``` `1Kirish


- Mavzu: Shaxziy kompyuter dasturiy qismlarining profilaktikasi



Download 24,89 Mb.
bet106/158
Sana14.07.2022
Hajmi24,89 Mb.
#796510
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   158
Bog'liq
shk fani ma\'ruza matni

48- Mavzu: Shaxziy kompyuter dasturiy qismlarining profilaktikasi.
Reja

1. Dasturiy ta’minotni sozlash


2. Reestrlarni sozlash
3. Parametrlarni o‘chirish
Tayanch so’z va iboralar: SYSTEM.DAT va USER.DAT, Microsoft reestr INI, HKEY_CURRENT_CONFIG, [HKEY_CURRENT_USER

Operatsion tizimi bilan ishlashning asosiy momentlaridan biri reestr bilan ishlashdir. Reestrni to‘g‘ri sozlanishida AT, dastur komponentalarini va dasturlarni ish jarayonini ma’qullash (optimizatsiyalash) mumkin. Reestr tizimingizni aniqroq va batafsil sozlash imkonini beradi.


Reestr – tarkibiy tuzilmasi ma’lumotni o‘z ichiga olgan, amaliy tizimning ma’lumotlar bazasidir. Windows 9х va NT reestrlari qisman ajralib turishadi. Windows 95/98da reestrlar, Windows katalogida joylashgan SYSTEM.DAT va USER.DAT fayllarida mavjud. Windows Me da esa yana bitta CLASSES.DAT fayl qo‘shilgan.
Microsoft reestr INI fayllarni o‘rnini bosish kerak edi. INI fayllar faqatgina, amaliy tizimning ancha oldingi versiyalariga yo‘naltirilgan eski dasturlar bilan moslashuvchanligi uchun qoldirilgan.
Nima uchun INI fayllardan reestrga o‘tildi? Gap shundaki, INI fayllarga muhim cheklanishlar qo‘yilgan, ulardan asosiysi, INI fayllarning maksimal hajmi 64 Kbayt dir.
Ogohlantirish: reestrga tegishli ma’lumotni, to‘la to‘kis ishonch hosil qilmaguningizcha, hech qachon xotiradan o‘chirmang va o‘zgartirmang. Aks holda bu harakatlaringiz, Windowsning noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin va ma’lumotlarni tiklashga to‘g‘ri keladi.
Reestr bilan ishlash uchun, Windows dasturlar to‘plamiga kiruvchi, regedit dasturidan foydalaniladi. Dasturni yuklash uchun buyruqlar qatoriga regedit ni bajarng buyrug‘ini kiriting ( Пуск\Выполнить\ regedit) va OK tugmasini bosing.



48.1-rasm.



48.2-rasm.
Dasturni darchasi ochilgach, unda chap tarafida, Provodnikdagi disk tuzilma (struktura)sini aks etadigan daraxt kabi, reestrning daraxti paydo bo‘ladi, o‘ng tomonda esa, belgilangan (aktiv) bo‘limda joylashgan kalitlar ro‘yxati chiqadi. Redaktor yordamida qiymatlarni to‘g‘rilashingiz, reestrni import va eksport qilishingiz hamda qidiruvni amalga oshirishingiz mumkin.

48.3.-rasm.
Reestr tuzilmasini batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Reestr oltita bo‘limdan iborat. Har bir bo‘lim, darchaning chap qismida joylashgan va papka belgisi ko‘rinishiga ega bo‘lgan qismbo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
Reestr daraxtning chekli elementi – bu, uch tipga bo‘linadigan kalitlardir:

  • satrli (masalan, "C:\Windows");

  • ikkilamchi (masalan, 10 82 A0 8F). Bunday kalitning maksimal uzunligi 16 Kbayt;

  • DWORD. Bu tipdagi kalit 4 baytdan iborat bo‘lib, o‘noltilik va o‘nlik ko‘rinishda aks etadi (masalan, 0x00000020 (32)-qavsni ichida kalitning o‘nlik qiymati ko‘rsatilgan).

Endi joriy bo‘limlarni ko‘rib chiqamiz, aniqrog‘i, ular qanday ma’lumotga ega.
Tartib bo‘yicha boshlaymiz:
HKEY_CLASSES_ROOT. Bu bo‘limda Windowsda qayt etilgan fayllar tiplari, shuningdek, OLE va drag-and-drop operatsiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud.
HKEY_CURRENT_USER. Bu yerda, Windowsga kirgan foydalanuvchi qobig‘ini sozlatuvchilar joylashgan. (masalan, “Пуск” menyusini, Ish stolini). Bular HKEY_USER\name qismbo‘limida joylashgan fayllarning nusxasini oladi. Bu yerda, name - Windowsda ishlayotgan, foydalanuvchining nomidir. Agarda kompyuterda bitta foydalanuvchi ishlasa va Windowsga doimiy kirish ishlatilsa, unda bo‘lim qiymatlari HKEY_USERS\.DEFAULT qismbo‘limdan olinadi.
HKEY_LOCAL_MACHINE. Bu bo‘lim kompyuterga tegishli, drayverlar, dasturiy ta’minotni o‘rnatish va HKEY_USERS sozlash ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Hamma foydalanuvchilar uchun Windows qobig‘ini ham o‘z ichiga oladi. Avval aytilgandek, aynan shu bo‘limdan HKEY_CURRENT_USER bo‘limga ma’lumotlar nusxalanadi. Barcha HKCU (HKEY_CURRENT_USER)dagi o‘zgarishlar avtomatik ravishda HKU ga o‘tadi.
HKEY_CURRENT_CONFIG. Bu bo‘limda Plug&Play qurilmasining va apparat vositalari o‘zgaruvchan bo‘lgan kompyuterning tarkibiy tuzilmasi haqida ma’lumot joylashadi.
HKEY_DYN_DATA. Bu yerda esa foydalanuvchining kompyuterda o‘rnatilgan qurilmalari haqida dinamik ma’lumotlar saqlanadi. Aynan, bu bo‘limga tegishli ma’lumotlar Boshqaruv panelidan chaqirilgan, "Свойства Системы" (“Tizim xususiyat(xossa)lari”) darchasidagi "Устройства" ilovasida aks etadi. Bu bo‘limdagi ma’lumotlar amaliy tizim yordamida o‘zgartiriladi. Shunday ekan, qo‘l yordamida, ba’zi birlarini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi.
HKEY_CURRENT_USER va HKEY_LOCAL_MACHINE bo‘limlari katta imkoniyatlarga ega. Aynan, ularda amaliy tizimni lozim bo‘lgan ko‘rinishga olib keladigan sozlanishlar saqlanadi.
Reg-fayllar tuzilmasi.
Agarda reg-faylni yozishni bilmasangiz, Windowsning reestrini to‘liq o‘rgandim deb o‘ylamang. “Bu nima?” savolidan boshlaymiz. Red-fayl – bu, o‘ziga xos tuzilmaga ega bo‘lib, reestrga o‘tadigan ma’lumotni, o‘z ichiga oladigan fayldir. Agarda reestr redaktori bilan ishlash imkoniyati bo‘lmasa, unda reestrni to‘g‘rilash usulidan biri reg-faylni yaratish va boshqa joyga o‘tkazish usuli eng oson deb hisoblanadi (albatta DOSdagi himoyalangan rejimiga o‘tish va boshqa dasturlardan foydalanish mumkin, lekin bular hammasi murakkabroq bo‘ladi va asosan, uzoq vaqtda bajariladi).
Reg-fayllar tuzilmasiga nisbatan o‘ziga xos talablar qo‘yiladi. Faylning birinchi satrida, albatta, quyidagilar kiritilishi lozim:
REGEDIT4 (Windows 9x uchun) yoki Windows Registry Editor Version 5.00 (Windows 2000/XP uchun). Harflar katta shriftda yozilishi mumkin. Birinchi qatorda bundan tashqari hech narsa bo‘lmasligi kerak. Bu matindan so‘ng, keyingi qatorda ALBATTA bo‘sh qator bo‘lishi kerak. So‘ngra, ba’zi bir parametrlarni o‘zgartirish yoki kiritish lozim bo‘lgan reestr bo‘limini ko‘rsatish zarur. Bo‘limning nomi kvadrat qavslarga […] olinishi shart. Har bir qatorda qo‘shiladigan parametrlar bittadan yoziladi. Agarda, bir necha bo‘limlarga o‘zgartirishlar kiritmoqchi bo‘lsangiz, unda oldingi bo‘limning oxirgi parametri va keyingi bo‘limning nomi orasida bo‘sh qator qoldirish lozim. Bu quyidagicha bajariladi:
REGEDIT4
[Razdel1]
"param1"="znachenie1"
"param2"="znachenei2"
"param3"="znachenie3"
[Razdel2]
"param_1"="znachenie_1"
Fayldagi oxirgi qator BO‘SH bo‘lishi zarur. Faylni yaratgandan so‘ng, uni oddiy dastur kabi ishga tushiring. Sizga reestrda o‘zgartirishlar zarurligi haqida so‘roq chiqadi. Va maqul javobdan so‘ng fayl reestrga o‘tadi. Natijalar to‘g‘risidagi xabarni, Windows keyingi darchada ma’lum qiladi.
Eslatma: Windows 2000/XP teskari moslashuvchandir va Windows 9x da yaratilgan fayllarni qayta ishlashi mumkin. Agarda, Windows XPga faylni eksport qilgan bo‘lsangiz va uni Windows 9x ga o‘tkazsangiz, unda birinchi qatorni, qo‘l yordamida, REGEDIT4 ga o‘zgartiring.
Endi esa, qo‘shish mumkin bo‘lgan parametrlar haqida fikr yuritamiz. Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, oldingi misollarda "param1"="znachenie1" tipdagi satrlar yordamida parametrlar qo‘shilgan. Shunday qilib, "param1" nomga va "znachenie1" qiymatga ega bo‘lgan SATRLI parametr qo‘shiladi. Ammo, lekin ikkilik va DWORD parametrlar ham mavjud. Ularni qo‘shish uchun, boshqa ko‘rinishdagi yozuv formati ishlatiladi. DWORD tipdagi parametrlar uchun quyidagi satr ishlatiladi.
"param"=dword:XXXXXXXX
Bu yerda, "param"- parametrning ismi, dword – parametr tipini ko‘rsatkichi (harflar albatta kichik bo‘lishi kerak)dir. Ikki nuqtadan so‘ng o‘noltilik (!) formatdagi sakkiz raqamdan iborat bo‘lgan qiymat keladi. Lekin, DWORD parametrlarning ko‘pi 0 yoki 1 qiymatga ega. Demak, XXXXXXXX belgilar o‘rniga mos ravishda 00000000 yoki 00000001 yoziladi. Satrda probellar qatnashmaydi.
Ikkilik parametrni qo‘shish uchun yozish formati boshqacha:
"param"=hex:XX,XX,XX,....
Endi bu satrni tushuntirib o‘tamiz. "param", oldindagidek parametr nomi, "=" belgidan so‘ng hex – ikkilik parametrini ko‘rsatgichi, so‘ngra o‘noltilik, vergul bilan ajratilgan, raqamlar keladi. Masalan, agarda "be 00 00 00" teng bo‘lgan ikkilik raqamni qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, unda quyidagi satrni yozing:
"param"=hex:be,00,00,00
Reestrda "По умолчанию" ("Default", "Ko‘zda tutilgan holda") parametrlar mavjud. Reg-fayl orqali ularga qaysidir qiymatni biriktirish uchun quyidagi satrni qo‘shing:
@="znachenie"
Bu yerda, @ belgisi parametrning qiymati "По умолчанию" ("Default", "Ko‘zda tutilgan holda") biriktirilganligini ko‘rsatadi. Shu belgi qoshtirnoq yordamida ajratilmaganligiga ahamiyat bering.
Endi esa, Internet Explorerga uy sahifasini o‘rnatadigan saytni reestrga yozib oladigan oddiy reg-faylni misol tariqasida ko‘ramiz:
REGEDIT4
[HKEY_CURRENT_USER\Software\ Microsoft\Internet Explorer\Main]
"Start Page" = "http://winchanger.narod.ru/"

Download 24,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish