“ 3-sinf o‘quvchilari nutqini sinonim va antonimlar bilan boyitish yo‘llari



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/28
Sana23.06.2022
Hajmi0,87 Mb.
#695546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
3-sinf oquvchilari nutqini sinonim va antonimlar bilan boyitish yollari

 
Tadqiqot metodlari.
Ishimizda kuzatish, qiyoslash, malakali o‘qituvchilar 
tajribasini o‘rganish kabi metodlardan foydalandik. 
Tadqiqotning metodologik asoslari. 
Bilish nazariyasi, til va tafakkurning 
uzviy bog‘liqligi, o‘quvchini ta`limning faol subyektiga aylantirish kabi tamoyillar 
bitiruv malakaviy ishimizning metodologik asosini tashkil qiladi. 



Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi
. Boshlang‘ich sinflarda ma`nodosh 
va zid ma’noli so‘zlar ustida ishlashga doir samarali usul va mashqlar tizimining 
ishlab chiqilgani bitiruv malakaviy ishimizning ilmiy yangiligini tashkil qiladi.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Ma’nodosh va zid 
ma’noli so‘zlarni o‘quvchilarning faol nutqiga kiritishga doir mashqlarning ishlab 
chiqilgani bitiruv malakaviy ishining ilmiy ahamiyatini tashkil qiladi. 
Bitiruv malakaviy ishimizning amaliy ahamiyati shundaki, undan boshlang‘ich 
sinf o‘qituvchilari ma’nodosh zid ma’noli so‘zlar ustida ishlashda metodik 
qo‘llanma sifatida foydalanishi mumkin. 
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi. 
Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, 
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 



I bob 
Boshlang‘ich sinflarda sinonim va antonimlar ustida ustida 
ishlashning lingvometodik asoslari
 
1.1. Sinonim va antonimlarning tilshunoslikdagi talqini 
Lingvistik adabiyotlarda sinonimlar “bir xil ma’noli so‘zlar ” yoki “bir 
biriga yaqin ma’noli so‘zlar” sifatida ta’riflanadi. Shuningdek, ayrim 
mutaxassislar ikki yoki undan ortiq so‘zning sinonimligini belgilashda ma’no 
emas, ular ifodalaydigan tushuncha asosga olinishi kerakligini ta’kidlaydilar va 
sinonimlarni bir xil yoki bir-biriga yaqin tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar deb 
baholaydilar. 
Sinonimlarni “bir-biriga yaqin ma’noli so‘zlar” va “bir-biriga yaqin yoki bir 
xil tushunchani bildiruvchi so‘zlar” deb ta’riflovchilar ularning (sinonimlarning) 
ma’nosi va boshqa xususiyatlari jihatidan o‘zaro teng (bir xil) bo‘lmaligini nazarda 
tutadilar. To‘g‘ri, ma’nosi va boshqa xususiyatlari jihatidan bir-birini to‘la 
qoplaydigan, bir-biriga mutloqo teng bo‘lgan sinonimlar tilda yo‘q darajada. 
Lekin buni nazarda tutib, sinonimlarni “bir-biriga yaqin ma’noli so‘zlar”, 
shuningdek, “bir xil yoki bir-biriga yaqin tushuncha ifodalovchi so‘zlar” deb 
ta’riflash to‘g‘ri bo‘lmaydi. 
Til hodisalari bir guruhga, bir turga birlashar ekan, bu birlashish ulardagi 
yaqinlik asosida emas, balki birlik (bir xillik) asosida bo‘ladi. Yaqinlik yaqinlash-
tiradi, lekin birlashtirmaydi. Demak, ikki va undan ortiq so‘z ma’nosi asosida 
o‘zaro birlashar ekan, o‘zaro birlik hosil qilar ekan, o‘z-o‘zidan, ularning 
ma’nosida bir xillik (birlik) bor bo‘ladi. Masalan, guvoh, shohid so‘zlari ”biror 
voqea hodisani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, uni tasdiqlovchi shaxs” ma’nosini 
bildiradi, ya’ni ikkalasiham shu ma’noga ega. Ikkalasida ham bo‘lgan ana shu 
ma’no bu so‘zlarni birlashtiradi, sinonim qiladi. 



Ma’nodagi yaqinlikka qarab so‘zlarning sinonimligini belgilab bo‘lmaydi. 
Chunki so‘zlarning ma’no jihatdan yaqinligi har xil darajada bo‘lishi mumkin . 
ba’zi so‘zlar ma’no jihatdan boshqa so‘zga juda yaqin bo‘lsa, boshqa bir so‘zga 
yaqinligi nisbatan kuchsiz bo‘lishi, yana bir so‘zga ma’no jihatan yaqinligi esa 
sezilarsiz darajada bo‘lishi mumkin. Lekin har uch holatda ham (qay darajada 
bo‘lmasin) ma’no jihatdan yaqinlik bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ikki va undan ortiq 
so‘zning o‘zaro sinonimligini belgilashda ma’nodagi yaqinlik asosga olinadigan 
bo‘lsa, u holda ma’nosi bir-biriga juda yaqin bo‘lgan so‘zlar bilan birga, qisman 
bo‘lsada ma’noda yaqinligi bor so‘zlar ham sinonim deb qaralishi kerak bo‘ladi. 
Masalan, kulmoq, iljaymoq, jilmaymoq, tirjaymoq, irjaymoq, irshaymoq, 
ishshaymoq, xoxolamoq, xihilamoq, he-helamoq, qahhahlamoq, piqirlamoq, 
qiqirlamoq so‘zlarning ma’nosida, qay darajada bo‘lmasin, yaqinlik bor. Lekin 
bularning hammasi o‘zaro sinonim deb bo‘lmaydi. Buni jilmaymoq bilan 
piqirlamoq, qahqahlamoq bilan qiqirlamoq so‘zlarini qiyoslaganda ham aniq 
sezish mumkin.
Ko‘rinadiki, so‘zlarning o‘zaro sinonimligini belgilashda ma’nodagi 
yaqinlikni asosga olish to‘g‘ri bo‘lmaydi, ya’ni ma’nodagi yaqinlik asosida ikki 
yoki undan ortiq so‘zning sinonimligini to‘g‘ri belgilab bo‘lmaydi. 
Sinonimlarni belgilashda so‘z bildiradigan tushunchani asosga olish ma’noni 
asosga olishdan biror afzallikka ega emas, hatto, bu yo‘lni to‘g‘ri deb ham 
bo‘lmaydi. Asosiy dalil sifatida shuni aytish kifoyaki, har qanday so‘z tushuncha 
ifodalayvermaydi, lekin u ma’noga ega bo‘ladi va tushuncha ifodalamaydigan 
bunday so‘zlar biror ma’nosi bilan o‘zaro sinonim bo‘lishi mumkin. Masalan,
hamma, barcha, bari olmoshlari, balli, tasanno, ofarin undovlari, istak bildiruvchi 
zora, shoyad, koshki, so‘zlari va b. sinonimiya hodisasi faqat leksik birliklarda 
emas, hatto, affikslarda ham borligi e’tiborga olinsa, bu masalada 
“tushunchaga”asoslanib ish ko‘rish to‘g‘ri bo‘lmasligi yana ham aniq ko‘rinadi. 
Xullas, ikki yoki undan ortiq so‘zning o‘zaro sinonimligini belgilashda ma’noga 
asoslanish to‘g‘ri yo‘ldir. Shunday ekan, o‘zaro sinonim bo‘lgan so‘zlarning 
ma’nodagi munosabati qanday bo‘lishini belgilash asosiy masala hisoblanadi. 



Avvalgi bo‘limlardan ma’lumki, so‘zning ma’nosi (semema) ma’lum 
komponentlardan (semalardan) tashkil topadi. Bundan tashqari, so‘zning semantik 
strukturasiga turli ma’no ottenkalari, emotsional bo‘yog‘I, stilistik belgisi, boshqa 
so‘zlar bilan bog‘lanish xususiyati kabilar ham kiradi. Demak, sinonimlarning 
ma’nodagi ana shu komponentlar nuqtai nazaridan o‘zaro munosabati qanday 
ekanini belgilash kerak bo‘ladi. 
Sinonim – so‘zlar semantik strukturasiagi komponentlar ichida ularni o‘zaro 
birlashtiradigan (sinonim ekanini belgilaydigan) va farqlaydiganlari bo‘ladi.
Ikki yoki undan ortiq so‘zni o‘zaro sinonim qiladigan narsa bu so‘zlar 
semantik strukturasidagi asosiy qismning, ya’ni leksik ma’noning bir xilligi, leksik 
ma’noni yuzaga keltiradigan komponentlarning (semalarning) bir xil bo‘lishidir. 
Shuning uchun ham ikki yoki undan ortiq so‘zning o‘zaro birlashtiradigan
(sinonim qiladigan ) ma’nosining izohi bir xil bo‘ladi. Masalan, tez, ildam, jadal 
so‘zlarining hammasi “normadan yuqori temp bilan”degan ma’noni bildiradi.
Ularning har biri o‘z semantik strukturasida yana boshqa qo‘shimcha 
komponentlarga ega bo‘lishi mumkin. Lekin hammasining leksik ma’nosini
ma’nodagi “normadan yuqori sur’at bilan” degan qism tashkil etadi, ya’ni 
hammasining semantik strukturasidagi asosiy narsa, leksik ma’noni belgilovchi 
narsa ana shu. Ma’nodagi xuddi ana shu umumiylik, birlik bilan tez, ildam, jadal 
so‘zlari sinonimlik hosil etadi. 
Demak, ikki yoki undan ortiq so‘zni o‘zaro sinonim etadigan narsa bu so‘zlar 
leksik ma’nosining mavjud bo‘lgan bir xil bo‘lishidir. Agar leksik ma’no 
(semema) bir xil bo‘lmasa, sinonimlik haqida gapirish mumkin bo‘lmaydi. 
Masalan, qaramoq, tikilmoq, termilmoq so‘zlari, umuman olganda, “biror narsa 
yoki tomonga ko‘z-nazarni yo‘naltirmoq, ko‘z tashlamoq” ma’nosini bildiradi. 
Lekin termilmoq, tikilmoq fe’llari umuman “qarash” ma’nosini emas, balki ko‘z 
olmagan holda bo‘lishni, ko‘z tikkan holatda bo‘lishni bildiradi. Demak, bularning 
ma’nosida “ko‘z uzmagan holda, ko‘z tikkan holda” komponenti (semasi) bor. 
Qaramoq, boqmoq so‘zlarining ma’nosida bu komponent yo‘q. Ko‘z uzmasdan 
qarash ma’nosining aniq ifodalanishida qaramoq, boqmoq so‘zlari boshqa 


10 
vositalar bilan yoki termilmoq, tikilmoq so‘zlarining o‘zi bilan qo‘llanadi: Shu 
vaqtgacha kallasini solintirib, o‘yga botib o‘tirgan otasi o‘g‘liga termilib qaradi 
(M. Ismoiliy). Qiya ochilgan eshikdan tikilib qaragan qizning endi ko‘chada 
nimchasini yuziga pana qilib turishi g‘alati bo‘lsa ham, Elmurod buning “qishloq 
sharoitiga mos” ekanini angladi (P. Tursun). To‘yib qarashlaridan Hayot sochilar 
edi, Gullar ochilar edi (H. Olimjon). Demak, qaramoq, boqmoq, tikilmoq, 
termilmoq so‘zlari o‘zaro emas, balki qaramoq bilan boqmoq va termilmoq, 
tikilmoq so‘zlari o‘zaro sinonim bo‘ladi.
Eshitmoq so‘zi umuman biror ovozning quloqqa chalinishi ma’nosini ham, 
shuningdek diqqat-e’tibor bilan tinglash ma’nosini ham bildira oladi. Tinglamoq 
so‘zi esa faqat diqqat- e’tibor bilan eshitish ma’nosini biliradi. Demak, eshitmoq 
fe’li faqat shu ma’nodagina tinglamoq so‘zi bilan sinonim bo‘la oladi; Bu 
so‘zlarga Qosim cho‘ng Tebratib qalin labin, Diqqat bilan eshitdi Qodir oxun 
talabin (G‘ayratiy). Ahmedov uning so‘zini bo‘lmasdan tek o‘tirib tingladi (A. 
Qahhor). Demak, bunda harakat subyekti aktiv bajaruvchi sifatida bo‘ladi, aktiv 
bajaruvchi sifatida esa faqat insongina bo‘lishi mumkin. Xuddi shu sababga ko‘ra, 
aytib o‘tilgan ma’noda eshitmoq, tinglamoq so‘zlari o‘zlik daraja formasida 
qo‘llanmaydi. Quyidagi misolga e’tibor bering: 
Bu shaharning tubiga
Qulog‘ing tutsang,
Hali ham tinglanadi 
Zor , yig‘i – ohang 
(G‘ayratiy) 
Bu misolda tinglamoq fe’li eshitilmoq fe’lining sinonimi sifatida noto‘g‘ri 
qo‘llangan. Eshitilmoq fe’li biror ovozning qulloqqa kirishi, quloqqa chalinishi 
ma’nosida qo‘llana oladi. Bunda subyekt aktiv bajaruvchi bo‘lmaydi. Demak, 
bundda o‘zaro sinonim bo‘lgan eshitmoq, tinglamoq fe’llarining ma’nosidagi 
“diqqat-e’tibor bilan” degan komponent bo‘lmaydi. Tinglamoq so‘zining 
ma’nosida esa shu komponent hamma vaqt bo‘ladi. Binobarin shu narsa aslida 


11 
yo‘q bo‘lsa, tinglamoq fe’lini eshitmoq fe’lining sinonimi sifatida qo‘llash to‘g‘ri 
bo‘lmaydi. 
Yana faktlarga murojaat etaylik. Bayram va hayit so‘zlari, umuman olganda, 
biror munosabat bilan bo‘ladigan umumiy shodlik, tantana kuni ma’nosiga ega, 
shu ma’noda ular o‘rtasida umumiylik bor. Shunga ko‘ra hatto ularni badiiy 
asarlarda bir xil ma’noda qo‘llash hollari uchraydi: 
Quyosh qo‘shiqlarining mavjida suzar, 
Kuy, ijod bilan xalq kutadi hayit. 
Bu bayram tarixning yorqin kunduzi, 
Kunduzni saqladik tikib jonu tan. (Oybek) 
Lekin bayram va hayit bir-biridan tamomila farqli narsalarni bildiradi. Hayit 
diniy tushunchani bildiradi. Bayram esa bunday xususiyatgaega emas. Demak, 
bayram, hayit so‘zlarining ma’nosi bir xil emas va ular sinonim bo‘la olmaydi. 
Yonmoq, kuymoq fe’llari, umuman olganda, olovlanish holatini bildiradi. Lekin 
birinchisida (yonishda) alangalanish bo‘ladi. Kuyishda esa bo‘lmaydi. Demak, ular 
shu farqli xususiyatlari bilan sinonim bo‘la olmaydi. Ot, umuman olganda, ulov. 
Lekin u ulovning bir turi. Shu sababli ot va ulov so‘zlari sinonim bo‘la olmaydi. 
Jomakor umuman kiyim emas, balki ish kiyimi. Shu sababli jomakor va kiyim 
so‘zlari sinonim emas. 
Bu faktlarning hammasi ikki yoki undan ortiq so‘zning sinonimligini ularning 
ma’nosidagi yaqinlik yoki juda umumiylik emas, balki bir xillik belgilanishi 
ko‘rsatadi.
Ikki yoki undan ortiq so‘zning sinonimligini belgilashda leksik ma’no bilan 
so‘zning kontekstda reallashadigan ma’nosini farqlash kerak bo‘ladi. Sinonimlik 
leksik ma’noning bir xilligiga ko‘ra bo‘ladi. Leksik ma’no bilan kontekstda 
reallashaddigan ma’no asosida sinonimlik hosil bo‘lmaydi. Misol: - 
Madamingov bundan ikki hafta burun mening akamni o‘ldirdi …- Shunday 
do‘stim. Endi uning o‘zini yo‘q qilmasak, seni ham meni ham yeydi (P. Tursun). 
Misolda yemoq fe’li “o‘ldirmoq” ma’nosida qo‘llangan. Lekin uning bu ma’nosini 


12 
shu kontekstagina reallashyapti, ya’ni bu ma’no yemoq so‘zining leksik ma’nosi 
emas. Shunga ko‘ra, yemoq fe’li o‘lirmoq fe’li bilan sinonim bo‘la olmaydi.
Xuddi yuqoridagi sabablarga ko‘ra, besh balli baho sistemasida shartli 
ravishda qo‘llanadigan ikki, uch, to‘rt, besh so‘zlari yomon, o‘rta, yaxshi, a’lo 
so‘zlariga sinonim bo‘la olmaydi. Ikki, uch, to‘rt, besh so‘zlari shunday leksik 
ma’noga ega bo‘lmaganidan, ular bu ma’noda qo‘llanganda, asosan, so‘z bilan 
emas, raqam bilan yoziladi va ko‘pincha qo‘shtirnoqda (“2”) beriladi. Shuningdek, 
ko‘pincha ularning izohi ham keltiriladi: 
Uning uchun o‘qishda 
“2” – yomon bo‘lmasa… 
Beshovi bir klassda 
O‘qisharkan besh- a’lo 
(P. Mo‘min). 
Sinonimlik leksik ma’noning bir xilligiga ko‘ra bo‘lar ekan, o‘z-o‘zidan, 
sinonimlar bir turkumga oid so‘zlar bo‘ladi . Shunga ko‘ra, ma’lum kontektsda bir 
turkumga oid so‘z boshqa bir turkumga oid so‘zga xos ma’noda qo‘llansa-da, 
lekin ular sinonim bo‘la olmaydi: Qani endi yer bo‘lsa… Mana Karim akani oling 
(N. Safarov). Dehqon yer bilan tirik. Misolda oling so‘zi “masalan” degan 
ma’noda qo‘llangan. Lekin olmoq fe’li bilan masalan so‘zi sinonim bo‘la olmaydi.
Sinonimlik ma’noga ko‘ra, ma’nodagi bir xillikka ko‘ra bo‘lar ekan, o‘z-
o‘zidan, ikki yoki undan ortiq so‘zning butunlay sinonimligi emas, balki u yoki bu 
ma’nosida sinonimligi haqida gapirish to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki tildagi so‘zlar bir 
manoli yoki ko‘p ma’noli bo‘lishi mumkin. Ko‘p ma’noli so‘zlarning ma’no 
miqdori har xil bo‘lishi mumkin, ya’ni ba’zi so‘zlar ikki-uchta ma’noga, ba’zilari 
esa juda ko‘p ma’noga ega bo‘ladi. Bunday so‘zlar boshqa ko‘p ma’noli so‘z 
bilan ma’lum bir ma’nosi yoki ma’nolarida sinonimlik hosil etadi. Masalan, toza, 
sof, beg‘ubor, musaffo so‘zlarining har biri ko‘p ma’noli. Lekin ular faqat bir 
ma’nosida – “chang-g‘ubordan holi” degan ma’nosida o‘zaro sinonimdir. Misollar: 
To‘ymay o‘ynar sho‘x qushchalar toza havoda (G‘ayratiy). Tong yeli sof havo 
bilan birga… sho‘xsoyning shovullagan ovozini keltirmoqda (H. Nazir). 


13 
Ko‘p ma’noli so‘zlar birdan ortiq ma’nosida sinonim bo‘lishi mumkin. 
Masalan, alohida, ayrim so‘zlari ko‘p ma’noli. Shulardan uch ma’nosida ular 
sinonim: 
O‘ziga mustaqil, boshqalaridan xoli. Misol: Nuri alohida xonada o‘z o‘rtoqlari – 
obro‘li oilalarning qizlari bilan o‘tirar edi (Oybek). Tantiboyvachcha ko‘pdan 
tanish hovliga – atrofi ayrim-ayrim eshikli xonalar bilan o‘ralgan hovliga kirdi. 
Boshqalardan farqli holda, o‘ziga xos. Misol: Past g‘o‘zalarga alohida e’tibor 
berilmoqda. Zokir ota juda tajribali paxtakor, qo‘li gul odam. Unga ayrim e’tibor 
qilish, shubhasiz yaxshi. 
Boshqalariga qo‘shmay, o‘zini mustaqil holda. Misol: Men boya muzokaraga 
chiqib pravleniye va uning raisi Bo‘taboyning ishlaridagi kamchiliklarni tanqid 
qilganimda maktab masalasini ham qistirib o‘tsam bo‘lar edi, lekin bu masala 
alohida qo‘yilganligi uchun qistirmadim. (A. Qahhor) Bu masalani ayrim hal 
qilamiz. (P. Tursun)
Ikki yoki undan ortiq so‘zning sinonimligi ularning ma’nosi asosida bo‘lar ekan, 
ko‘p ma’noli so‘zlar bir ma’nosi bilan ma’lum bir so‘z yoki so‘zlarga, boshqa bir 
ma’nosi bilan yana ma’lum bir so‘z yoki so‘zlarga sinonim bo‘lishi mumkinligi 
tabiiy. Masalan, bitirmoq fe’li ko‘p ma’noli. U o‘zining har bir ma’nosi bilan 
boshqa-boshqa so‘zlarga sinonim bo‘ladi. Masalan, u quyidagi ma’nolari bilan 
quyidagi so‘zlarga sinonim bo‘ladi: 1. Yakuniga yetkazmoq. Bu ma’nosida 
bitirmoq fe’li tugatmoq, tugallanmoq fe’llariga sinonim: Yig‘im-terimni 
bo‘lganimizdan keyin boshlasak, sovuq tushmay bitiramiz (A.Qahhor). Bizda ham 
o‘qishni tugatib uylanish odat bo‘lib qoldi,-dedi Yo‘ldosh (Shuhrat). O‘ninchini 
tugallagan yigit-qizlarning maktabni bitirish marosimiga hozirlik ko‘rilar edi. 
2. Ish, vazifa va shu kabilarni amalga oshirmoq, bajo keltirmoq. Bu ma’noda 
bitirmoq fe’li bajarmoq, ado etmoq, o‘tamoq, bajo qilmoq fe’llariga sinonim: 
Mehnatni siz qilingiz, katta ishni ko‘ngildagidek bitirib keldingiz. Hozir ko‘klam 
ekin kompaniyasiga puxta taraddud ko‘rib olgan dehqon urug‘ yerga qadayotgan 
pallada qiynalmaydi, ishni sifatli bajaradi va boshqalar


14 
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ldiki, ikki yoki undan ortiq o‘zning sinonimligi 
ularda hammasi uchun umumiy ma’noning borligiga ko‘radir. Biror so‘zning 
boshqa so‘z yoki so‘zlarga sinonimligi har vaqt konkret bir birlashtiruvchi ma’no 
bilan bo‘ladi. Birlashtiruvchi ma’no o‘zaro sinonim bo‘lgan so‘zlarning 
hammasida bo‘ladi. Bu sinonimlarning birlik tomoni, birlik xususiyatidir. 
Birlashtiruvchi ma’no bo‘lmasa, sinonimlik haqida gapirish mumkin emas.
O‘zaro sinonimlik munosabatda bo‘lgan so‘zlar birlikda sinonimlik qatorini 
hosil etadi; o‘yin, raqs; yanglish, xato, noto‘g‘ri; g‘alaba, zafar, tantana va b. 
Sinonimlarning semantik strukturasida bir xil bo‘lgan qism, birlashtiruvchi leksik 
ma’nodan tashqari yana boshqa qismlar har bir sinonima o‘ziga xos, 
boshqasidagidan farqli bo‘ladi. Ana shu farqlar sinonimlardan har birining tilda 
yashashini, tilda har birining qo‘llanish o‘rnini ta’minlaydi. Tilda har jihatdan bir - 
biriga teng bo‘lgan, har jihatdan bir-birini qoplaydigan ikki yoki undan ortiq 
so‘zning bo‘lishiga ehtiyoj yo‘q. ehtiyoj yo‘q ekan, bunday xususiyatli so‘zlar ham 
bo‘lmaydi. Demak, tilda sinonimlarning borligining o‘ziyoq o‘zaro sinonim 
bo‘lgan har bir so‘z o‘ziga xos qandaydir xususiyatga yoki xususiyatlarga egaligini 
ko‘rsatadi. Haqiqatdan ham shunday. Ma’nosi va boshqa xususiyatlari bilan bir – 
biriga juda teng keladigan so‘zlar asosan ilmiy terminlarda uchrab turadi: inqilob, 
agitatsiya, tashviqot; tema, mavzu kabi. Lekin bunday sinonimlar ham qandaydir 
belgisi, masalan, qo‘llanish darajasi, eskirganlik yoki eskirmaganligi va sh.k. bilan 
ma’lum darajada farqlanib turadi. Agar hech qanday farqli belgi bo‘lmasa, bunday 
sinonimlik o‘tkinchi holat bo‘lib, ma’lum vaqtlardan so‘ng ulardan biri shu 
ma’noda iste’moldan chiqadi. Tilning tabiati shuni talab etadi.
Sinonimlarning o‘zaro farqli xususiyatlari anchagina. Bulardan eng asosiysi 
ularning har birining ma’nosidagi farqli belgilardir. 
Sinonimlarning o‘zaro farqli belgisi, avvalo, ularning ma’no hajmida, 
aniqrog‘i, ma’no ottenkasida ko‘rinadi. Masalan, o‘zaro sinonim bo‘lgan 
so‘zlardan biri biron qo‘shimcha ottenkaga ega bo‘lmasligi, boshqasi esa 
qandaydir ottenkaga ega bo‘lishi mumkin. Misollarga murojaat etaylik: 
yordamlashmoq, ko‘maklashmoq, qarashmoq, boqishmoq so‘zlari “yordam 


15 
ko‘rsatmoq” ma’nosi bilan o‘zaro sinonim. Bu sinonimlar ichida yordamlashmoq 
so‘zining ma’no hajmi keng. U biron qo‘chimcha ottenkaga ega emas. Bu so‘z 
moddiy jihatdan, shuningdek ish-harakat va sh. k. bilan yordam ko‘rsatish 
ma’nosida qo‘llanaveradi. Ko‘maklashmoq, qarashmoq, boqishmoq so‘zlari 
asosan ish-harakat, xizmat bilan yordam ko‘ratish ma’nosida qo‘llanadi. Ko‘p, 
ancha, talay, mo‘l, serob so‘zlari “son-miqori normadan ortiq” ma’nosi bilan 
sinonim. Bulardan ko‘p so‘zining ma’no hajmi keng. U miqdorning, sonning 
normadan ortiqligini, shuningek ish-harakatning son-miqdor jihatdan normadan 
ortiqligini ham ifodalaydi: odam ko‘p, vaqt ko‘p, suv ko‘p kabi. Mo‘l, serob 
so‘zlari esa narsa miqdorining normadan ortiqligini ifodalaydi va konkret 
narsalarga nisbatan qo‘llanadi. Ish-harakatning, shuningdek vaqtning miqdoran 
normadan ortiqligini ifodalash uchun qo‘llanmaydi. Masalan, suv mo‘l, suv serob 
deyilai, lekin vaqt mo‘l, vaqt serob yoki mo‘l so‘zladi eyilmaydi. Quyidagi 
misolda ham mo‘l sozining qo‘llanishi noto‘g‘ri: 
Shuning uchun baxting mo‘l, 
Keng Vataning chaman gul. (P. Mo‘min). 
Yuvosh, mo‘min, qobil sinonimlaridan yuvosh so‘zi shaxsga, shuningdek 
hayvonlarga nisbatan qo‘llanaveradi.
Mo‘min, qobil so‘zlari faqat odamga nisbatan qo‘llanadi. Iflos, isqirt, irkit, 
isliqi, iqna, ivirsiq, nopok sinonimlaridan iflos so‘zining ma’no hajmi keng. U toza 
bo‘lmagan har qanday narsa, holatga nisbatan qo‘llanaveradi. Isqirt, irkit so‘zlari 
odam va uning kiyim-boshiga nibatan qo‘llanadi. Isliqi asosan kiyim-boshga 
nisbatan, iqna odamga nisbatan qo‘llanadi. Ivirsiq joyga nisbatan qo‘llanadi. 
Ko‘paymoq, ortmoq sinonimlaridan ko‘paymoq asosan konkret narsalarga nisbatan 
qo‘llanadi. Quyidagi misolda uning mavhum narsaga (e’tiborga) nisbatan 
qo‘llanishi noto‘g‘riligi aniq seziladi: 
Sizlar bo‘lib o‘lkamiz madori, 
Tobora ko‘paydi e’tibori (Habibiy). 
Bu o‘rinda kopaymoq fe’li emas, ortmoq fe’li qo‘llanishi kerak edi va b.


16 
Demak, sinonimlarning o‘zaro farqli xususiyatlariddan biri ularning 
qo‘shimcha ottenkaga ega yoki ega-emasligida bo‘lib, bu xususiyat shu sinonimlik 
qatoragi so‘zlarning qo‘llanish doirasini, qo‘llanish o‘rnini ham belgilaydi. 
Sinonimlar bildiradigan vaqt , harakat, belgi, miqdor kabilarda ularning har 
birida belgining darajasi har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, avval, oldin, ilgari, 
burun, qadim sinonimlaridan ilgari so‘zida vaqtning o‘tishiga qarab uzoqlik 
darajasi avval, oldin so‘zidagidan ortiq. Burun so‘zida ilgari so‘zidagiga nisbatan, 
qadim so‘zida esa burun so‘zidagiga nisbatan ortiqroq. Kuch, quvvat, mador, 
majol, darmon so‘zlari, asosan, kuch-quvvatning normal holatdan pastligini 
ifodalashda qo‘llanadi. Demak, sinonimlar bildirgan belgi darajasidagi har xillik 
ham shu so‘zlarning ma’nosidagi farqli ottenkalari hisoblanadi. 
Sinonimlar emotsional bo‘yoqqa bo‘lgan munosabatiga ko‘ra o‘zaro 
farqlanishi mumkin. O‘zaro sinonim bo‘lgan so‘zlarning ba’zilari emotsional 
bo‘yoqli bo‘lishi, ayrimlari esa emotsional bo‘yoqqa ega bo‘lmasligi mumkin. 
Emotsional bo‘yoqli sinonimlar salbiy yoki ijobiy emotsiyani bildirishiga ko‘ra 
ham o‘zaro farqlanadi:1) ijobiy emotsional bo‘yoqli so‘zlar, 2) salbiy emotsional 
bo‘yoqli so‘zlar. Masalan, bosh, kalla sinonimlarida bosh so‘zi emotsional 
bo‘yoqqa ega emas, kalla so‘zi ko‘proq salbiy emotsional bo‘yoq bilan qo‘llanadi. 
Yuz, bet, aft, bashara, chehra, jamol sinonimlaridan yuz va bet so‘zlari emotsional 
bo‘yoqqa nisbatan neytral, aft va bashara so‘zlari salbiy emotsional bo‘yoqqa, 
chehra, jamol so‘zlari esa ijobiy emotsional bo‘yoqqa ega.
O‘zaro sinonim bo‘lgan so‘zlar ma’lum bir uslubga bo‘lgan munosabatiga 
ko‘ra ham bir-biridan farqlanishi mumkin, ya’ni sinonim-so‘z uslubning ma’lum 
bir turiga oid bo‘lishi yoki uslub nuqtai nazaridan neytral bo‘lishi mumkin. 
Masalan, yarashmoq, kelishmoq, ketmoq sinonimlari chiroylilik va moslik 
jihatidan yaxshi (mos) o‘rinlashmoq, chiroyli mos ko‘rinishli bo‘lmoq ma’nosini 
bildiradi. Bulardan yarashmoq stilistik jihatdan neytral , ketmoq esa oddiy 
so‘zlashuvga xos. Misol: Do‘stlarining jilmaygan yuzlari, ularning yangi, 
yarashgan ust-boshlari uning hech qachon xayoliga kelmagan bir fikrni 
shivirlayotgandek bo‘ldi. (P.Tursun). Ammo bu ikki o‘rim soch … juda ham 


17 
o‘ziga kelishib tushib, unga yana bir qayta ulug‘vorlik va oliylik bag‘ishladilar (A. 
Qodiriy). Shunday ketiptiki, lovillaydi-ya, lovillaydi! 
Sinonimlar ichida dialektal xususiyatga ega so‘z bo‘lishi mumkin. Masalan, 
ovz, tovush, un, sado, sas, nido sinonimlaridan sas so‘z, izlamoq, qidirmoq, 
axtarmoq, istamoq sinonimlaridan istamoq so‘zi dialektal. 
O‘zaro sinonim so‘zlar qo‘llanish darajasiga ko‘ra farqlanishi, ya’ni ba’zisi 
keng qo‘llanishi, boshqasi esa kam qo‘llanishi mumkin. Masalan, boshqa, bo‘lak, 
o‘zga sinonimlaridan boshqa so‘zi juda keng qo‘llangani holda bo‘lak so‘zi kam 
qo‘llanadi. O‘zga so‘zi esa bo‘lak so‘ziga nisbatan ham kam qo‘llanadi.
Sinonimlar ma’lum bir so‘zlar bilan birika olish yoki birika olmasligi, ma’lum 
erkin yoki turg‘un so‘z birikmalarida qo‘llana olish yoki qo‘llana olmaslik 
xususiyati bilan ham o‘zaro farqlanishi mumkin. Masalan, ost, tag sinonimlaridan 
ost so‘zi xavf ostida, qo‘l ostida, nazorat ostida, oyoq osti qilmoq kabi 
birikmalarda qo‘llangani holda, bu birikmalarda uning o‘rnida tag so‘zini qo‘llab 
bo‘lmaydi. Tagiga yetmoq, tagi nozik, tag-tubi bilan kabilardagi tag so‘zi o‘rnida 
esa ost so‘zini qo‘llab bo‘lmaydi. Oq oltin birikmasidagi oltin so‘zi o‘rniga tilla 
so‘zini qo‘llab bo‘lmaganidek, qoplama tishni bildiruvchi birikmada asosan tilla 
so‘zi qo‘llanadi tilla tish va b. 
Bir sinonimlik qatordagi so‘zlar ko‘rib o‘tilgan xususiyatlarning bittasi yoki 
bir nechtasiga ko‘ra o‘zaro farqlanishi mumkin. Bu narsa sinonimlik qatorni 
tashkil etuvchi so‘zlarning miqdoriga ham bog‘liq. Masalan, yaxshi, durust, tuzuk, 
binoyi, joyida, soz sinonimik qatoridagi durust, tuzuk so‘zlari yaxshi so‘zidan 
belgi darajasining kuchsizligi bilan farqlanadi. Soz so‘zi belgi darajasining ortiqligi 
va nisbatan kam qo‘llanishi bilan farqlanadi. Binoyi, binoyidek so‘zlari belgi 
darajasining kuchsizligi va ko‘proq ayollar nutqiga xosligi bilan farqlanadi. 
Aytib o‘tilganlardan ma’lum bo‘ladiki, sinonimlar birlashtiruvchi bir xil 
ma’noga ega so‘zlar bo‘lsa-da, lekin bir-biridan farqli turli xususiyatlarga ham ega 
bo‘ladi. Sinonimlardan u yoki bunisini qo‘llashda ana shu farqli xususiyatlarini 
anglab yetish fikrni maqsadga muvofiq ravishda, voqea-hodisani to‘laligi bilan 
ifodalash imkonini beradi. Demak, sinonimlarning bu xususiyatlari tilning 


18 
boyligini, fikr ifodasidagi imkoniyat darajasini ham ko‘rsatadi. Bulardan tashqari, 
sinonimlar nutqda qaytariqlarga yo‘l qo‘ymaslik, nutqni ravon tuzish imkonini 
ham beradi. Voqealikdagi bir narsani ifodalash uchun birdan ortiq so‘zning 
bo‘lishi xuddi ana shu hodisalar bilan izohlanadi.
O‘zaro sinonimik munosabatda bo‘lgan so‘zlar birlikda sinonimik qatorni 
hosil etishini ko‘rdik. Sinonimik qator ikki yoki undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lishi 
mumkin: kutmoq-poylamoq (ikki so‘zdan), payqamoq-sezmoq-fahmlamoq (uch 
so‘zdan), abab-vaj-bahona-bois (to‘rt so‘zdan), ko‘p-ancha-talay-sonsiz-sanoqsiz-
behisob-mo‘l-serob-beadad-bisyor (o‘n so‘zdan) va h.k. demak, sinonimik 
qatorning chegarasi har xil bo‘ladi .
Sinonimik qator necha so‘zdan iborat bo‘lishidan qat’i nazar unda bir so‘z 
asosiy, shu sinonimik qatorning xarakterini belgilovchi so‘z bo‘ladi. Bu so‘z 
dominanta deb yeritiladi. Sinonimik qatortning chegarasini belgilashda, 
shuningdek undagi har bir so‘zning o‘ziga xos xususiyatini ochishda shu qatordagi 
dominantani (asosiy so‘zni) to‘g‘ri belgilash muhim rol o‘ynaydi. Demak, 
dominantani to‘g‘ri belgilash, ayniqsa, sinonimlar lug‘atini tuzishda muhim 
ahamiyatga ega.
Quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan so‘z sinonimik qatordagi asosiy so‘z 
(dominanta ) hisoblanadi.
Dominant sinonimik qatordagi so‘zlar uchun umumiy (bir xil) bo‘lgan 
ma’noni juda aniq (konkret) ifodalaydi. Masala, kechikmoq, xayollamoq, 
uzoqlamoq sinonimik qatoridagi kechikmoq so‘zi mashg‘ul, band, ovora, 
andarmon sinonimik qatorida mashg‘ul so‘zi, otlanmoq, qo‘zg‘almoq, ko‘tarilmoq, 
oyoqlanmoq sinonimik qatorida otlanmoq so‘zi shunday xususiyatga ega. 
Dominantada sinonimik qatordagi so‘zlarga xos umumiy ma’no aniq ifodalanishi 
sababli so‘zlarning o‘zaro sinonimligini belgilashda (sinonimik qatorning 
chegarasini belgilashda ) dominanta asosga olinadi, boshqa so‘zlar bir-biriga 
qiyoslanmaydi, balki dominantaga qiyoslanadi. Masalan, juda, g‘oyat, g‘oyatda 
bag‘oyat, nihoyatda, benihoyat, ashaddiy, o‘taketgan, toza, rosa, xo‘p, biram, 
chunon, beqiyos, mislsiz,obdan, chandon, zap, ko‘p, o‘ta, uvvalo, bisyor, yomon, 


19 
kamoli, kiroyi, o‘larday, o‘larcha, qattiq so‘zlarining sinonimligi toza bilan qattiq 
yoki yomon bilan ko‘p so‘zlarini bir-biriga qiyoslaganda emas, balki bularning 
hammasi juda so‘ziga qiyoslanganda aniq seziladi. 
Sinonimik qatorda ma’no hajmi boshqalarnikiga nisbatan keng bo‘lgan so‘z 
dominanta hisoblanadi. Masalan, boshliq, rahbar, yo‘lboshchi, ishboshi, boshchi, 
katta, ulug‘, sardor, sarvar, sarkarda, xo‘jayin sinonimik qatorida boshliq 
so‘zining, kuch, quvvat, mador, majol, darmon sinonimik qatorida kuch so‘zining 
ma’no hajmi shu sinonimik qatordagi boshqa so‘zlarning ma’no hajmiga nisbatan 
keng, shu sababli dominant hisoblanadi.
Belgini daraja nuqtai nazaridan farqlaydigan so‘zlardan iborat sinonimik 
qatorda belgini normal (neytral) darajada ifodalaydigan so‘z dominant bo‘ladi. 
Masalan, oriq, qiltiriq sinonimik qatorida oriq so‘zi, titroq, qaltiroq qatorida titroq 
so‘zi belgining kuchli-kuchsizli giga nisbatan neytral, qolgan so‘zlar esa 
ma’noni kuchli ottenka bilan ifodalaydi. Shu sababli bu sinonimik qatorlarda oriq, 
titroq so‘zlari doninanta bo‘ladi.
Dominant uslubga nisbatan neytral bo‘ladi. Masalan, kulgi, handa qatorida 
kulgi so‘zi, tarjimon, tilmoch qatorida tarjimon so‘zi uslubga nisbatan neytrallik 
xususiyatiga ega. Qolgan so‘zlar ma’lum biruslubga xosligi, masalan, poetik 
uslubga (xanda), oddiy so‘zlashuvga (mullajiring), eski uslubga (tilmoch) xosligi 
bilan xarakterlanadi. Shu sababli bu sinonimik qatorda kulgi, pul, tarjimon so‘zlari 
dominant bo‘ladi.
Sinonimik qatorda emotsional bo‘yoqqa munosabatiga ko‘ra farqlanadigan 
so‘zlar bo‘lganida, emotsional bo‘yoqqa nisbatan neytral bo‘lgan so‘z dominant 
bo‘la olmaydi. Masalan, jilmaymoq, irjaymoq, ishshaymoq, irshaymoq, tirjaymoq 
sinonimik qatorida jilmaymoq emotsional bo‘yoqqa nisbatan neytral. Qolgan 
so‘zlar esa salbiy emotsional bo‘yoqli. Shu sababli bu sinonimik qatorda 
jilmaymoq so‘zi dominanta hisoblanadi.
Sinonimik qator dialektal xususiyatga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra o‘zaro 
farqlanadigan so‘zlardan iborat bo‘lganida adabiy tilga xos so‘z dominanta bo‘ladi, 
dialektal xususiyatli so‘z hech vaqt dominanta bo‘la olmaydi. Masalan, chap, so‘l 


20 
qatorida chap so‘zi, o‘rnak, namuna qatorida o‘rnak so‘zi adabiy tilga xos va 
dominanta hisoblanadi. So‘l so‘zi esa dialektal xususiyatli.
Sinonimik qatordagi asosiy so‘z (dominanta), ko‘rib o‘tilgan xususiyatlariga 
ko‘ra, o‘z qatoridagi boshqa so‘zlarga nisbatan adabiy tida keng qo‘llanadi.
Sinonimiya til taraqqiyotining ma’lum bir bosqichi nuqtayi nazaridan 
belgilanadi. Til taraqqiyoti protsessida so‘zlarning sinonimik munosabatida ham 
o‘zgarish bo‘lib turadi. Bunda ma’lum davrlarda sinonimik munosabatda bo‘lgan 
so‘zlardan biri istemoldan chiqishi yoki ulardan birining sinonimik munosabat 
hosil qiluvchi ma’nosi yo‘qolishi kabi sabab bilan shu sinonimik qator yo‘qolishi 
va, aksincha, tilda yangi-yangi sinonimik munosabatli so‘zlar, sinonimik qatorlar 
paydo bo‘lishi mumkin.
Ikki yoki undan ortiq so‘zning sinonimligi ularning bir xil ma’noga egaligiga 
ko‘ra bo‘lishini ko‘rdik. Shunday ekan. Sinonimlar tilda ikki hodisa natijasida 
paydo bo‘lishi mumkin bo‘ladi. Birinchidan, tilda yangi so‘zlarning paydo bo‘lishi 
bilan, ikkinchidan tilda bor bo‘lgan so‘z yana yangi ma’no kasb etishi bilan. Bu 
degan so‘z tilda yangi so‘zning paydo bo‘lishi yoki tilda bor bo‘lgan so‘z yangi 
ma’no kasb etishi albatta sinonimning paydo bo‘lishiga olib keladi degan so‘z 
emas. Lekin xuddi shu ikki hodisa asosidagina tilda yangi sinonimlar yuzaga 
kelishi mumkin. Chunki tilda yangi so‘z paydo bo‘lar ekan, u ma’lum bir ma’noga 
ega bo‘ladi. Uning bu ma’nosi tildagi biror so‘z yoki so‘zlarning ma’nosi bilan
bir xillikka ega bo‘lishi yoki ega bo‘lmasligi mumkin. Birinchi holatda yangi 
sinonim paydo bo‘ladi. Ikkinchi holatda esa, yangi so‘z paydo bo‘lishidan qat’i 
nazar, sinonim yuzaga kelmaydi. Shuningdek, tilda bor bo‘lgan so‘z qandaydir 
yangi ma’no kasb etar ekan, bu ma’nosi boshqa so‘z yoki so‘zlarning biror 
ma’nosi bilan bir xillikka ega bo‘lishi mumkin. Bunday taqdirda ham so‘zlarning 
yangi sinonimik munosabati, yangi sinonim yuzaga keladi. 
Tilda yangi so‘zlar, asosan, o‘zga tildan so‘z qabul qilish va tilda mavjud 
bo‘lgan so‘zlar bazasida yangi so‘z yasash orqali paydo bo‘ladi. Adabiy tilning 
yangi so‘z hisobiga boyish nazarda tutilganda, ma’lum dialekt yoki shevaga oid 
so‘zning adabiy tildan o‘rin olishi hodisasini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. 


21 
O‘zga tilga oid so‘z bilan sinonim deb baholanish uchun, avvalo, ular bir xil 
ma’noga ega bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, o‘zlashgan so‘z shu tilning leksik 
birligiga (shu tilning so‘ziga) aylangan bo‘lishi shart. Ma’lum sabablar bilan badiiy 
asarlarda qo‘llanadigan, shuningdek oddiy so‘zlashuv nutqida uchraydigan, adabiy 
til nuqtai nazaridan norma hisoblanmaydigan o‘zga tilga oid so‘z hech vaqt o‘z 
tildagi so‘z bilan sinonim bo‘la olmaydi. Quyidagi ikki misolni qiyoslang: Ayniqsa 
obed paytida choyxo‘rlar shoshirib qo‘yishyapti (S.Ahmad). Bekorga benavot 
bo‘ladigan paytlar o‘tib ketgan (S. Ahmad). Birinchi misoldagi obed so‘zi tushlik 
ma’nosida, ikkinchi misoldagi benavot so‘zi aybdor ma’nosida qo‘llangan. Obed 
so‘zi hozirgi o‘zbek tilida og‘zaki nutqda juda keng qo‘llanadi. Yozma nutqda 
qo‘llanishi ham ko‘payib (kengayib) boryapti. Demak, u o‘zbek adabiy tiliga oid 
so‘zga aylanib boryapti. Shunga ko‘ra, hozirgi o‘zbek tilida tushlik va obed 
so‘zlari sinonim deyish mumkin. Lekin hozirgi o‘zbek tilida benavot so‘zi yo‘q. 
shudnay ekan, aybdor, benavot sinonimik qatori ham yo‘q. 
Dialektal xususiyatli so‘z bilan adabiy tilga xos so‘zning sinonimligini 
belgilashda ham dialektal so‘zning qay darajada adabiy tilga yaqinligini, qay 
darajada adabiy tilda so‘zlashuvchilarga tushunarli (ma’lum) ekanini hisobga olish 
kerak bo‘ladi. Masalan, so‘l, sas so‘zlari o‘zbek adabiy tiliga asos bo‘la 
olmaydigan ba’zi shevalarga xos so‘zlar bo‘lsa-da, lekin ular adabiy tilda 
so‘zlashadigan ko‘pchilikka ma’lum va shu sababli yozma nutqda ham qo‘llanib 
turadi. Shunga ko‘ra so‘l so‘zini chap so‘zining, sas so‘zini ovoz so‘zining 
sinonimi deyish mumkin. Quyidagi misolda esa boshqacha holni ko‘ramiz: Kalta 
kiyim kiygan, toza maktabga borganlarni toshbo‘ron qiling! – degan xitoblar 
eshitildi (J.Sharipov). Toza so‘zi Xorazm shevasida yangi degan ma’noga ega. 
Keltirilgan misolda u xuddi shu ma’noni bildiradi. Lekin uning bu ma’nosi faqat 
xorazm shevalari uchun xos bo‘lib, adabiy tilda so‘zlashuvchilar va o‘zbek tilining 
juda ko‘p shevalari vakillari uchun toza so‘zining bu ma’nosi noma’lum. Demak, 
bu ma’noni adabiy tildagi toza o‘zining ma’nosi hisoblab bo‘lmaydi. Shu sababli 
hozirgi o‘zbek adabiy tili nuqtai nazaridan toza so‘zi yangi so‘ziga sinonim bo‘la 
olmaydi. 


22 
U yoki bu usul bilan so‘z yasalishi natijasida ham tilda yangi so‘zlar paydo 
bo‘la boradi. Bunday so‘zlar tildagi boshqa so‘zlar bilan ma’noda bir xillikka ega 
bo‘lsa, yangi sinonimlar yuzaga keladi. Masalan, oqsamoq fe’lidan –q affiksi 
yordamida oqsoq so‘zi (sifat) yasalgan va bu so‘z tildagi o‘ziga ma’nodosh 
bo‘lgan cho‘loq so‘zi bilan sinonimik munosabat hosil qiladi. O‘z navbatida 
cho‘loq so‘zidan –lan affiksi yoramida cho‘loqlanmoq so‘zi yasalishi natijasida 
cho‘loqlanmoq, oqamoq sinonimik qatori yuzaga keladi.
Tilda yangi paydo bo‘lgan so‘z (o‘zlashtirish, yasalish yo‘li bilan bo‘lmasin) 
tildagi biror so‘z bilan yoki o‘zaro sinonim bo‘lgan bir necha so‘z bilan sinonimik 
munosabat hosil qilishi mumkin. Birinchi holatda yangi sinonimik qator yuzaga 
keladi. Ikkinchi holatda esa tilda bor bo‘lgan sinonimik qatorda yangi so‘z 
qo‘shiladi, sinonimik qatorning chegarasi kengayadi: muharrir, redaktor; ziyoli, 
intelligent; o‘rinbosar, muovun. Bularda ikki so‘zning ma’noddoshligi asosida 
sinonimik qator yuzaga kelgan. Ilg‘or, zarbdor, peshqadam, yetakchi, avangard, 
udarnik, karvonboshi; harorat, temperatura, taft, hovur sinonimik qatorlari avval 
ikki-uch sinonimdan iborat bo‘lib, yangi sinonimlar qo‘shilishi bilan ularning 
qatori kengaya borgan.
Leksikaning boyishida ichki imkoniyatlar, ayniqsa so‘z yasalishi asosiy o‘rin 
tutishi ma’lum. Sinonimlarning paydo bo‘lishi, so‘zlar o‘rtasida sinonimik 
munosabatning rivojlanishida ham u yoki bu usul bilan so‘z yasalishi (yangi so‘z 
hosil qilinishi) muhim rol o‘ynaydi. Yangi so‘z yasalishi bilan tilda bor bo‘lgan 
so‘z yoki so‘zlarga sinonim so‘z yuzaga kelibgina qolmay, tilda o‘zaro sinonimik 
munosabatda bo‘lgan so‘zlardan so‘z yasalishi natijasida yangi sinonimik qatorlar 
yuzaga keladi: zavq, maroq, shavq-zavqlanmoq, maroqlanmoq, shavqlanmoq; 
kam, oz-kamaymoq, ozaymoq. 
Bu o‘rinda aynan bir so‘z (leksema)dan turli affikslar yordamida yasaluvchi 
ma’nodosh so‘zlarning sinonimligi masalasiga to‘xtab o‘tishga to‘g‘ri keladi. 
Ayrim ishlarda aybli-aybdor, serharakat-harakatchan kabi so‘zlar sinonim emas, 
bularda so‘z yasovchi affikslar sinonimiyasi bor deb qaraladi. Lekin bunday 
so‘zlarning sinonimligini inkor etish mumkin emas. Chunki bularning 


23 
sinonimligini tan olmaslik ulardan har birining mustaqil leksik birlik (alohida so‘z) 
ekanini tan olmaslik bo‘ladi. Vaholanki, aybli-aybdor, xabarsiz-bexabar 
kabilarning har biri alohida so‘z ekaniga shubha yo‘q. Shunday ekan, bularda 
affiksal sinonimiya haqida emas, balki leksik sinonimiya haqida gapirish mumkin 
bo‘ladi. 
Sinonimlarning yuzaga kelishida asosiy omillardan biri so‘zning ma’no 
taraqqiyotidir. U yoki bu so‘z yangi ma’no kasb etishi natijasida shu ma’nosi bilan 
tildagi biror so‘z yoki so‘zlar bilan sinonimik munosabat hosil qilishi mumkin. 
Masalan, qaytarmoq fe’li aslida avvalgi o‘z o‘rni, o‘z holiga yo‘naltirmoq 
(keltirmoq) degan ma’noni bildiradi. Shu ma’nosi asosida uning ayni bir ish-
harakatni yana qilmoq, ayni bir so‘z (gap)ni qayta aytmoq ma’nosi kelib chiqqan. 
Natijada qaytarmoq so‘zi xuddi shu ma’nosi asosida takrorlamoq so‘zi bilan 
sinonimik munosabat hosil qilgan: Tabelchi ham, xuddi jo‘rttaga qilganday, uning 
nomini yo tutilib aytar, yoki chatoq o‘tib, yana takrorlar edi. (A.Qahhor). novikova 
uning tezda javob bermaganiga chindan ham e’tibor qilmagan edi, keyin uning 
o‘zgarib ketgan avzoyini ko‘rib taajjublandi va savolni qaytardi. 
Ovora so‘zi biror maqsad yo‘lida, biror narsa ilinjida kezish tentirash holatida 
degan ma’noni bildiradi. Bu ma’nosi bilan u sarson, sargardon so‘zlari bilan 
sinonim bo‘ladi: Bu sarson el, bu ovora el, Zolimlardan oldi o‘chini (Mirtemir) . 
Bir yildan beri Sarvixon ayaning hajrida sarsonman . Muhtojlikning zolim quyuni 
Qilmas endi uni sargardon. 
Ovora so‘zining yuqorida ko‘rilgan ma’nosi asosida uning biror ish-
yumushniberilib bajarish holatida degan ma’nosi yuzaga kelgan. Natijada u sshu 
ma’nosida mashg‘ul, band so‘zlari bilan sinonimik munosabatga kirishgan: Mirzo 
aka va bir gruppa agitatorlar “Jangovar varaqa” yozish bilan mashg‘ul. Bu o‘lkada 
yetishgan nasl. Yangi dunyo qurish bilan band.
Bosmoq sozining quyidagi sinonimik qatorlarda bo‘lishi ham uning ma’no 
taraqqiyoti, yangi ma’nolar kasb etishi natijasidir: 
Qoplamoq, egallamoq, qurshamoq, o‘ramoq, chulg‘amoq, bosmoq, tutmoq, 
chalmoq, qamramoq. Misol: O‘rmonni og‘ir va sovuq jimjitlik qoplagan. Shu 


24 
topda uning butun vujudini cheksiz g‘azab egallagan edi. Yuzlaringda kezdi quyuq 
bir zavq, Boshlaringni o‘radi xayol. Behuda shubhalar qurshamish seni…bulut 
vujudimni vaxima qamrab olgandi. 
Ortmoq, yuklamoq, bosmoq. Misol: Yuk ortib, otni qamchilab, zudlab qaytarkan. 
Hadraga kelganda u birdan otni to‘xtatdi (Oybek). Shu yerda aravaga shox 
yuklayotgan Abdusamadqori darrov yo‘rg‘alab chiqib, juvonni gapga soldi 
(A.Qahhor). Bir qozoqda ming bog‘ bedamiz bor edi, qaytishda undan bir arava 
bosib keldim (Oybek). 
Bosmoq, nashr etmoq, chop etmoq. Misol: Shu gaplarni va bu yerda o‘tgan 
mojaroni Qumrixonga aytib bering, hikoya qilib yozsin, albatta bosib chiqaramiz 
(A. Qahhor). Ozbek san’ati va adabiyoti dekadasi munosabati bilan ko‘p nusxada 
nashr etilgan “O‘zbek xalq maqollari” to‘plami kitobxonlar iqqatini jalb etdi. 
Nashriyot kitobni 45 ming nusxada chop etdi.
Ma’no taraqqiyoti natijasida ikki yoki undan ortiq so‘z bir necha ma’nosida 
sinonimik munosabat hosil etishi mumkin. Bu hodisa ham sinonimiyaning 
rivojlanishi hisoblanadi. Masalan, buzilmoq, aynimoq so‘zlari ikki ma’nosi bilan 
o‘zaro sinonim: 
Sof (normal) holatini, iste’molga yaroqliligini yo‘qotmoq, iste’molga yaroqliligi 
yomonlashmoq ma’nosida: Yo‘q, - dedi onasi, - choy aynab qoladi, kelishgandan 
keyin damlarsan (Oydin). Darhaqiqat, achigan qatiq, - dedi va yana yalab ko‘rdi,-
yo‘q, buzilgan qaymoqdir (A.Qahhor). 
Xulq-atvori, biror vazifa (ish) dagi xatti-harakati yomon (salbiy) tomonga 
o‘zgarmoq ma’nosida: Vaqtida siz bilan faxrlanganmiz. Ammo keying yillarda 
aynib qoldingiz, dimog‘ingiz ko‘tarilib ketdi…(Uyg‘un). Suyar yoring aynigan 
bo‘lsa, Kolxozchilar tarbiya qilar…(Uyg‘un).
Asramoq, saqlamoq so‘zlari uch ma’nosi bilan o‘zaro sinonim:
Yomon tasirdan salbiy hodisadan himoya qilmoq ma’nosida: Shokir ota: 
“Zolimning zulmidan o‘zing asra!”,-deb Yo‘lchi uchun qayg‘uradi (Oybek). 


25 
Yo‘q bo‘kish va shu kabilarga yo‘l qo‘ymay ehtiyot holda tutmoq ma’nosida: 
Yolvorib so‘rayman asra qalbingda, So‘ndirmagin chechaklarsimon (Uyg‘un). 
Hozir namni to‘la saqlab qolish choralari ko‘rilayotir. 
Biror maqsad bilan uzoq vaqt o‘zida tutmoq ma’nosida: Uzum asramoq. Mol 
saqlamoq. Tuzukkina ro‘zg‘orini o‘zi tebratib, sigir-buzoq va tovuq asradi. 
Ishqibozlarning aksariyatida bunday qushlarni saqlashga xohish bo‘lmaydi.
Shu keltirilgan faktlarning o‘ziyoq sinonimlarning yuzaga kelishida so‘zning 
ma’no taraqqiyoti (yangi ma’no kasb etishi) muhim omillardan ekanini tasdiqlaydi.
Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo‘yoq va ottenka bilan 
ifodalaydigan leksemalar 
sinonim
deyiladi. Sinonim leksema orasidagi munosabat 
sinonimiya yoki sinonimik munosabat deb yuritiladi. 
Sinonim leksema sememalaridagi atash va vazifa semasi aynan bir xil bo‘lib, 
ifoda semasi farqlanadi. Misol sifatida [

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish