Harakat zonasida atamalar va tushunchalar.
1. Bellashuvlar ishchi zonada o`tkaziladi. Bir yoki har ikkala dzyudochi ishchi zona tashqarisida bo`lgan paytda bajariladigan har qanday texnik harakat baholanmasligi kerak.
2. Agar dzyudochi ne-vaza – tikka turgan holatda gilamning ishchi zonadan tashqaridagi qismida qo`llari, oyoqlari yoki tizzalari bilan tegsa, yoki yiqilib turib usul bajarayotganda tanasining katta qismi ishchi zonadan tashqariga chiqib ketsa, u ishchi zonadan tashqarida hisoblanadi.
3. Agar dzyudochilarning biri raqibini ishchi zonadan tashqariga tashlab, o`zi ishchi zonada tashlash usulining samaradorligi ko`rinib turadigan darajada yetarlicha qola olsa, bu harakat baholanishi kerak.
4. Agar tashlash usuli ikkala dzyudochi ham ishchi zonadaligida boshlanib, tashlash jarayonida hujum qilayotgan dzyudochi ishchi zonadan chiqib ketsa, biroq harakat dinamikasi to`xtamasa va tashlash usulining samaradorligi ko`rinib turadigan darajada yetarlicha qola olsa, tashlash usuli baholanishi mumkin.
5. Ichkaridan ilib surib tashlash usuli yoki to`piq ostidan chalish usuli bajarilayotganda, hujum qilayotgan dzyudochining oyog`i ishchi zonasini tark qilib, xavfsizlik zonasi ustida harakatlansa va hujum qilayotgan dzyudochi o`z og`irligini ishchi zonasidan tashqaridagi oyog`iga ko`chirmasa, bu usul baholanadi.
6. Gilam chekkasida e`lon qilingan osayekomi holatida, gavdaning ishchi zonasiga tegib turgan qismi, ishchi zona sirtidan ko`tarilsa yoki gilamdan aloqasini yo`qotsa, o`rtadagi hakam matte buyrug`ini e`lon qilishi kerak.
7. Agar hujum qilayotgan dzyudochi (toro) tashlash usulini bajarsa va ishchi zonadan aloqasini yo`qotsa, u holda tashlash usuli, hujum qilinayotgan dzyudochi (uke) hujum qilayotgan dzyudochidan oldin gilamga yiqilsagina, baholanishi mumkin.
8. Xavfli zona ishchi zonaning qismi hisoblangani uchun, unga oyoqlarining ostlari tegib turgan dzyudochi ishchi zonada turibdi, deb qaralishi kerak.
9. Yiqilayotib bajarilgan tashlash usullari hujum qilayotgan dzyudochi gavdasining yarmi yoki gavdasining katta qismi usulning oxirgi holatida ishchi zonasida bo`lsagina baholanishi mumkin. Hujum qilayotgan dzyudochining oyoqlari ostlari dzyudochining orqasi yoki sonlari xavfsizlik zonasiga tegmagunicha ishchi zonadan aloqasini yo`qotmasligi kerak.
10. Agar hujum qilayotgan dzyudochi (toro), tashlash usulini bajarib, ishchi zonasidan tashqarida yiqilsa, uning usuli hujum qilinayotgan dzyudochi (uke) undan oldin
gilamga tegsagina baholanishi kerak. Agar tori ning tizzalari, barmoqlari yoki tanasining boshqa qismlari xavfsizlik zonasiga uke ning gilamga yiqilishidan oldin tegsa, usul baholanmasligi kerak va hk.
11. Bellashuv boshlanganidan keyin dzyudochilar musobaqa maydonini faqat o`rtadagi hakamning ruxsati bilangina tark etishlari mumkin. Ruxsat, faqat istisno hollarda, masalan dzyudogi yaroqsiz holga kelsa yoki ifloslansa, beriladi. Agar dzyudochi (dzyudochilar) musobaqa maydonini beruxsat tark etsa hakamlarning ―uchlikning ko`pchiligi‖ qoidasiga muvofiq xansoku-make jazosi e`lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |