Innovatsion menejment funktsiyalari
Boshqarish jarayoni - strategik marketing, rejalashtirish, jarayonlarni tashkil etish, hisob, nazorat, motivlashtirish va tartibga solishning uzluksiz, o`zaro bog’liq xarakatlarning zanjiri hisoblanadi.
Innovatsion menejmentning asosiy funktsiyasilaridan biri- strategik marketingdir. Strategik marketing-bu innovatsiya va yangiliklar portfelini shakllantirish bo`yicha kompleks ishdir, ya`ni bozorni strategik segmentatsiya qilish asosida firma strategiyasini tuzish, kerakli miqdorda foyda olish va firmaning raqobat ustivorligini saqlash va unga erishish maqsadida maxsulot sifatini oshirish; resurslardan tejamli foydalanish va ishlab chiqarishnig kompleks rivojlanishini strategik istiqbollashdir.
Marketing - bu birinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyatni iste`molchilarga yo`naltirilgan kontseptsiyadir, ikkinchidan halqaro ISO 9000 seriyasidagi standartlarga binoan ob`ekt hayotiy davrining birinchi bosqichi. Hozirgi vaqtda ko`p adabiyotlarda marketing funktsiyasiga tovarni loyihalashtirish va uni ishlab chiqarish kiritilyapti. Bizning fikrimizcha, marketing xizmati yuqorida qayd etilgan ishlarda ishlab chiqarishda, kelishuvlarda ishtirok etish, marketing kontseptsiyasidan foydalanishda hamma bo`limlarga uslubiy yordam ko`rsatish, marketing kontsetsiyasidan foydalanilgan, iste`molchilarga yo`naltirilgan har qanday faoliyatni rag’batlantirish bo`yicha takliflar bilan raxbariyatga chiqishda faol ishtirok etishdir.
Rejalashtirish - menejment funktsiyasi bo`lib unda tashqi muxit omillari va holatlarini tahlil qilish, maqsadga erishishning al’ternativ variantlarini baholash va optimallashtirish, eng samarali reja variantini tanlash bo`yicha kompleks ishlar bajariladi.
Innovatsion faoliyatni rejalashtirishning xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
Innovatsiyalarning yangiligi, ularni ishlab chiqarish uzoq muddatligi tufayli rejalarda katta noaniqliklar mavjudligi;
Investitsiyalarni qo`yishda katta tavakkalchilik mavjudligi;
Innovatsion faoliyatga nisbatan infratuzilmalarning, innovatsion menejment tizimi komponentlari va hodimlarning noaniqligi;
Tadqiqot ob`ekti va predmetining doimo o`zgarib turishi;
Kelajakda raqobat ustuvorlikka erishish.
Innovatsion faoliyatni rejalashtirishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Strategik marketingning al’ternativ variantlarini istiqbollash asosida kelajak uchun firmaning optimal strategiyasini tanlash.
2. Firmaning bir tekisda rivojlanishini ta`minlash.
3. Ilmiy yondashuvlarni qo`llagan holda innovatsiya va yangiliklarning nomenklatura va assortiment bo`yicha optimal portfelini shakllantirish.
4. Rejalarning kompleks bajarilishini ta`minlash.
5. Rejalarni bajarilishini ta`minlash bo`yicha tashkiliy texnik va ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni ishlab chiqish.
6. Rejalarning bajarilishini topshiriqlar, bajaruvchilar, resurslar, muddati, joyi va ish sifati bo`yicha muvofiqlashtirish.
7. Rejaning bajarilishini rag’batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |