Mahalla fuqarolik jamiyati instituti sifatida
. Ijtimoiy insitutlarning kelib chiqishi , mohiyati va mazmuni.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish yo’lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarni butun jahon ko’rib turibdi va sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. YUrtimizdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik nafaqat Respublikamizda, balki jumlai jahonda keng e‘tirof etilmoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari aholining ijtimoiy-iqtisodiy faolligi va siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirishda faollik ko’rsatmoqdalar, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta‘minlashga ko’maklashmoqdalar. Darhaqiqat ham, tinchlik, osoyishta turmush, barqarorlik mustaqillik yillarida xalqimiz erishgan ulkan zafarlardan biridir. Zero, fuqarolik jamiyatini barpo etishning zarur shartlaridan biri ham barqarorlik, tinchlik, osoyishtalikni ta‘minlash va kafolatlash hisoblanadi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini ta‘minlash uchun muhim poydevor bo’ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni bilan 2017- 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Bu Farmon bilan O’zbekiston Respublikasining xar tomonlama rivojlanishining yangi bosqichi boshlandi desak mubolag’a bo’lmaydi. CHunki Farmonda davlatimiz mustaqilligini 8 mustaxkamlash, tinchlik va osoyishtalikni, xalqimizning farovon turmushini ta‘minlashga qaratilgan muxim chora-tadbirlar belgilangan bo’lib, ularni amalga oshirishda davlat va fukarolik jamiyatining barcha institutlari oldiga ustivor vazifalar qo’yildi. O’tgan davr mobaynida bu borada ko’plab ishlar amalga oshirilgan bo’lishiga qaramasdan oldimizda turgan vazifalar ham anchagina. Xususan, gap fuqarolik jamiyatini shakllantirish to’g’risida ketar ekan, shuni alohida ta‘kidlash joizki, kishilarning ongi va tasavvuridagi ―fuqarolik jamiyati‖, ―fuqarolik jamiyati institutlari‖ singari tushuncha va tasavvurlarini yanada kengaytirish va boyitish bilan birga, bizningcha, tiniqlashtirish ham zarur. Gap shundaki, ushbu tushunchalar keyingi paytda tez–tez takrorlanayotgan bo’lsa ham, aslida ular yangi tushunchalar emas. CHunki insoniyat bino bo’lgandan buyon fuqarolik jamiyatiga xos bo’lgan unsurlar ham mavjud bo’lib, yashab kelmoqda va uni rivojlantirish uchun harakat qilinmoqda. Boshqacha qilib aytganda fuqarolik jamiyati insoniyat yaratgan eng qadimiy sivilizatsiyalardanbiridir. Biroq bunda eng asosiysi fuqarolik jamiyatiga xos bo’lgan munosabatlarni shakllantirish darajasiga qay darajada e‘tibor qaratilganligi va ushbu vazifaning uddalanganligidir. SHu ma‘noda yurtimizda bu masalaga konseptual vazifa sifatida munosabatda bo’linayotganligi mazkur masalaga odamzot taraqqiyoti davomidagi boshqa yondashuvlardan tubdan farq qiladi. Jamiyatdagi u yoki bu masalalarn hal etish maqsadida faol fuqarolarning tashabbuskorligi asosida tuzilgan uyushma va tashkilotlar, guruh va birlashmalar kabilarning yig’indisi fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasiga kiradi. Binobarin, fuqarolik jamiyati institutlari aholini faol turmush kechirishga undaydigan, yon-atrofda mavjud bo’lgan va uchrayotgan muammolarga nisbatan befarq va loqayd munosabatda bo’lmaslikka, davlat tashkilotlari hal qilishi qiyin bo’lgan yoki ularning 9 e‘tiboridan chetda qolayotgan ushbu muammolarning munosib echimini topishga va bu bilan esa butun jamiyat ravnaqi va rivojini jadallashtirishga yordam beradigan tashkilotlardir. Davlat esa bunday institutlarning tashkil topishi va faoliyat yuritishidan hamisha manfaatdordir, chunki ular jamiyat rivoji va taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan ko’plab muammolarni hal qilishda davlatga yaqindan ko’maklashadilar. Bugungi kunga kelib mamlakatimiz miqyosida 9000 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat yuritayotgan ekan, ular minglab masalalarni hal qilishda davlatga yaqindan ko’maklashmoqda. Bunda davlatning asosiy vazifalari, birinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyat yuritishi uchun zarur bo’lgan qonunchilik asoslarini yaratish va uni muntazam ravishda takomillashtirib borish, ikkinchidan esa, ularni moliyaviy jihatdan rag’batlantirish va qo’llab – quvvatlashdan iboratdir. Birgina Farg’ona viloyatida bugungi kunda hisob ro’yxatidan o’tgan nodavlat notijorat tashkilotlarining umumiy miqdori 794 tashkil qiladi. Ular ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi ko’plab muammolarni hal etishda mahalliy hokimiyatga yordam bermoqda. Xususan, aholini toza ichimlik suvi bilan ta‘minlash, ko’chalarni keraksiz chiqindilardan tozalash, kishilarning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma‘rifiy, tibbiy, ekologik ongi va tasavvurlarini shakllantirish va boyitish kabi masalalarda bir qator ibratli ishlarni amalga oshirmoqdalar. Ushbu maqsadda aholining turli qatlamlari o’rtasida xilma-xil tadbirlar, uchrashuvlar, o’quv-seminarlar muntazam ravishda tashkillanmoqda. Gap fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi to’g’risida ketar ekan, fuqarolarning o’zini – o’zi boshqarish institutlari faoliyati va uni yanada takomillashtirish masalalari to’g’risida alohida to’xtalib o’tish joizdir. Zotan, mustaqil O’zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat boshqaruvining 10 asosiy maqsadi – kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tishdan iboratdir. ―Buning ma‘nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgani sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya‘ni o’zini o’zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir‖. Haqiqatdan ham xalqimiz hayotini o’zini o’zi boshqarishning betakror shakli bo’lgan mahallasiz tasavvur etib bo’lmaydi. Asrlar davomida milliy urf – odatlarimiz, an‘analarimiz, rasm – rusmlarimiz, qadriyatlarimiz mahallada sayqal topib, avloddan – avlodga etib kelyapti. Kishilarni uyushtirish, ularni ezgu maqsadlar sari undash, milliy taraqqiyot g’oyalari atrofiga birlashtirishda mahallaning o’rni beqiyosligicha qolmoqda. SHu ma‘noda mahalla xalqimizning bag’rikenglik va odamiylik fazilatlarini to’liq namoyon eta olishi uchun betakror makondir. Mahallaga xos bo’lgan jamiki jihatlar asosida aslida insonga va jamiyatga nisbatan buyuk hurmat tuyg’usi mujassamlashgan. SHubhasiz, mahalla institutini har tomonlama rivojlantirish uchun bu boradagi qonunchilikni takomillashtirib borish muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda har bir mahalla ahlida o’ziga xos bo’lgan fazilatlardan faxrlanish, g’ururlanish tuyg’usi yuqori ekanligiga ham duch kelasiz. Bu esa o’z navbatida ushbu ijtimoiy institut jamiyatimiz turmushida o’z vazifasini muvaffaqiyat bilan ado etayotganligini aks ettiradi. Viloyatdagi o’zini o’zi boshqarish organlari vazirliklar, mahalliy hokimliklar va ―Nuroniy‖, ―Ekosan‖, ―Bolalar sportini rivojlantirish‖ jamg’armalari, O’zbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo’mitasi, Respublika ma‘naviyat-targ’ibot markazining joylardagi bo’limlari singari bir qator jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqdalar. Natijada ular tomonidan mahallalar faoliyatini rivojlantirish, fuqarolar o’rtasida tinchlik-osoyishtalikni saqlash, milliy g’oya va mafkura, ma‘naviyat va ma‘rifat, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, aholi salomatligini 11 himoyalash, fuqarolarga mehr-muruvvat ko’rsatish, mahallalarda ommaviy sportni rivojlantirish kabi masalalarda tizim xodimlariga yaqindan yordam ko’rsatilmoqda. Ma‘lumki, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda siyosiy partiyalarning faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil rivojlanish davrida mamlakatimizda ushbu masalaga ham katta e‘tibor qaratilmoqda. Bunda , albatta, davlatimiz rahbarining nutq va ma‘ruzalarida ko’ppartiyaviylik fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim va muqarrar sharti ekanligi, buning oqibatidagi sog’lom siyosiy raqobat uning asosiy omili ekanligiga alohida urg’u berilganligini ko’rish mumkin. 2008 yil boshidan buyon amaliyotga joriy qilinigan ―Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida‖gi Konstitutsiyaviy Qonun ham keyingi yillar mobaynida O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda, ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda favqulodda katta ahamiyat kasb etmoqda. Ko’ppartiyaviylik ham fuqarolik jamiyatining tarkibiy qismidir CHunki aynan ko’ppartiyaviylik jamiyatda faoliyat ko’rsatayotgan turli ijtimoiysiyosiy guruhlarning manfaatlari, maqsad-muddaolari, niyatlari hamda ehtiyojlarining ro’yobga chiqishi uchun tegishli zamin yaratib beradi. Bugungi kunda mamlakatimizda davlat boshqaruvini amalga oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan parlamentimiz deputatlari xalqimizning eng ishongan vakillaridir. Ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda shakllanayotgan fuqarolik jamiyatini qaror toptirish va rivojlantirishda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar, jamoat birlashmalari va boshqa demokratik institutlarning roli va ahamiyati yuksakdir. YUrtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli 12 islohotlarning ro’yobga chiqishi ham ko’p jihatdan ushbu institutlarning samarali hamkorlikda faoliyat ko’rsatishiga bog’liq. Aholining keng qatlamlari manfaatlarini ifodalaydigan fuqarolik jamiyati institutlari o’rtasida o’zini o’zi boshqarish tizimining xalqimizga xos va mos noyob tuzilmasi hisoblangan mahalla alohida o’ringa ega. Mahalla necha asrlik tarixga ega bo’lsa ham, faqat O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan keyingina jamiyat hayotida o’zining munosib nufuzi va o’rniga ega bo’ldi. Mahalla O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Iclom Karimov ta‘rifi bilan aytganda, tom ma‘noda ―ona yurt ramzi‖ va ―xalq vijdoni‖ga, ―ta‘sirchan ijtimoiy fuqarolik idorasi‖ va ―demokratiya darsxonasi‖ga aylandi. Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta ―mahalla‖ tushunchasi mamlakatimizning Bosh qomusiga kiritilib, konstitutsiyaviy maqomi mustahkamlandi
Do'stlaringiz bilan baham: |