Rus psixologlari orasida V.G.Aseyevning tadqiqotlarida motivatsion tizim masalasi ancha chuqur o’rganilgan. Uning fikricha, inson motivatsion sohasining ontogenetik taraqqiyoti davomida bu soha tizimli rivojlanishga nisbatan moyillikni namoyon etadi. Bu moyillik V.G.Aseyev ko’rsatishicha, stixiyali shakllanuvchi, undovchi kuchlarning kattaroq motivatsion birliklarni o’zaro qo’shilib hosil qilishda namoyon bo’ladi. Motivatsion tizimning birligi sifatida V.G.Aseyev undovchi kuchlarni qayd etadi. Bu tushuncha doirasiga u motiv, ehtiyoj, qiziqish, intilish, maqsad, ideal, mayl, motivatsion ustanovka va boshqalarni kiritadi. Shunday qilib, V.G.Aseyev turli motivatsion hodisalar, mayl turlari o’rtasida tizimli munosabat mavjud deb hisoblaydi. Demak, bunday yondashuvda motivatsion tizim komponenti mayl bo’lib hisoblanadi. Rus psixologlari orasida motivlar ierarxiyasi masalasi A.N.Leontyev, L.I.Bojovich va boshqalar tomonidan o’rganilgan. A.N.Leontyev XX asrning 40- yillarida maktabgacha yosh davrida shaxs shakllana boshlashini ta’kidlar ekan, bu jarayon bolada motivlar ierarxiyasi tarkib topishi bilan bog’liqligini uqtirgan edi. A.N.Leontyev fikricha, sub’ektning tashqi olam bilan birga munosabatlari kengayib borgan sayin motivlarning o’zaro solishtirilishi yuz beradi, buning oqibatida esa ular o’rtasida ierarxik munosabatlar shakllanadi. Motivlar ierarxiyasi olimning fikriga ko’ra, motivlar funktsiyalari bilan belgilanadi. Boshqacha qilib, aytganda ierarxiyada yuqori o’rinni, ma’no hosil qiluvchi funktsiyani bajaradigan motivlar quyi o’rinni esa stimul motiv egallaydi. Demak, A.N.Leontyev motivlar funktsiyasining ikki darajasini: ma’no hosil qiluvchi va stimul darajalarini ajratadi. Ammo A.N.Leontyev o’z nazariyasida motivlar ierarxiyasining shakllanish jarayonida shaxsning sub’ektiv, faol roli qanday bo’lishini ko’rib chiqmaydi. Rus psixologlari orasida motivlar ierarxiyasi masalasi A.N.Leontyev, L.I.Bojovich va boshqalar tomonidan o’rganilgan. A.N.Leontyev XX asrning 40- yillarida maktabgacha yosh davrida shaxs shakllana boshlashini ta’kidlar ekan, bu jarayon bolada motivlar ierarxiyasi tarkib topishi bilan bog’liqligini uqtirgan edi. A.N.Leontyev fikricha, sub’ektning tashqi olam bilan birga munosabatlari kengayib borgan sayin motivlarning o’zaro solishtirilishi yuz beradi, buning oqibatida esa ular o’rtasida ierarxik munosabatlar shakllanadi. Motivlar ierarxiyasi olimning fikriga ko’ra, motivlar funktsiyalari bilan belgilanadi. Boshqacha qilib, aytganda ierarxiyada yuqori o’rinni, ma’no hosil qiluvchi funktsiyani bajaradigan motivlar quyi o’rinni esa stimul motiv egallaydi. Demak, A.N.Leontyev motivlar funktsiyasining ikki darajasini: ma’no hosil qiluvchi va stimul darajalarini ajratadi. Ammo A.N.Leontyev o’z nazariyasida motivlar ierarxiyasining shakllanish jarayonida shaxsning sub’ektiv, faol roli qanday bo’lishini ko’rib chiqmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |