1-bosqich. Yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn talabalarga tarqatiladi;
2-bosqich. talabalar individual tarzda matn bilan tanishib chiqib, o‘z shaxsiy qarashlarini maxsus belgilar orqali ifodalaydilar. Matn bilan ishlashda talabalarga quyidagi maxsus belgilardan foydalanish tavsiya etiladi:
“V” – tanish ma’lumot.
“ - ” – bu fikr yoki mazkur ma’lumotga qarshiman. “+” – bu ma’lumot men uchun yangi.
“?” – mazkur ma’lumotni tushunmadim, izoh kerak.
Belgilangan vaqt yakunlangach, talabalar uchun notanish va tushunarsiz bo‘lgan ma’lumotlar tahlil qilinib, izohlanadi, ularning mohiyati to‘liq yoritiladi. Savollarga javob beriladi va mashg‘ulot yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |