Fermentlarning aktivligining o‘lcham birligi. Fermentlarning kattaligi katallarda (kat) o‘lchanadi. 1- katal bu shunday katalitik aktivlikki, u 1 sekundda 1 mol reaksiyani amalga oshiradi. Undan tashqari solishtirma katalitik aktivlik ko‘rsatkichi bo‘lib, bu kattalik eng asosiy ko‘rsatkichlardan bo‘lib, fermentning miqdorini ham hisobga oladi. Har bir katalitik fermentning kataldan o‘lchangan aktivligini ko‘rsatadi. (kat/kg) Fermentlar nomenklatura buyicha 4 ta raqam bilan kodlanadi. Raqamlarning birinchisi uning qaysi sinfga mansubligini ko‘rsatadi. Keyingilari sinf tarkibidagi sinfchalarga ta’luqlidir.
Fermantlar aktivligiga tempiraturani ta’siri,- tempiratura ko‘tarilishi bilan fermentlarning aktivligi ma’lum darajada ortadi. Lekin tempiratura 40oC dan oshganda ferment aktivligi pasayadi. Ba’zi fermentlar 60-80oC da aktivligini butunlay yo‘qotadi. Lekin ayrim fermentlar yuqori tempiraturalarda ham aktivligini yo‘qotmaydi. Ayrim fermentlar past tempiraturada ham, aktivligini ham yo‘qotmaydi. Masalan katalaza fermenti uchun 0-10oC optimal tempiratura hisoblanadi.
Vodorod ionlari konsentratsiyasining ta’siri, - organizmdagi ko‘pchillik fermentlar pH-7 atrofida yuqori aktivlikka ega bo‘ladi. Muhitning kislotali yoki ishqorli tomonga o‘zgarishi ular aktivligining pasayishiga olib keladi. Masalan, alfa amilaza fermenti kislotali muhitda o‘z aktivligini yo‘qotadi, betta amilaza fermenti 70oC tempiraturada o‘z aktivligini yo‘qotadi.
Kofermentlarning tuzilishi va klassifikatsiyasi
Kofermentlar ikki komponentli fermentlarning faol markazlari hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda aniqlangan 3000 ga yaqin fermentlardan 800 tasi o’zlarining katalitik funksiyalarini oqsil tabiatga ega bo’lmagan kofermentlar orqali amalga oshiradilar. Bunday fermentlar qatoriga ko’pchilik oksireduktazalar va transferazalar, barcha ligazalar, Shuningdek bir qator izomerazalar kiradi.
Kofermentlarning kimyoviy tabiati turlichadir. Kofermentlar kichik molekulyar massaga ega bo’lgan organik moddalardir. Kofermentlar turli xil funksiyalarni bajaradi. Masalan oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarida koferment sifatida lipoat kislota, glutation va temirporfirinlar, fosfolipidlarning biosintezida tsitidindifosfat-xolin va hakazo. Bundan tashqari ko’pgina vitaminlar kofermentlar funksiyasini bajaradi.
Kofermentlarning fermentativ reaksiyasidagi funksiyalari asosida quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
Vodorod va elektron tashuvchi kofermentlar – bu guruhga oksidoreduktaza sinfiga ta`luqli fermentlar bilan bog`liq nikotinamidli kofermentlar, flavinli kofermentlar, lipoat kislotasi va glutaion kiradi;
Guruhlarni ko’chiruvchi kofermentlar – transferazalar sinfi bilan bog`liq bo’lgan adenozintrifosfat, uglevodlarning fosfatli efirlari, atsetillash (atsillash) kofermenti, tetrogidrofolat kislota hamda peridoksal kiradi;
Sintezlash, izomerlanish va б – uglerod bog`larini uzuvchi kofermentlar – bu guruhga liazalar sinfiga oid fermentlar bilan bog`liq bo’lgan biotin va kobamidli kofermentlar va metalloporfinlar kiradi. Quyidagi jadvalda ayrim kofermentlar va ularning asosiy funksiyalari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |