Membrana oqsillari
Biomembrana, hujayra, boglangan suv, erkin suv, egallangan suv fagosit, qutblangan, energiya, retseptor
Oqsillar qisman yoki butunlay membranalarga botib turgan (integral oqsillar), yoki membrana yuzasida joylashgan (periferik oqsillar) bólishi mumkin (Rasm …).
13-rasm. Membrana oqsillari
Integral membrana oqsillari. Ular membranani tóliq kesib ótib, spirallashgan (domenlarni) hosil qiladi. Bunday oqsillar yoģlar bilan mustaxkam boĝlangandir. Integral oqsillarning botib turadigan qismi gidrofobdir, yani tarkibida gidrofob radikallariga ega, kóp miqdordagi aminokislotalar bóladi. Gidrofob qismining ózaro ta,sirlar, oqsillarning lipid qavatida saqlanib, ma,lum tomonga qarab turishini ta,minlaydi: gidrofil qismi kótarilib turgan oqsil shu qismi bilan gidrofob qatlami tomonga qarab burilishi mumkin emas.
Membrananing periferik oqsillari. Ular membranada yoģlar qavatida joylashgan. Hujayra satxidagi oqsillar va ba,zi yoģ molekulalari uglevod komponentlari bilan kovalent boģlanishi mumkin. Bu glikoproteinlar va glikolipidlar-glikokaliksni hosil qiladi (8-rasm).
14-Rasm. Membrana oqsillarining tuzilishi
Membrana oqsillarini tarkibida uglevod bóladigan oqsillar glikoproteinlardan iborat. Glikoproteinlar asosan plazmatik membranalarda topiladi. Bu oqsillarning uglevodli qismini (prostetik guruhini) kovalent tarzda birikkan monocaharid qoldiqlari yoki oligosaxarid zanjirlari tashkil etadi.
Bazi integral oqsillar membranani kesib ótib, uning ikkala tomonidan tashqariga chiqib turadi. Eritrotsitlar plazmatik membranasi tarkibiga kiradigan uglevodli oqsil glikoforin bunga misol bólib xizmat qilishi mumkin. Shu membranadagi jami oqsillarning 10 foizga yaqini ushbu oqsil ulushiga tóģri keladi. Glikoforin taxminan 200 ta aminokislota qoldigiga ega bólgan katta polipeptid zanjirdan tuzilgandir: peptidga uzunligi 12 ta monosaxaridgacha boradigan 20 taga yaqin oligosaxarid zanjirlari birikkan. Uglevodlar butun glikoprotein massasining taxminan yarmini tashkil etadi. Uglevod zanjirlarining hammasi molekulaning N-uchki qismida tóplangan, molekulaning shu qismi glikoforin peptid zanjirining yarmidan sal kamroģini óz ichiga oladi. Keyin zanjirning taxminan 30 ta aminokislotadan tuzilgan va -spiral konformatsiyasiga ega bólgan gidrofil uchki qismi membrananing tashqi yzasida. C-uchki qismi esa (bu qismi ham gidrofil bóladiy, lekin uglevod zanjirlari bólmaydi) membrananing ichki yzasida turib qoladi (9-rasv).
Do'stlaringiz bilan baham: |