjud.
5
 
Ta’lim klаsteri – bu tаrmoq xususiyаtlаrigа ko‘rа ishlаb chiqаrish korxonаlаri vа 
ta’lim muаssаsаlаrining sheriklik munosаbаtlаri nаtijаsidа yаrаtilgаn mаjmuаsidir.
6
 
Ayrim olimlar nazariyalarida klasterlar (iqtisodiyotda) – ishlab chiqaruvchilar raqo-
bat ustunligini oshirishda yuqori samarali bo‘lib, ularning hududdagi ta'lim, fan, texno-
logik, iqtisodiy va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar faoliyati bilan uyg‘unlashgan 
tizimi ekanligi ta'kidlanadi.
Klasterning amaliy ahamiyati mamlakatlar, tarmoqlar va korxonalar iqtisodiyoti 
raqobatbardoshligini oshirish va yuqori samaradorlikka erishishni nazarda tutadi.
“Klaster” nazariyasi rivojlanishidan uning ikki fundamental tavsifini ajratib ko‘rsa-
tish mumkin.
Birinchisi, klasterga uyg‘unlashgan korxona va firmalar faoliyati aniq bir xil turdagi 
tovarlar bozori bilan bog‘liq bo‘lishi zarur. Bunday bog‘liqlik vertikal (xarid va sotish 
zanjiri) va gorizontal (qo‘shimcha bo‘limlar va xizmatlar, shunga ketadigan maxsus 
sarflar, texnologiyalar yoki institutlar va boshqa aloqalardan foydalanish) bo‘ladi.
Ikkinchisi,  klasterlar  geografik  yaqin  joylashgan  o‘zaro  bog‘liqlikdagi  korxonalar 
guruhi bo‘lib, ular o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashishi 
natijasida raqobatbardoshlikning rivojlanishi, ko‘proq qo‘shimcha qiymatni yaratishiga 
va bozorda sotilishiga imkoniyatlar yaratishdir.
Pedagogikada klaster quyidagi tushunchalarni anglatadi:
O‘quv-ishlab chiqarish majmualari yordamida ish beruvchi va ta'lim muassasalari 
hamkorligi.
Maktab klasteri: “Har bir klasterda tayanch maktabi pedagogik hamkorlar (hamroh 
maktablar), ijtimoiy hamkorlar (oliy ta'lim muassasalari, kutubxonalar, OAVlar)ga ega.   
Kasbiy klaster: Klaster – bir-biriga bog‘liq bo‘lgan ta'limiy, madaniy, ilmiy, ijtimoiy, 
texnologik va ishlab chiqarish tashkilotlarni birlashtirgan madaniy-tarbiyaviy tizimdir.
Ta’lim  klаsteri  modellаrini  аmаlgа  oshirish  yo‘nаlishlаri  quyidаgilаrdаn  iborаt 
bo‘lishi mumkin:
7
1. Iqtisodiyotning reаl sektorlаri – ish beruvchilаrning ta’lim muаssаsаlаri bitiruvc-
hilаridа zаrur kаsbiy vа shаxsiy sifаtlаrning shаkllаngаnlik dаrаjаsi hаqidаgi obyektiv 
4
 Ю.В. Громыко. Что такое кластеры и как их создавать? // ‘‘Альманах’’ ‘‘Восток’’. –2007. 
– Вып.1. – [Электронный ресурс]. – URL: http://www.situation.ru/app/j_artp_1178.htm (дата обра-
щения 18.04.2019).
5
 Д.Ю. Лапыгин. Методическое обеспечение процесса разработки плана стратегического 
развития региона // Менеджмент в России и за рубежом. – 2005. – №6 [Электронный ресурс] 
http://dis.ru/library/manag/ archive/2005/6/3971.html
6
  Формирование  системы  профессионального  образования  –  образовательный  кластер 
Республики Татарстан / Материалы Интернет-сайта министерства образования и науки РТ. – 
(Электронный ресурс). – URL: www.tatedu.ru (дата обращения 18.04.2019 г.). 
7
 О.Е. Гаврилова. Формирование профессиональных компетенций студентов – будущих 
специалистов  швейного  производства  в  условиях  образовательного  кластера.  –  Диссер. 
насоиск. уч. степ. канд. пед. наук. – Казань: КНИТУ, 2011. – C.258. 


51
fikr-mulohаzаlаrini monitoring qilishni tаshkil etish. Monitoring nаtijаsidа ta’lim xizmаt-
lаrining tаshqi vа ichki iste’molchilаri tаlаblаrini аniqlаsh, kаsbiy tаyyorgаrlik sifаtini 
bаholаsh  vа  tаqqoslаsh,  ijtimoiy  sheriklikni  rivojlаntirishning  istiqbolli  yo‘nаlishlаrini 
belgilаsh kаbi mehnаt bozori ehtiyojlаrini qondirish imkoniyаti pаydo bo‘lаdi. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish