“TASDIQLAYMAN”
GDU huzuridagi XTXQTMOXM direktori: _______Sh.Turdimetov
“ _____ ”- yanvar 2019-yil
"Tillarni o`qitish metodikasi" kafedrasi
Ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari MOK uchun
2019-yilga mo`ljallangan
TEST SAVOLLARI
“KELISHILGAN”
O`quv-ilmiy ishlar bo`yicha
direktor o`rinbosari:
________ A.Berikboyev
Tuzuvchi: __________ A.Uralov
Guliston - 2019
1.Ijtimoiy adabiyot deya ta`rif beriladigan so`zni toping?
*a) kitob
b) O`qituvchi
c) televideniya
d) kompyuter
2.O`quvchilarni fikrlashga, misol keltirishga , o`z fikrlarini bayon etishga undovchi metod?
*a) FSMU
b) Venn
c) Domino
d) Ikki qismli kundalik
3.Sifatlash va sifatlanmish aloqasi natijasida vujudga keladigan she`riy san`at?
*a) Sifatlash
b) O`xshatish
c) Mubolag`a
d) Tashbeh
4.Ertak atamasi Xorazmda qanday nom bilan ataladi?
*a) Cho`pchak
b) Ushuk
c) Matal
d) Varsaki
5. Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak dostonni nechanchi sinfda o`rganiladi?
*a) 5-sinf
b) 6-sinf
c) 7-sinf
d) 8-sinf
6.Ona tili fanini chuqur o`rganishga ixtisoslashgan maktablarning 5-9-sinflarida jami necha soat o`qitiladi?
*a) 986 soat
b) 646 soat
c) 848 soat
d) 528 soat
7. Ona tili fanini chuqur o`rganishga ixtisoslashgan maktablarning 5-9-sinflarida haftasiga jami necha soat o`qitiladi?
*a) 29 soat
b) 19 soat
c) 21 soat
d) 24 soat
8.Aruz vaznidagi eng kichik ritmik bo`lak?
*a) Hijo
b) Bo`gin
c) Rukn
d) Bahr
9. Ishqiy she`rlarda asosan nechta qahramon ishtirok etadi?
*a) 3 ta
b) 5 ta
c) 4 ta
d) chegaralanmagan
10. Rukning ma`nosini toping?
*a) Ustun
b) Uy
c) Bo`gin
d) ishqa oshno
11. Bahr qaysi tildan olingan va qanday ma`noni anglatadi?
*a) Aracha dengiz
b) Arabcha sabo
c) Forscha yor jamoli
d) Turkiycha to`rtlik
12. Aruz vaznida 8 ruknli bayt nima deb ataladi?
*a) Musamman
b) Muxamas
c) Musaddas
d) Musaba
13. Aruz vaznida 5 ruknli bayt nima deb ataladi?
*a) Muxamas
b) Musaman
c) Musaddas
d) Musaba
14. Aruz vaznida 6 ruknli bayt nima deb ataladi?
*a) Musaddas
b) Musaman
c) Muraba
d) Musaba
15. Keys-stadi qanday vaziyatga asoslangan o`qitish metodi?
*a) Aniq vaziyatga
b) Noaniq vaziyatga
c) Hodisaga
d) Texnik vaziyatga
16. “Abjad”dan keyin “Haftiyak”o`rgatilgan. “Haftiyak”da 13-14 kichik-kichik suralar jamlangan bo`lib, “Qur`on”ni o`qish va yodlashdagi bir bosqichdir”.Ushbu fikrlar kimga tegishli?
*a) M. Dolimov
b) A. Zulpiqorov
c) B.Mingliyev
d) A.Rasulov
17. Hozirgi o`zbek adabiy tili ta`limining bosh maqsadi?
*a) O`quvchining nutqiy foaliyatini rivojlantiradi.Erkin va ijodiy fikrlashini rivojlantiradi
b) O`quvchining yozma nutqini rivojlantiradi
c) O`quvchining yozma va o`g`aki nutqini rivojlantiradi
d) To`g`ri javob yo`q
18. …… so`z, birikmasi va gaplarning o`zaro aloqasini o`rganadigan tilshunoslik bo`limi?
*a) Sintaksis
b) Morfologiya
c) Leksikologiya
d) Fonetika
20.So`zlarning lug`aviy va Grammatik jihatdan farqlanishiga ko`ra guruhlarga bo`linishi……?
*a) So`z turkumlari
b) Gap bo`laklari
c) Yordamchi so`zlar
d) Mustaqil so`zlar
21.So`zlovchining his-tuyg`ularni ifoda etuvchi so`zlar qanday so`zlar tarkibiga kiradi?
*a) Undov so`zlar
b) Modal so`zlar
c) Taqlid so`zlar
d) kirish so`zlar
22. XX asrgacha bo`lgan davrda o`zbek adabiyotida qaysi janr yetakchilik qilgan?
*a) She`riyat
b) Nasr
c) Dramaturgiya
d) To`g`ri javob yo`q
23.G`azalning to`la qonli o`quv tahlili qaysi sinflarda o`tkaziladi?
*a) 8-9
b) 10-11
c) 7-8
d) 5-7
24.Lirikaning asosiy obrazi kim?
*a) Lirik qahramon
b) Oshiq
c) Mashuqa
d) Raqib
25.Tragediya, komediya va drama qanday janrga kiradi?
*a) Drammatik janrga
b) Maxsus turga
c) Lirik janrga
d) Epik turga
26.G`oyat murakkab, chigal insoniy taqdirlar tasvirlangan asarlarni sanang?
*a) “Shoh Edip” , “Qirol Lir”, “Abulfayzxon”
b) “Shoh Edip”Diyonat
c) “Mirzo Ulug`bek”, O`tkan kunlar
d) Asrga tatigulik
27.Qit`a adabiyot darslarida keying 17 yil ichida qaysi sinf darsliklariga kirgan?
*a) 9-10
b) 7-9
c) 7-8
d) 5-7
28. Aruzda bo`g`in qanday birlik hisoblanadi?
*a) ritm hosil qiluvchi va misralar tengligini taminlovchi
b)faqat ritm hosil qiluvchi
c)misralarda bo`g`inlarning kichik pauza orqali guruhlanib kelishi
d)turoqlardan birini boshqasiga bog`lanishi
29. Fors-tojik adabiyotida aruz qachondan boshlab qo`llanilgan?
*a) 9 asr
b)11 asr
c)14 asr
d)15 asr
30. Vasl so`zining ma`nosi nima?
*a) arabcha “ulanish”
b) arabcha “izoh”
c) arabcha “emirmak”
d) arabcha “dum yasamoq”
31. Turkiy tilda yaratilgan aruz vaznidagi asarlarni belgilang?
*a) ,,Qutadg`u bilig”, ,,Hibbatul haqoyiq”
b),,Muxtasar”
c),,Mezon ul-avzon”
d),,Risolayi aruz”
32.Juzvlarning o`zaro birikuvidan nima kelib chiqadi?
*a) Rukn
b) Bahr
c) Zihof
d) Furu
33.,,Risolayi aruz” asarining muallifi kim?
*a) Abdurahmon Jomiy
b) Alisher Navoiy
c) Halil ibn Ahmad
d) Bobur
34. Alisher Navoiyning ,,Mezon ul-avzon” asari…
*a) She`r vaznlariga oid
b) Muomala odobiga oid
c) Odob-ahloqqa oid
d) Tariqat asoslariga oid
35. Maktablarda xalq og`zaki ijodining qaysi janrlari o`rganiladi?
*a) Maqol, topishmoq, qo`shiq, ertak, doston
b) Ertak va xalq qo`shiqlari
c) Maqol, topishmoq, doston
d) Faqat doston
36. Vazn talabiga ko`ra biror harfning orttirilishiga…
*a) Taznib
b) Tag`yir
c) Taslim
d) Ball
37. Nechanchi sinflarda g`azal vazni- aruz to`g`risida tushuncha berilmaydi?
*a) 6-7-sinflarda
b) 5-6-sinflarda
c) 7-8-sinflarda
d) 8-9-sinflarda
38. Lirik turning tahlilida qaysi xususiyatlar asos bo`lib xizmat qiladi?
*a) Vaznga solinishi, qofiyalanishi, unda ruhiy holat va kechinmalar qalamga olinishi, doimiy ravishda inversiyaga yo`l berilishi
b) Vaznga solinishi va qofiyalanishi
c) Ruhiy holat va kechinmalar qalamga olinishi
d) Doimiy ravishda inversiyaga yo`l berilishi
39. Mumtoz janrlarni o`rganishda o`qituvchining o`zida nima shakllangan bo`lishi kerak?
*a) Aruziy tafakkur
b) Nutq madaniyati
c) Pedagogik qobiliyat
d) Zaruriy ko`nikma
40. Mumtoz adabiyotni o`qitish bilan bog`liq qiyinchilik va murakkabliklar nimalarda namoyon bo`ladi?
*a) Vazn bilan bog`liq murakkabliklar, qofiya bilan bog`liq murakkabliklar, til xususiyatlari yuzaga keltiradigan to`siqlar, obrazlarning ko`proq ramziy va majoziy xarakterda ekanligi, tasavvufiy(ramziy) ma`noni ilg`ash mushkulligi
b) til xususiyatlari yuzaga keltiradigan to`siqlar
c) tasavvufiy(ramziy) ma`noni ilg`ash mushkulligi
d) Vazn bilan bog`liq murakkabliklar, qofiya bilan bog`liq murakkabliklar
41.Nazm darsidagi bayt barak usuli bu…
*a) Bahru bayt
b) Mushoira
c) She`riy aytishuv
d) Bayt tahlili
42 .Mumtoz adabiyotdagi she`riy jumboq janrini toping?
*a) chiston
b) topishmoq
c) tuyuq
d) qit`a
43. Mashuqaning odatiy harakter belgilari nima?
*a) bag`ri tosh, iltifotsiz, mag`rur
b) soda dil, beparvo
c) ayyor, g`ayr
d) ag`yor, bag`ritosh
44. U yoki bu yozuvchi ijodi o`rganilib bo`lingach badiiy merosining eng muhim masalalariga bag`ishlab o`tkaziladigan dars nima?
*a) seminar darsi
b) tahlil darsi
c) namunali dars
d) ma`ruza dars
45. Nutq tovushlarning to`liq jihatlari berilgan qatorni toping?
*a) Fiziologik, akustik, lingvistik
b) artikulyatsiya, funksional
c) eshitilish, lingvistik
d) funksional, fiziologik
46. Xalqaro baholash dasturida TIMSS qaysi sinflarda qo`llaniladi?
*a)4-8-sinflar
b) 5-6-sinflar
c) 3-4-sinflar
d) 10-11-sinflar
47. Pisa testlar necha yoshli o`quvchilarda qo`llaniladi?
*a) 15 yoshli
b) 16 yoshli
c) 17 yoshli
d) 14 yoshli
48. 2015-yil Pisa xalqaro dasturi sinovida nechta davlat ishtirok etdi?
*a) 70 dan ortiq
b) 60 dan ortiq
c) 50 dan ortiq
d) 40 dan ortiq
49. Boshlang`ich maktab o`quvchilarining matnni o`qish va qabul qilish bo`yicha
Tayyorgarligi va yutuqlarga erishishiga sabab bo`luvchi tizim…
*a) PIRLS
b) TIMSS
c) PISA
d) TALIS
50. O`quvchilarni ta`lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo`yicha xalqaro dastur qaysi?
*a) PISA
b) TIMSS
c) TALIS
d) PIRLIS
51. Forscha so`zlar qatorini aniqlang?
*a) magar,shahd,gardun,rishta.
b) liqo,magar,tamanno
c) qamuq,ijmoh,hayl.
d) ochun,liqo,tamanno.
52. Metodik adabiyotlarda dars tahlili necha turga bo`linadi?
*a) 4
b) 3
c) 2
d) 5
53. A.Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi dastlab qachon tashkil etilgan?
*a) 1940-yil
b) 1944-yil
c) 1955-yil
d) 1960-yil
54. A.Navoiy muzeyida qancha eksponat ,ashyo va hujjatlar bor?
*a) 30 mingdan ortiq
b) 40 mingdan ortiq
c) 10 mingdan ortiq
d) 500 dan ortiq
55. A.Navoiy muzeyida qancha qo`lyozmalar saqlanadi?
*a) 1000 dan ortiq
b) 2000 dan ortiq
c) 3000 dan ortiq
d) 4000 dan ortiq
56. I.Karimov tomonidan A.Navoiyning qaysi asari muzeyga hadya etildi?
*a) “Xazoyin ul- maoniy”
b) “Mezon ul-avzon”
c) “Muhokamat ul-lug`otayn”
d) “Xamsa”
57. “Binar” so`zi qaysi so`zdan olingan va u qanday ma`noni bildiradi?
*a) lotinchadan olingan bo`lib, “qo`sh” “ikki” degan ma`noni bildiradi.
b) arabchadan olingan bo`lib “qo`sh” degan ma`noni bildiradi.
c) grekchadan olingan bo`lib “ikki”, “qo`sh” degan ma`noni bildiradi
d) lotinchadan olingan bo`lib, “baxs” “munozara” degan ma`noni bildiradi.
58. Ta`lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o`quv materialini o`rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan metod berilgan javovni ko`rsating?
*a) “kichik guruhlarda ishlash” metodi
b) “davra suhbati” metodi
c) “ishbop o`yin” metodi
d) “rolli o`yin” metodi
59. “Kichik guruhlarda ishlash metodi” necha bosqichdan iborat?
*a) 7 ta
b) 10 ta
c) 8 ta
d) 4 ta
60. Aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar yuzasidan ta`lim oluvchilar tomonidan o`z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o`qitish metodini aniqlang?
*a) “davra suhbati” metodi
b) “kichik guruhlarda ishlash” metodi
c) “ishbop o`yin” metodi
d) “rolli o`yin” metodi
61. “Davra suhbati metodi” qo`llanilganda stol-stullar joylashuvi qanday?
*a) doira
b) ketma-ket tartibda
c) to`rtburchak
d) juft stol
62. “Loyiha” metodi bosqichlarini belgilang?
*a) Ma`lumot yig`ish, reja tuzish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish, xulosa chiqarish.
b) Loyihalashtirish, ishlarni taqsimlash, guruhlarga bo`lish, xulosa chiqarish?
c) reja tuzish, guruhlarga bo`lish, topshiriqlar berish, amalga oshirish.
d) Ma`lumot yig`ish, ishlarni taqsimlash, xulosa chiqarish, baholash.
63. Ta`lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo`yicha axborot yig`ish, tadqiqot o`tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishga qaratilgan metodni toping?
*a) “loyiha” metodi
b) “kichik guruhlarda ishlash” metodi
c) “ishbop o`yin” metodi
d) “davra suhbati” metodi
63. Ta`lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning echimini topish bo`yicha ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metodni belgilang?
*a) “muammoli vaziyat” metodi
b) “loyiha” metodi
c) “ishbop o`yin” metodi
d) “davra suhbati” metodi
64. “Kompitensiya” so`zi qanday ma`noni bildiradi?
*a) “musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”, “bellashmoq”
b) “ko`nikmaga ega bo`lmoq”, “xarakat qilmoq”, “o`z ustida ishlamoq”
c) “ommalashtirmoq”, “targ`ib qilmoq”, “tajriba almashmoq”
d) “samaradorlik”, “moslashuvchanlik”
65. Ta`lim kompitensiyalari qaysi qatorda to`g`ri ko`rsatilgan?
*a) bilim, ko`nikma, malaka kompitentsiyasi
b) ko`nikma, malaka, kompitentsiyasi
c) bilim berish kompitensiyasi
d) mustaqil fikrlash kompitensiyasi
66. Mavjud bilim, ko`nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo`llay olish qobiliyati nima deyiladi?
*a) kompitensiya
b) malaka
c) bilim
d) ko`nikma
67. O`rganilgan ma`lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish – bu nima?
*a) bilim
b) malaka
c) ko`nikma
d) kompitensiya
68. O`rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo`llay olish – bu nima?
*a) ko`nikma
b) bilim
c) kompitensiya
d) malaka
69. O`rganilgan bilim va shakllangan ko`nikmalarni notanish vaziyatlarda qo`llay olish va yangi bilimlar hosil qilish – bu nima?
*a) malaka
b) bilim
c) ko`nikma
d) kompitensiya
70. Kompetensiyalar fan va turmushga kirib kelishning qisqacha tarixi necha bosqichda o`rgatiladi?
*a) 3 ta
b) 4 ta
c) 2 ta
d) 6 ta
71. Tilni o`rgatishga doir kompitensiyalarning 1 bosqichi nechanchi yildan kiritila boshlangan?
*a) 1960-1970 yillar
b) 1970-1990 yillar
c) 1970-1980 yillar
d) 1990-1995 yillar
72. “Kommunikatsiv kompitensiya” tushuncha kim tomonidan kiritilgan
*a) D. Xayms
b) K. Nyuks
c) J. Karl
d) B. Jorj
73. Xorij tajribasiga asoslangan “Chet tillarini o`qitishni takomillashtirish to`g`risida”gi PQ-1875-sonli qaror nechanchi yili qabul qilingan?
*a) 2012-yil
b) 2013-yil
c) 2011-yil
d) 2014-yil
74. Ona tili va adabiyot faniga oid tayanch kompitensiyalar necha qismdan iborat?
*a) 6 qismdan iborat
b) 8 qismdan iborat
c) 4 qismdan iborat
d) 2 qismdan iborat
75. Ona tili faniga oid kompitensiyalar qaysilar?
*a) Nutqiy kompitentsiya, Langvistik kompitentsiya
b) Sotsiolingvistik kompetentsiya, Pragmatik kompetentsiya
c) Adabiy-nutqiy kompetentsiyalar. Langvistik kompitentsiya
d) Nutqiy kompitentsiya, Sotsiolingvistik kompetentsiya
76. Adabiyotga oid kompitensiyalar qaysilar?
*a) Adabiy nutqiy kompitentsiya, Badiy asarni taxlil qilish kompitentsiya
b) Adabiy bilimlarni amaliyotda qo`llash kompetentsiyasi, Badiy asarni taxlil qilish kompitentsiya
c) Badiiy asarni o`qish, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi, Adabiy nutqiy kompitentsiya
d) Adabiy nutqiy kompitentsiya, og`zaki va ijodiy kompitensiyalar
77. O`quvchilarning kompitensiyalarini shakllantirishda ularning qiziqish va ehtiyojini o`rganishda o`qituvchi tomonidan qanday tashxis o`tkaziladi?
*a) Pedagogik
b) Psixologik
c) Og`izaki
d) Savol-javob
78. O`zbekiston Respublikasi «Ta`lim to`g`risida»gi Qonunining nechanchi moddasi nechanchi bandiga muvofiq ta`lim muassasalarida sudlangan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug`ullanishlariga yo`l qo`yilmaydi?
*a) 5-modda 3-band
b) 3-modda 5-band
c) 5-modda 7-band
d) 7-modda 5-band
79. O`zbekiston Respublikasi «Ta`lim to`g`risida»gi Qonuniga mufofiq o`qituvchi shaxsiga qo`yilgan talablar necha banddan iborat?
*a) 10 banddan
b) 8 banddan
c) 7 banddan
d) 6 banddan
80. Pedagogik mahorat egasi qanday bo`lishi lozim?
*a) kam kuch sarf qilib, katta natijalarga erishi kerak
b) o`z fanini mukammal bilmog`i lozim
c) iste`dodli bo`lmog`i lozim
d) tajribali bo`lishi kerak
81. “Bumerang” texnalogiyasi qanday mashg`ulotlarda foydalaniladi?
*a) barcha holatlarda ishlatilishi mumkin
b) seminar, davra suhbati, treninglar
c) treninglar, amaliy mashg`ulot, suhbat
d) amaliy mashg`ulotlar, seminar yoki labaratoriya, suxbat-munozara
82. Rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyasining etakchi tamoyillaridan moslanuvchanlik tamoilining qulayligi nimada?
*a) ta`lim shakli, usuli va usullarining turli ta`lim muassasalarida qo`llanuvchanligida
b) muayyan o`quv predmetiga oid o`quv materiali mazmunining shaxsini rivojlantirish shakl, usuli vausullar bilan uyg`unligida
c) turli ta`lim muassasalari pedagoglarining pedagogik texnologiyalarini yaratish imkoniyatlarida
d) genetik va ijtimoiy jihatlarga muvofiq o`quvchilarning o`ziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishda
83. “Aqliy xujum” usulining qanday shakllari bor?
*a) yozma va og`izaki
b) yozma
c) og`izaki
d) savol-javob
84. Fikrlarinini sabablarini aytib, turli misollar orqali umumlashtiruvchi texnologiyaning nomi nima?
*a) “FSMU”
b) “Bumerang”
c) “Nuqtayi nazaring bo`lsin”
d) “Muammoli vaziyat”
85. “Arra” usuli nechanchi yili kim tomonidan ishlab chiqilgan?
*a) 1978-yil E. Aronson
b) 1963-yil D. Xayms
c) 1987-yil R. Slavin
d) 1979-yil A. Nаvoiy
86. 1986-yili R.Slavin “Arra” usulini qisman o`zgartirib, “Arra-2” usulini yaratgan olim kim?
*a) R. Slavin
b) D. Xayms
c) E. Aronson
d) A. Nаvoiy
87. Kichik guruhlarda ishlash usuli necha bosqichdan iborat?
*a) 7 ta
b) 10 ta
c) 5 ta
d) 4 ta
88. Ta`lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish, hamda ularning echimini topish bo`yicha ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan usul qaysi?
*a) “muammoli vaziyat” usuli
b) “arra” usuli
c) “aqliy hujum” usuli
d) “nuqtai nazaring bo`lsin” usuli
89. Biror muammo bo`yicha ta`lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to`plab, ular orqali ma`lum bir echimga kelinadigan usuldir qanday nomlanadi?
*a) “aqliy hujum” usuli
b) “arra” usuli
c) “muammoli vaziyat” usuli
d) “nuqtai nazaring bo`lsin” usuli
90. “Keys-stadiy” 1870-yilda ilk marotaba qaysi universitetda qo`llanilgan?
*a) Garvard
b) Oksfort
c) London
d) Kanada
91. Dars mavzusini savol-javoblar orqali o`zlashtirish mashqi qanday nomlanadi?
*a) Matbuot konferentsiyasi darsi
b) O`zaro o`qitish darsi
c) Quvnoqlar, zukkolar klubi darsi
d) Guruhlarda ishlash darsi
92. Qiziqarli savollar va ularga javoblar topish orqali mustaqil fikrlashni o`rgatish mashqi qanday nomlanadi?
*a) Quvnoqlar, zukkolar klubi darsi
b) Matbuot konferentsiyasi darsi
c) O`zaro o`qitish darsi
d) Guruhlarda ishlash darsi
93. O`quvchilarning bir nechta guruxlarga bo`linib vazifalar bajarishini tashkil etish orqali bilimlarni mustahkamlash mashqini ko`rsating?
*a) Guruhlarda ishlash darsi
b) O`zaro o`qitish darsi
c) Matbuot konferentsiyasi darsi
d) Quvnoqlar, zukkolar klubi darsi
94. Q`quvchilarning dars mazmuni bo`yicha matnning ayrim abzatslari yoki shunga o`xshash kichik bo`laklarini bir-birlariga tushuntirishlarini tashkil etish orqali mavzuni o`zlashtirish darsini belgilang?
*a) O`zaro o`qitish darsi
b) Matbuot konferentsiyasi darsi
c) Quvnoqlar, zukkolar klubi darsi
d) Guruhlarda ishlash darsi
95. A.Navoiy nomidagi O`zbek tili va adabiyoti universiteti O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qaysi sanadagi Farmoni asosida tashkil etilgan?
*a) 2016-yil 13-may
b) 2016-yil 25-may
c) 2016-yil 10-iyun
d) 2016-yil 3-may
96. A.Navoiy nomidagi O`zbek tili va adabiyoti universitetida nechta kafedra faoliyat yuritadi?
*a) 15 ta
b) 13 ta
c) 9 ta
d) 17 ta
97. “Keys -stadi” qaysi so`zdan olingan?
*a) inglizcha
b) frantsuzcha
c) lotincha
d) nemischa
98. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qaysi sanada qabul qilingan?
*a) 2017-yil 26-sentyabr
b) 2017-yil 13-sentyabr
c) 2017-yil 28-avgust
d) 2017-yil 28-dekabr
99. ”Binar”ma`ruza metodida mashg`ulot qay tartibda olib boriladi va necha kishidan iborat bo`ladi?
*a) ikki vakil o`rtasidagi interfaol suhbat, baxs-munozara axborot almashinuvi orqali
b) bir vakil tomonidan ko`rgazmalar va ma`ruza matnlari orqali
c) guruh va o`qituvchi hamkorligida bahs munozara shaklida
d) kichik guruhlarda savol-javob tartibida
100. Pedagogik treningning uchinchi bosqichini belgilang
*a) Faoliyatli bosqich
b) Tashkiliy bosqich
c) Yakuniy bosqich
d) Xulosa bosqichi
Do'stlaringiz bilan baham: |