“ 3-sinf o‘quvchilari nutqini sinonim va antonimlar bilan boyitish yo‘llari



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/28
Sana23.06.2022
Hajmi0,87 Mb.
#695546
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
3-sinf oquvchilari nutqini sinonim va antonimlar bilan boyitish yollari

 
 


68 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Xulosa 
O‘quvchilar nutqini o‘stirish maktabda ona tili o‘qituvchining asosiy vazifasi 
hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarga nutq o‘stirish ona tili o‘quv fanining barcha 
bo‘limlariga amalga oshiriladi. Shuning uchun boshlang‘ich sinflar ona tili 
dasturining bo‘limlari “Xat-savod o‘rgatish va nutq o‘stirish”, “O‘qish va nutq 
o‘stirish”, “Grammatika, imlo va nutq o‘stirish” deb nomlangan. Boshlang‘ich 
sinflarda so‘z turkumlarini o‘rgatishda ham asosiy e`tiborni o‘quvchilarni 
grammatik tushunchalar bilan tanishtirishga emas, nutq o‘stirishga qaratish lozim. 
Nutq o‘stirishga uch yo‘nalish aniq ajratiladi: 
1)
so‘z ustida ishlash
2)
so‘z birikmasi va gap ustida ishlash; 
3)
bog‘lanishli nutq ustida ishlash 


69 
Nutq o‘stirish metodikasining asosiy tarkibiy qismi so‘z ustida ishlashdir. So‘z 
ustida ishlash to‘rt asosiy yo‘nalishni ko‘zda tutadi. 
1. O‘quvchilar lug‘atini boyitish, ya`ni yangi so‘zlarni, shuningdek, bolalar 
lug‘atida bo‘lgan ayrim so‘zlarning yangi ma`nolarni o‘zlashtirish. 
2. O‘quvchilar lug‘atiga aniqlik kiritish. 
3. Lug‘atni faollashtirish, ya`ni o‘quvchilar ma`nosini tushunadigan, ammo o‘z 
nutqida ishlatmaydigan nofaol lug‘atidagi so‘zlarni faol lug‘atiga o‘tkazish. 
Buning uchun shu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi va gaplar tuziladi, ular 
o‘qiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi. 
4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so‘zlarni o‘quvchilar faol lug‘atidan nofaol 
lug‘atiga o‘tkazish. 
Boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar ustida ishlash 
o‘quvchining so‘z boyligini oshiradi, unga o‘z fikrini aniq ifodalashga yordam 
beradi. Shuning uchun boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar 
ustida ishlash o‘quvchilar nutqini o‘stirishning muhim omillaridan biri 
hisoblanadi. 
Boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar haqida nazariy 
ma’lumot berilmaydi, ammo sinonim va antonimlar haqidagi tushuncha amaliy 
mashqlar yordamida shakllantiriladi. Sinonimlar ustida ishlash elementar tarzda 
1-sinfdan boshlanadi: o‘quvchilar berilgan so‘zning sinonimini topishga
boshqacha qilib aytish mumkinligiga o‘rgatiladi. 2-, 3-, 4-sinflarda esa berigan 
so‘zning 2-3 sinonim topib aytishga, ma’nodosh so‘zlarning farqini tushunishga, 
ma’nodosh so‘zlar ichidan gap, birikma uchun eng mosini tanlab ishlatishga 
o‘rgatiladi. 
Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarida ma’nodosh so‘zlar alohida mavzu 
sifatida berilmagan. Ma’nodosh so‘zlarga doir mashqlar so‘z turkumlari doirasida 
berilgan. Darsliklar tahlili boshlang‘ich sinf ona tili darsliklariga ma’nodosh 
so‘zlarga doir quyidagi turdagi mashqlar kiritilganini ko‘rsatdi:
1. Berilgan so‘zga ma’nodosh so‘z topish. 
2. Berilgan ma`nodosh so‘zlarni guruhlash. 


70 
2. Berilgan so‘zga sinonim tanlash. 
3. Tushirib qoldirilgan sinonim so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib, matnni ko‘chirish. 
4. Ma`nodosh so‘zlardan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chirish. 
Darsliklar tahlili natijasi boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarida o‘quvchini 
ma’nodosh so‘zlarni o‘z nutqida qo‘llashga o‘rgatishga doir mashqlar kam 
ekanligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ushbu bitiruv malakaviy ishida boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilarini sinonim so‘zlarni o‘z nutqida qo‘llashga o‘rgatishga doir 
qo‘shimcha mashqlar ishlab chiqildi. 
Boshlang‘ich sinflarda sinonimlarga doir mashqlarni quyidagi tartibda bajarish 
maqsadga muvofiq: 
1. O‘quvchilarda ma’nodosh so‘zlarni ajrata olish ko‘nikmasini shakllantirish
uchun ularga kichikroq va tushunarli matndan ma’nodosh so‘zlarni topishni 
topshirish mumkin. 
2. So‘zlar orasidagi ma’nodoshlik munosabatini tushunishga so‘zlar aralash 
holda berilgan ro‘yxatdan ma’nodosh so‘zlarni aniqlash va guruhlashga oid 
mashqlar ham yordam beradi. 
3. Berilgan so‘zlarga ma’nodosh so‘z tanlab, ularni almashtirishga doir turli 
xildagi mashqlar ham so‘zlar orasidagi ma’nodoshlikni tushunishga yordam 
beradi.
4. O‘quvchilar lug‘atini foallashtirish usullaridan biri sinonim so‘zlarining 
leksik birikuvchanligi ustida ishlashdir. U yoki bu sinonim so‘zni qanday so‘zlar 
bilan qo‘llash mumkin-u, qanday so‘zlar bilan qo‘llash mumkin emasligiga doir 
bunday ishni ma’nodosh so‘zlar vositasida so‘z birikmalari tuzishni o‘z ichiga 
olgan mashqlar ko‘rinishida bajarish lozim. 
5. Ma’nodosh so‘zlar ustida bajariladigan mashqlar tizimida o‘quvchilarni 
o‘z nutqida ma’nodosh so‘zlarni qo‘llashga o‘rgatadigan ijodiy mashqlar alohida 
o‘rin tutishi lozim. Chunki ma’nodosh so‘zlar ustida bajariladigan mashqlarning 
oxirgi maqsadi o‘quvchilarni fikrini ifodalash uchun o‘z lug‘at boyligidan sinonim 
so‘zlarni tanlab ishlatishga o‘rgatishdir. 


71 
3-sinfda zid ma`noli so`zlar ustida ishlashda quyidagi mashqlardan 
foydalanish mumkin. 
1. Berilgan so`zlarga antonim tanlash. 
2. Zid ma`noli so`zlarni qatnashtirib so`z birikmasi va gap tuzish. 
3. Berilgan gapga antonim topib qo`yish. 
Antonimlar nutq ta`sirchanligini oshirishning muhim vositasi. Shuning uchun
zid ma`noli sifatlar ustida ishlash o`quvchilar nutqini ta`sirchan qilishga muhim 
ahamiyatga ega. 
Boshlang‘ich sinflar uchun tuzilgan ona tili fani dasturida so`z ustida ishlash 
uchun alohida soatlar ajratilmagan. SHuning uchun 3- va 4-sinfda sifat turkumini 
o`rgatishda so`z ustida ishlashga doir mashqlarni grammatika va imloga oid 
mashqlar bilan bog‘lab o`tkazish lozim. 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish