Ne-vaza holatida harakatning aniq davomi bo`lmasa. Dzyudochilarning bir ne- vaza holatidan uning orqasida raqibi bo`lgan holatda o`rnidan butunlay yoki yarim tursa.
Dzyudochilarining biri tik turgan holatda bo`lsa yoki ne-vaza holatidan tik tursa va gilamda orqasi bilan yotgan va uni oyoqlari bilan gavdasining ixtiyoriy joyidan ushlab olgan raqibini ko`tarsa.
Dzyudochilarning biri tik turgan holatda bug`ish yoki og`ritish usulini bajarsa yoki bajarishga harakat qilsa, biroq tez natijaga erishmasa.
Hakamlar hay`atining a`zolari ―hakamlar uchligi‖ bilan maslahatlashishni hohlasa. O`rtadagi hakam zarur deb topgan har qanday hollarda bellashuvni matte buyrug`i bilan to`xtatishi mumkin.
е). Bellashuvni tugashi – soromade.
O`rtadagi hakam quyidagi hollarda Soromade buyrug`ini e`lon qiladi va bellashuvni yakunlaydi:
Bir dzyudochi ippon yoki vaza-ari avaseti ippon bahosini olsa.
Sogo-gachi – murakkab g`alaba holatida.
Fusen-gachi – bellashuvda hozir bo`lmaslik.
Kiken-gachi –bellashuvdan bosh tortish holatida.
Xansoku-make – bellashuvdan mahrum qilish holatida.
Dzyudochilardan biri jarohat tufayli bellashuvni davom ettira olmasa.
Bellashuvga ajratilagan vaqt tugasa. Soromade buyrug`idan keyin dzyudochilar boshlang`ich holatlariga qaytishlari kerak.
Bellashuv vaqtining tugaganligi ishorasi bilan bir vaqtda boshlangan har qanday texnik harakat baholanishi kerak. Texnik harakat bellashuv vaqtining tugaganligi ishorasi bilan ustma-ust tushganligiga qaramasdan, o`rtadagi hakam fikricha, bu harakat samarador bo`lmasa, o`rtadagi hakam tezda soromade buyrug`ini e`lon qilishi kerak.
Soromade e`lon qilingandan keyin o`rtadagi hakam dzyudochilarning buyruqni eshitmasdan bellashuvni davom qildirishlari mumkinligini hisobga olib, ularni nazardan qochirmasliklari kerak.
O`rtadagi hakam zarur bo`lganda, bellashuv natijasini e`lon qilishdan oldin, dzyudochilar kiyimlarini tartibga keltirishni talab qilishi kerak.
Jamoa uchrashuvlarida tablo da baholar bo`lmaganda yoki teng bo`lsa va dzyudochilarning birining ustunligi bellashuv davomida ajratilgan vaqt davomida bu moddaga muvofiq aniqlanmasa xiki-vake e`lon qilinadi.
Shaxsiy uchrashuvlarda esa tabloda baholar bo`lmaganda yoki teng bo`lganda birinchi baho yoki jazo – 2chi shido yoki xansoku-make gacha bo`lgan ―Golden score‖ – qo`shimcha 3 daqiqa (yoshlar, o`smirlar va qizlarga 2 daqiqa) vaqt beriladi. Agar qo`shimcha vaqtda ham g`olib aniqlanmasa xantey e`lon qilinadi.