“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
olish lozimki tasvir sifati juda yuqori darajada bo‘lmaydi.
Fraktal grafika ham hisoblanuvchi grafika bo‘lib, uning vektor grafikadan farqi
shundaki, bunda hech qanday obyektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. Chunki
tasvirlar tenglamalar yoki formulalar va ularning tizimlarida hosil qilinadi. Shuning u -
chun ham xotirada tenglamalargina saqlanadi. Tenglamalarga oid parametrlar o‘zgar-
tirilishi natijasida turli tasvirlar hosil qilinadi.
Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish u-
chun qo‘llaniladi. Shuning uchun ham, uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir hosil
qilishning dasturlash usuli tanlangan.
Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli qiziqtiruvchi
dasturlar yaratishda keng qo‘llaniladi.
Fraktal grafika foydalanishda muhim bir narsani ko‘zdan qochirmaslik lozim ya’ni
yaratilgan tasvirlar aniq bir formula asosida tuziladi va ko‘pincha takrorlanuvchi yoki
o‘suvchi funksiyasi mavjud bo‘ladi.
Vektorli grafikada shakllarni bo‘laklarga bo‘lish chiziqli amal bo‘lgani uchun umu-
miy shakli juda ko‘p sondagi kichik fragmentlarga – splayanlarga ajraladi. Bunda har
bir bo‘lakni ifodalash uchun eng oddiy formula (funksiyani) ajratib olish lozim. Vektorli
grafikada shu maqsadlar uchun Bezye va NURBS chiziqlari ishlatiladi. Bu chiziqlarni
shakli ko‘plab tekshiriluvchi nuqtalarning joylashuvi tayanch nuqtalarini interaktiv ko‘-
chirish bilan aniqlanadi.
Misol uchun, doirani ko‘pburchakka almashtirishda ko‘pburchakning burchaklari
soni qancha ko‘p bo‘lsa u doiraga shuncha yaqin bo‘ladi, ammo doiradagi burchak-
lar soni cheksiz marta orttirilganda xam doiraga teng bo‘la olmaydi. Malumki, har bir
chiziqni, masalan, to‘g‘ri chiziq yoki parabolani ikki usul bilan ifodalash mumkin, grafik
yoki geometrik bunda u tekislikda grafik ko‘rinishda bo‘ladi.
Jism tasvirini vektorli ifodalashda quyidagi ikkita asosiy dastlabki shartlar qabul qilinadi.
•
chiziqni mumkin qadar kichik fragmentlarga bo‘lish;
•
bo‘laklarni ifodalash uchun eng oddiy funksiya va formulalardan tanlab olish.
Tabiiyki eng oddiy funksiya, bu chiziqli holatda bo‘lib, ular yordamida tog‘ri chiziqlar
ifodalaniladi. Chiziq rasmni yetarlicha kichik bo‘laklarga bo‘lib, hosil bo‘lgan nuqtalarni
to‘g‘ri chiziq bo‘ylab birlashtiradi. Chekli sondagi chiziqlar yordamida xohlagan jismni
shaklini yoki ixtiyoriy murakkab chiziqni xosil qilish mumkin. Bunday texnologiyaning
asosiy foydali tomoni uni soddaligidadir: har bir chiziqcha uchun chekka nuqtalari koor-
dinatarini saqlash kifoya. Shu usul bilan juda murakkab katta va egri chiziqlarni ko‘plab
nuqtalar orqali ifodalash mumkin.
Rastrli grafikada tasvirning asosini nuqta tashkil etsa vektorli grafikada esa chiziq.
Kompyuter grafikasining quyidagi turkumlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
•
tijoratga oid;
•
namoyishlarga oid;
•
muhandislikka oid;
•
ilmiy;
•
ko‘rgazmali;
•
animatsion.
Tijoratga oid grafika elektron jadvallarda yoki berilganlar bazasidagi axborotlarni
aks ettirish uchun xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda bug‘galteriya hisobini yuritishda foy-
dalanib kelinmoqda. Bu axborotlar kompyuter monitor ekranida grafik, gistogramma,
diagramma va xohlagan boshqa ko‘rinishlarda aks ettirilishi mumkin. Bunda grafiklar
115
matn izohlari va ma’lum joylarda shartli belgili izohlar bilan ta’minlanadi.
Tijorat grafikasiga tegishli bo‘lgan amaliy dasturlar paketi tasvirni ekranda tez-
da va qulay ifodalashga qaratilgan, chunki tijoratchining asosiy maqsadi axborotlarni
qayta ishlash jarayonidagi o‘zgarishlarni tezda muhokama qilib, tegishli qarorlar qabul
qilishdan iboratdir. Tasavvurni yanada oshirish uchun ushbu paketlarda tasvirni turli
grafika shaklida tasvirlash imkoniyati kiritilgan. Bu esa, o‘z navbatida, barcha turdagi
tasvirlarni ekranda birgalikda ko‘rib, tahlil qilish imkoniyatini oshiradi. Bu paketlarning
eng ahamiyatli tomoni shundaki, ular tasvirlarni turli shaklda berishdan tashqari aks
ettirilgan grafikalarni tahlil qilish imkoniyatini ham beradi. Shu sababli bu paketlarga
turli matematik tahlil usullari, jumladan statistik tahlil, ehtimollar nazariyasi, iqtisodiy
jarayonlar bashorati kabi usullar kiritilganki, ular berilgan axborot to‘plamini tahlil qi-
lish imkonini beradi. Iqtisodiyotni statistika yo‘nalishi uchun mukammal dasturiy paket
hisoblanadi. Bu esa ayniqsa iqtisodiy ko‘rsatgichlar bilan ishlaganda katta samara
beradi.
Namoyish qilish grafikasi – matn, sxema, eskiz kabi hujjatlarning elektron tasvirini
hosil qilib uni namoyish etishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu yerda eng asosiy
vazifa – yuqori sifatli va chiroyli ko‘rinishdagi tasvirlar hosil qilishdan iborat. Bu turdagi
grafikaning eng afzal tomoni shundaki, undagi tasvirlar to‘plami va ko‘rinishini tezda
o‘zgartirish mumkin.
Injenerlik grafikasi bunday grafika chizmachilik, loyihalash va konstruktorlik ishla-
rini avtomatlashtirishda keng qo‘llaniladi. Injenerlik grafikasi tahlil, sintez, modellash-
tirish, chizmachilik, boshqarish va shu kabi loyihalash ishlarini avtomatlashtirishning
hamma bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Injenerlik grafikasi hozirgi kunda qurilish soxasini
ajralmas qismi xisoblanadi. Shu sabab hozirgi kunda, mahsus dasturlar yordamida
asosan mashinasozlik va ishlab chiqarishning boshqa jarayonlarida ham qo‘llanilib
kelinmoqda.
Ilmiy grafika ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, fizik, biologik va
boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda qo‘llaniladi. Ilmiy grafikaning eng asosiy maqsa-
di ilmiy izlanishlarda hosil bo‘ladigan axborotlarni vizuallashtirish – ko‘zga ko‘rinarli
shakl da ifodalashdir. Ayniqsa, bu yo‘nalish atom energiyasi manbalarini tadqiq qilish-
da, kosmonavtika, samolyotsozlikda, geografiya va okeanologiyada – xullas, qamrovi
katta, tez kechadigan jarayonlarni o‘rganishda keng qo‘llaniladi. Shuningdek, ilmiy iz-
lanishlar natijalarini kerakli shaklda diagrammalar, xaritalar, jadvallar va turli matematik
formulalar shaklida tasvirlashda ishlatilishi mumkin. Bu qulayliklar mazkur turkumni
deyarli barcha sohalar uchun foydali ekanini ko‘rsatib beradi.
Ko‘rgazmaviy grafika – namoyish va tijorat grafikalarining rivoji bo‘lib, shu ikkala
grafika imkoniyatlarining yig‘indisini tashkil etadi. Bu grafika ayrim grafikalarni slaydlar
ketma-ketligidan iborat taqdimot qilib yaratib, so‘ngra uni ma’lum vaqt ichida ekranda
ketma-ket ko‘rgazma shaklida namoyish etadi. Har bir slaydning ekrandagi tasviri ovoz
va vizual effektlar bilan qo‘shib olib borilishi mumkin. Bundan tashqari, tayyor grafik-
ni tahrir qilish imkoniyati ham mavjud. Shu sababli, foydalanuvchilarga katta qulaylik
beradi.
Ayniqsa, so‘nggi vaqtlarda ushbu namoyishlarga nafaqat oddiy slaydlar, balki
audio va video boshqa turli formatdagi ma’lumotlarni qo‘shish orqali samaradorligini
oshirish imkoniyati mavjud.
Animatsion grafikada rang bilan ishlashdagi muvaffaqiyatlar muhandislik gra-
116
Do'stlaringiz bilan baham: |