Absolyut guruhviy spetsifiklik. Bu xildagi fermentlarning mohiyati Shundan iboratki, ular bir-biriga o’xshash tuzilgan birikmalarga ta`sir etadi. Masalan: alkogoldegidrogenaza, asosan etil spirtiga ta`sir etadi, lekin tarmoqlanmagan zanjirli yuqori molekulyar boshqa spirtlarga ham ta`sir ko’rsatishi mumkin.
Nisbiy guruhviy spetsifiklik. Bunday spetsifiklikka ega bo’lgan fermentlar substrat strukturasiga befarq bo’lib, faqat ular tarkibidagi kimyoviy bog`lar xiliga qarab o’z ta`sirini ko’rsatadi. Masalan, pepsin, tripsin oqsil molekulasidagi peptid bog`larni gidrolizlaydi:
Stereokimyoviy spetsifiklik. Bu xildagi spetsifiklikni faqat optik jihatdan faol bo’lgan moddalarda kuzatiladi. Moddalar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadigan ko’p tabiiy organik birikmalar optik jihatdan faol bo’ladi va organizmda biror-bir stereoizomer sifatida uchraydi. Agar reaktsion muhit ikki xil izomerdan tashkil topgan aralashmadan iborat bo’lsa, stereokimyoviy spetsifiklikka ega bo’lgan ferment ta`sirida faqat substratning yarmi parchalanadi. Masalan: proteolitik fermentlar, odatda faqat L-shakldagi aminokislotalardan tashkil topgan peptidlarni parchalaydi. D-shakldagi aminokislotalarga esa ta`sir etmaydi. Shunga o’xshash, laktatdegidrogenaza fermenti ham L-laktat kislotaning oksidlanish reaksiyasini katalizlaydi, D-shakldagi kislotaga ta`sir etmaydi.
Shunday qilib, fermentlarning spetsifikligi ularning eng asosiy xususiyatlaridan biridir.
Koferment, fermentlarning sinflanishi. Fermentlar aktivligining o‘lcham birliklari. Ayrim tur kofermentlar vakillari.
Kofermentlar:- ko‘pchillik fermentlarni aktivlashishi uchun zarur bo‘lgan quyi molekulyar spetsifik birikmalar kiradi. Hozirgi vaqtda kimyoviy tarkibi va tuzilishi har xil 20 tadan ortiq modda topilgan bo‘lib, ular fermentlarning prostetik gruppalari yoki kofermentlar deb ataladi. Kofermentlar nisbatan kichik molekulyar massali organik moddalar. Keyingi tekshirishlar natijasidan kelib chiqib, bir qancha kofermentlar tarkibiga vitaminlar kirishi aniqlandi. B1, B2, B6, PP, C, biotin, pantotenat kislota, folat kislota, B12, lipoat kislota va boshqalar kiradi. Lekin Yog‘da eruvchi vitaminlarni kofermentlik hususiyati aniqlanmagan. Yuqorida keltirilgan biologik aktiv moddalar fermentlarni aktivligini oshiruvchi kofermentlardir. Fermentlarning aktivligiga nihoyatda kuchli ta’sir qiluvchi ma’lum fizik va kimyoviy omillar bo‘lib, ular fermentlarning aktivligini oshirsa – aktivatorlar. Organizmda boradigan ko‘pchillik fermentativ reaksiyalarda metallarning ionlari (K+, Na+, Mg+2, Zn+2, Cu+2) va boshqalar aktivator vazifasini bajaradi. Ular, ferment-substrat yoki koferment-apoferment komplekslari hosil bo‘lishini osonlashtiradi, natijada reaksiya tez sodir bo‘ladi.
Fermentlarning aktivligini pasaytiruvchi kimyoviy va fizikaviy sharoitlar – ingibitorlar deyiladi. Ingibirlash 2 xil bo‘lib: qaytar va qaytmas ko‘rinishga ega (tashqi ta’sir). Ingibitorlar - bu elementlar yoki ma’lum moddalar bo‘lib, fermentning katalitik funksiyasini susaytiruvchi oqsil qismini cho‘kmaga tushirish natijasida aktivligini susaytiruvchi og‘ir metall tuzlari yoki fermentning aktiv qismi bilan kimyoviy bog‘ hosil kilish hisobiga susaytiruvchi moddalar kirishi mumkin. Bularga og‘ir metallarning ionlari (Hg+2, Pb+2, Ag+, Cu+2 ) va boshqalar ko‘pchillik fermentlar uchun ingibitorlik vazifasini o‘taydi. Lekin bu moddalarni past konsentratsiyasi aktivatorlik vazifasini o‘taydi. Ingibitorlarni eng kuchlisi sianid ioni (CN-) hisoblanadi.
Fermentlar kimyoviy reaksiyalar tezligini oshiradi, shuning uchun anorganik katalizatorlarni eslatadi. Bu biokatalizatorlar anorganik katalizatorlardan farqi, fermentlar “yumshoq” sharoitda (past tempiratura, normal bosim, ma’lum rN qiymatga ega bo‘lgan muhit sharoitida ) eng yuqori aktivlikka ega. Masalan temir ionlari vodorod peroksidni suv va kislorodgacha parchalaydi. Tarkibida temir tutuvchi katalaza fermenti esa bu substratni 10 milliard marta katta tezlikda parchalay oladi.
Biologik manbalardan ajratib olingan fermentlar alohida sharotida saqlanganda, uzoq vaqtgacha o‘z aktivligini yo‘qotmaydi. Ularning bu hususiyati meditsina, sanoat va xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng foydalanishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |