Mavzuning maqsadi va vazifalari: Amir Temur el-yurtni o'z tasarrufiga olish va itoatda tutish uchun 12 tuzuk tuzdi:
1) Podshohlar bir so'zlik bo'lishi va aytgan so'ziga amal qilishi, belgilangan har bir ishini bilib qilishi lozim.
2) Har bir ishda adolatpesha bo'lishi, atrofida ham shunday kishilarni tutishi zarur .
3) Ne ishniki qilar bo'lsa, o'zi hukm chiqarsin.
4) Biror ishga azmu qaror qilar ekan, qarorida qattiq tursin.
5) Oning amr-u farmoni hamma uchun vojib bo'lsin.
6) Podshohlik ishlarini biron boshqa kimsaga ishonib berib qo'ymasin.
7) Ne ish qilmoqchi bo'lsa, boshqalar bilan kengashsin, lekin maslahatning foydalisini olsin.
8) Saltanat, raiyat va Sipoh ishlarida yaxshi-yomon gaplar eshitsa, haqiqat qilib, shoshmasdan, mulohaza bilan hukm chiqarsin.
9) Sipoh va raiyat oldida o'zini haybatli va jiddiy tutsinki, hech kim bo 'yin tovlash va gap qaytarishga jur'at etolmasin.
10) Raiyat, xazina, lashkar va saltanat podshohning hukmi ostidadir, u buni doimo esda tutmog'i lozim.
11) Saltanatni idora qilishda boshqani o'ziga sherik qilmaslik kerak.
12) Ahli kengashdan ogoh va hushyor bo'lmog'i olzim, chunki ko 'pincha ayb axtaradilar va uni tashqariga tashiydilar .
Amir Temur tuzgan bu davlat barcha ijtimoiy tabaqalarga suyangan va qonun asosida boshqariladigan yangi bir davlat edi. «Saltanatim binosini, -deb yozadi Amir Temur, - dini islom, to'ra va tuzuk (qonun-qoida) asosida mustahkamladim. Saltanatimni boshqarishda uchragan har qanday ishni tuzukka binoan qildim».
Temurdan keyingi uning izdosh1ari ham boshqaruv san'atiga ama1 qi1ib, uni takomillashtirishdi. Ayniqsa, Mirzo U1ug'bek davrida bu narsa yaqqo1 ko'rindi.
Movarounnahrning qadimiy iqtisodiy, madaniy shuhratini tiklash yillarida uning ma'naviy salohiyati yanada kamol topdi va ijtimoiy hayotda to'la1igicha namoyon bo'ldi. Shuning uchun ham mamlakat ijtimoiy hayotining barcha tomonlari, davlat idora tizimi, iqtisodiy, moliyaviy, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo, madaniyat, fan, me'morchilik, harbiy masalalar, xalqaro aloqalar, islom dini, shariat va boshqa sohalar maqsadga muvofiq rivojlandi. Amir Temur davlatni boshqarishda, uning ichki va tashqi siyosatini belgilashda, xalq ommasi, mansabdor shaxslar, olim-u fuzalolar, islom rahnamolariga munosabatda Allohga, iymonga, tafakkurga, kitobga va eng so'nggi chora sifatidagina qilichga asoslanib ish yuritdi, hukm chiqardi. Demak, Amir Temur buyuk davlat arbobi va yuksak ma'naviyatga ega bo'lgan dono hukmdor bo'lib, ham siyosiy, ham ma'naviy jihatdan juda katta tarixiy ahamiyatga egadir. Zero:
1. Amir Temur XIV asrdayoq mamlakat va mintaqalararo munosabatlarni chuqurlashtirib, yagona iqtisodiy makonga birlashtirishga harakat qildi. Integratsiyani ishlab chiqib, Buyuk Ipak yo'li o'tgan .mamlakatlar o'rtasida madaniyatlar muloqotini boshlab berdi.
2. Amir Temur davlat tizimi va boshqaruvni tashkil etishda o'ziga xos maktab yaratdi, adolatli jamiyat qaror toptirishda qonun ustuvorligiga rioya qildi.
3. Amir Temur davlatchilik tamoyillarini rivojlantirdi, uni aql-idrok salohiyatiga tayanib, taktik va strategik asosda shakllantirdi;
4. Amir Temur saltanati ma 'naviyat va oliy darajadagi
madaniyatga yo'g'rilgan saltanat edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |